Reja: kirish bet I bob. Chig`atoy ulusining tashkil topishi


Chig‘atoy ulusining boshqaruv tizimi



Yüklə 107,51 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü107,51 Kb.
#210825
1   2   3   4   5   6
Chig`atoy ulusida ijtimoiy iqtisodiy hayot

1.2. Chig‘atoy ulusining boshqaruv tizimi
Mo`g`ullar istilosidan so`ng Movaraunnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong`i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo`jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to`g`onlarning hammasi Chingizxon buyrug`iga ko`ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko`pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug`orma dehqonchilikni shu o`lkaga kelib ko`rdilar.
Bosqindan so`ng sharqqa dong`i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to`qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo`lgan mashhur ipak savdo yo`llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo`ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi.
Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o`z o`g`illariga mulklarini ulus qilib bo`lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o`g`il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo`lgan yerlar mulk etib berilgan edi. Chingizxon o`limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o`g`illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo`lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo`lgan yerlar Jo`chiga, Oltoy tog`larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo`lgan yerlar ikkinchi o`g`il Chig`atoyga, Xitoy va Mo`g`uliston voris bo`lmish uchinchi o`g`il O`gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo`lib berildi.
Rashididdinning ma’lumotiga ko`ra, Chingizxon vafotidan so`ng Chig`atoyga 4000 ta askar tekkan ekan. Ularning boshliqlari o`z navbatida barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalaridan bo`lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qovchinlar Amudaryo shimoli Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg`oniston shimolida joylashgan ekanlar. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham o`z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko`rar edi. Mo`g`ullar ko`chmanchi xalq bo`lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo`g`ullar xizmatida anchadan beri faoliyat ko`rsatayotgan Mahmud Yalavochni Movarounnahr noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Uning qarorgohi esa Xo`jand shahrida joylashadi. Shubhasiz, Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar bo`lib, manbalarning xabariga ko`ra uning boyligi shunchalik ko`p bo`lganki, hatto u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to`lashi ham mumkin edi. Uning ixtiyorida mo`g`ullarning tayanchi bo`lgan soliq yig`uvchi mo`g`ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, dorug`alar-harbiy ma’murlar hamda bir muncha mo`g`ul harbiy otryadlari bor edi. 6
Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish o`lkada mo`g`ullarga qarshi g`alayon bo`lishini oldini olish ma’suliyati yuklatilgan edi. Ko`pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar, qisman ulamolar ham o`z jonlari va qