Reja: kirish bet I bob. Chig`atoy ulusining tashkil topishi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 107,51 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü107,51 Kb.
#210825
1   2   3   4   5   6
Chig`atoy ulusida ijtimoiy iqtisodiy hayot

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Chig’atoy ulusida bo'layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotida haqida atroflicha yoritish.
Mavzuni o‘rganilish darajasi. Barcha ijtimoiy fan vakillari, tarixchi olimlar tomonidan bu davr atroflicha yoritilgan. Bu davrni yoritilishida asosan Ato Malik Juvayniy, Mirzo Ulug’bek , Sharafiddun al Yazdiy asarlaridan foydalanildi. Shuningdek, hozirgi kunda ushbu Chig’atoy ulusida bo'layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotida manbalarga asoslanib atroflicha o’rgangan R.H.Aminova, F.B.Isxoqov, R.X.Karimov, D.A.Alimova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari va asarlaridan foydalanildi.O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov takidalaganidek: «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayo’tgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart”2 xalqining tarixi, madaniyati, ma'naviyatiga oid bildirilgan fikr va mulohozalari, xulosalari tadqiqotning metodologik asosini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi
Kurs ishining tarkibi. Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


I BOB. CHIGATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI.
1.1.Chigatoy ulusining tashkil etilishi
Mo‘g‘ul bosqinchilari qonxo‘r Chingizxonning buyrug‘i bilan millionlagan musulmonlarni qilichdan o‘tkazdilar. Jahonning eng ko‘rkam va eng ko‘p aholi istiqomat qiladigan shaharlaridan biri bo‘lgan (taxminiy hisoblarga ko‘ra, o‘sha davrda 1219-yilda Gurganjda 1 mln. ga yaqin aholi yashagan). Gurganj bosqinchilar tomonidan suvga bostirildi. Aholisi ayovsiz qirildi. Sharqning go‘zal shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqand ham to‘la vayron etilib, shaharda istiqomat qilgan 400 ming kishidan mo‘g‘ullar uni egallagach 100 ming kishidan ozroq aholi qoldi, xolos. Zolim bosqinchilar o‘z yo‘lida duch kelgan, keksa-yu yosh, erkaku ayol, hatto yosh bolalarni ham ayamadilar. Musulmonlarning qoni daryo bo‘lib oqdi. Ko‘chmanchi bosqinchilarning mudhish zarbasi shu darajada kuchli bo‘lgan ediki, natijada Xorazm o‘zining buyukligini abadiy barham berdi. Insoniyatning o‘sha davrdagi eng ilg‘or, eng rivojlangan, eng madaniy o‘lkalaridan bo‘lgan Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm endilikda tanazzulga yuz tutdi. U iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda G‘arbdan ancha orqada qolib ketdi. Jahonga mashhur olim va shoirlarni bera olgan bu o‘lka mo‘g‘ullar istilosi natijasida savodsiz, qoloq, jaholat o‘lkasiga aylandi. 3
Mo‘g‘ul bosqinchilarining bu hudud madaniyati, shahar hayoti va qishloq xo‘jaligiga bergan zarbasi shu darajada kuchli ediki, bu zarbadan so‘ng mazkur o‘lka o‘zini hatto XIX asr o‘rtlarigacha o‘nglab ola bilmadi. Mashxur tarixchi, Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon, o‘zining «Shajarayi turk» nomli asarida ko‘rsatganidek, bir vaqtlar ilg‘or madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan Xorazm endilikda yoppasiga savodsiz, jaholat maskaniga aylangan edi. Bir so‘z bilan aytganda mo‘g‘ullar istilosidan keyingi Movarounnahr va Xorazmdagi hayotni so‘z bilan ifodalash g‘oyatda og‘ir. O‘lkaning gullab turgan shahar va qishloqlari bamisoli kultepaga aylandi, hayot izdan chiqadi, bir vaqtlar aholisi gavjum bo'lgan vohalar bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Hali Chingizxon hayotligi chog‘idayoq o‘zi bosib olgan xududlarni farzandlari o‘rtasida taqsimlab bergan edi. To‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jiga Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga) bo‘yi, Shimoliy Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan yerlar tegadi.
Jo‘ji vafotidan so‘ng bu yerlar uning o‘g‘li Botuxonga o‘tadi. Ikkinchi o‘g‘il Chig‘atoyga Sharqiy Turkiston, Yettisuv Movarounnahr Xorazmning Janubiy (Markazi Qiyot shahri) hududlari, shuningdek Balx Badaxshon, Qobul, G‘azna, Sind daryosigacha bo‘lgan yerlar beriladi. Uchinchi o‘g‘il O‘g‘idoyga Chingizxon o‘zining qoni to‘kilgan vatani Mo‘g‘ulistonni va Xitoyni hadya qiladi. Kenja o‘g‘il Tuluga esa Xuroson bilan Eronni beradi. Chingizxon o‘z harbiy kuchlarini ham o‘z o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlaydi. Shunday qilib mo‘g‘ullar zabt etilgan bepoyon hududlarni uluslarga bo‘lib, udel asosida boshqara boshlaydilar. Uluslar markaziy davlatga - xonlar xoniga yoki «Hoqonga» bo‘ysunar edilar. Uluslar hokimi esa xon deb atalgan. Chingizxon vafotidan (1227-yil) so‘ng xoqon O‘g‘idoy bo‘lgan. Ulug‘ xoqonning poytaxti Qoraqurum shahri edi.4
Movarounnahr va Xorazmning janubiy hududlari Chig‘atoy ulusiga qarashli bo‘lib bu ulus XIV asrning 40 yillariga qadar mavjud edi. Ulus poytaxti Beshbaliq shahri bo‘lgan. Mo‘g‘ullar madaniy taraqqiyotda o‘lkamizning yerli xalqlariga nisbatan juda qoloq edilar. Shu bois mo‘g‘ullar mahalliy xalqlarning zodagon vakillari xizmatidan foydalanishga majbur edilar. Ana shunday zodagonlardan biri bo‘lgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga Movarounnahrni bevosita bosh qarish topshirilgach u o‘ziga poytaxt qilib Xo‘jand shahrini tanlagan. Umuman olganda mo‘g‘ullarning Chig‘atoy ulusiga kirgan Movarounnahrni Chig‘atoy xonlari qariyb 130 yildan oshiq boshqarganlar. Chig‘atoy xonlar haqidagi ma'lumotlar Amir Temur ajdodolari kitobidan olindi.Mo‘g‘ullarning hukmronligi Buyuk sohibqiron Amir Temurning davlat tepasiga kelguniga qadar davom etadi. Ulug' bobokalonimizning katta tarixiy xizmati shundan iboratki, uning hukmronlik davri boshlanishi bilan yurtimizda mo'g'ul istibdodiga barham berildi. Xorazmshoh Muhammadning johil, uzoqni ko'ra olmaydigan siyosati tufayli o'z davrining yuksak madaniyati, rivojlangan o'lkalaridan M ovarounnahr va Xorazm o'lkalari ko'chmanchi mo'g'ullar zulmi ostida qoldi. Ular mahalliy zodagonlar yordamida bu yerlarni idora qila boshladilar. Ilgari ko'rsatganimizdek Chingizxon o'ziga sadoqatli kishilarni qadrlar edi. Shuning uchun ham Chingizxon bosib olingan hududlarni boshqarishda o'z Vataniga xiyonat qilib mo'g'ullar tomoniga o'tgan Vatan xoinlarining xizmatlaridan unumli oqilona foydalandi.
Bunday shaxslardan biri asli xorazmlik savdogar Mahmud Yalovoch edi. Mahmud Yalovoch hali Xorazmshohlar davlati mavjud bir sharoitda Chingizxon xizmatini afzal ko'rib bir necha musulmon savdogarlari qatori mo'g'ullar tomoniga o'tgan edi. U o'z xo'jasi bo'lmish Temuchinga sidqidillik bilan xizmat qilib, bosh elchisi sifatida Xorazmshohlar davlatiga safar qilgan edi. Xorazmshoh bilan bo'lgan tungi uchrashuvda, unga mo'g'ullar, shuningdek Chingizxonning harbiy kuchlari haqida g'oyat soxta ma'lumotlar berib, o'zining xiyonatkorona munofiqligi bilan mo'g'ullarga g'oyat katta xizmat ko'rsatgan edi. Vatan xoinining bu faoliyati Chingizxon tomonidan yetarli taqdirlangan edi. Xoqon uni butun Movarounnahrga hokim qilib tayinladi. Maxmud Yalovoch o'z poytaxti Xo'jand shahridan turib, butun Movarounnahrni idora qiladi. Mahalliy xalqlarni mo'g'ullar izmida tutib turishda ularga yordam beradi.
Mo'g'ullar mahalliy hokimlar yordamida xalqdan turli xil soliqlar undirar edilar. Dahshatli urush, mo'g'ul bosqinchilarining qattiq xuruji xalq xo'jaligini tubdan izdan chiqargan edi. Mahalliy aholi nihoyatda kambag'allashib ketgan edi. Istilochilarning yovuzligi natijasida, ko'pgina shaharlar vayronaga aylangan bo'lib, ulardagi savdo-sotiq inqirozga uchragan edi. Sug'orish inshootlari izdan chiqqanligi tufayli ko'pgina ekin maydonlari qarovsiz qolib yaylovlarga aylangan edilar. Shahar aholisi va dehqonlar nihoyatda kambag'allashib, soliq to'lash qobiliyatini yo'qotgan edilar. Garchi Chig'atoy o'z ulusini boshqarishda rasman uluq xoqon Chingizxonning vorisi O'g'idoyga bo'ysunsada amalda u o'ziga tegishli bo'lgan hududni mustaqil bosh qarar edi. Hukmdorlardagi kabi uning ham bir necha amirlari bor edi. Ular ulusni boshqarishda Chig'atoyga har tomonlama yordam berar edilar. Chig'atoyning ko'pgina amirlari u bilan bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan mo'g'ul qabilalaridan bo'lsa, ba'zilari mo'g'ul istilochilari davrida dushman tomoniga o'tgan mahalliy oqsuyaklar vakillari edilar. Ularning bittasini Chig'atoy o'ziga olgan bo'lsa, ikkinchisini Xabash Amidga tortiq qilgan edi. Mashhur tarixchi Juzjoniy va boshqalar o'ta suronli yillarga bag'ishlangan o'z asarlarida, Chig'atoyning musulmonlarga nisbatan o'ta dushmanona munosabati haqida yozganlar. Biroq aynan musulmon diniga taluqli Xabash Amidning Chig'atoy saroyida katta obro'ga ega bo'lganligi, bu shaxsning mo'g'ullar oldidagi o'tmishda katta katta xizmatlari mavjudligidan darak beradi. Hatto Chig'atoy hukmronligi davrida katta mavqega va obro'ga ega bo'lgan Qutbaddin Kermoniy ham Xabash Amidga yaqinlashish maqsadida unga o'zining yaqin qarindoshini xotinlikka bergan. Chig'atoy saroyida katta obro'ga ega bo'lgan Xabash Amid, xuddi shunday mavqega Chingizxon va uning vorisi O'g'idoy saroyida ega bo'lgan. Xoqonning Movarounnahrdagi vakili Xorazmlik Mahmud Yalovochga nisbatan o'ta munofiqona siyosat olib bordi. Faqatgina hoqon O'g'idoy va uning vorislarining Mahmud Yalovochga nisbatan g'amxo'rona siyosati uni bir necha bor Chig'atoy g'azabidan saqlab qoldi.
Albatta, bunga sabab birinchidan Chig'atoyning musulmonlarga nisbatan dushmanona siyosati bo'lsa, ikkinchidan Xabash Amidning o'z «Raqibi» Mahmud Yalovoch to'g'risida Chig'atoy huzuridagi yolg'on Yashiq uydirmalari edi. Chig'atoydan to'la farq qilib hoqon O'g'idoy musul monlarga nisbatan ancha tinch siyosat olib bordi. Uning hukmronligi yillari otasi Chingizxon hukmronligi davridan farq qilib, bu davrda mo'g'ullar hukmronlik qilgan yerlarda, yoki istilo qilayotgan mamlakatlarda ommaviy qirg'inlar, butun-butun shaharlarni yo'q qilishlar sodir bo'lmadi. Bir so'z bilan aytganda O'g'idoy o'z otasiga nisbatan ancha yumshoq siyosat olib bordi. 5
Bu yillarda Ulusda Chig'atoy avlodlariga doir kishilar hukmronlik qilganlar. O'tmishda mashhur tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiy o'zining «Zafarnoma» asarida Chingizxon naslidan Turon mamlakatlarida hukmronlik qilgan xonlar haqida so'z yurtib, Chig'atoy ulusida xonlik taxtiga o'tirgan Chingizxon avlodlaridan bo'lmish podshohlar o'ttiz ikkita bo'lganini ta'kidlaydi. Chingizxon o'z podshohlik yerlaridan Turon zaminini va Janubiy Xorazmni o'zining ikkinchi o'g'li Chig'atoyga meros qilib bergan edi. Unga ma'lum darajada harbiy kuchlar bilan birgalikda, bu yerlarni boshqarishda unga ko'mak berish mas'uliyatini o'z amakivachchasi Qorachor No'yonga yuklaydi. Chig'atoy ota vasiyatiga muvofiq Qorachor No'yon kengashisiz varoziligisiz hech bir ishga qo'l urmas edi. Mo'g'ullarning barcha uluslaridagi kabi Chig'atoy ulusida ham barcha fuqaro va amaldorlardan Yarg'u va Yosoq udumlariga amal qilishni qattiq talab qilinar edi. Ulusxoni Chig'atoy xursandchilik va ovga juda ishqiboz kishi bo'lib, u aksari vaqt shu ish bilan band edi. Amir Qorachor No'yon esa saltanatning muhim ishlarini olib borar va jahondorlik qilardi. Jakoat va lashkar uchun nimaiki lozim bo'lsa, to'la to'kis amalga oshirar edi. Chig'atoy 1241 yil may oyida dunyodan ko'z yumgach, bir necha yildan so'ng Qorachor No'yonning tavsiyasi bilan ulus taxtiga Chig'atoyning o'g'li Qora Xulaguxon ibn Mutugen ibn Chig'atoyxon o'tiradi. U 1246 yil yanvargacha ulusni bosh qaradi. Kuyukxonning ko'rsatmasi bilan Qorachor No'yon Qora Xulaguxonni taxtdan tushurib, uning o'rniga Chig'atoyning yana bir o'g'li Yesun M unke ibn Chig'atoyni taxtga o'tqazadi. Biroq Yesun Munke uzoq umr ko'rmadi. U vafot etgach taxtga qaytadan Qora Xulaguxon o'tiradi. 1254 yilda 89 yoshida Qorachor No'yon vafot etadi. Undan sal keyin Qora Xulaguxon ham vafot etadi.


Yüklə 107,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin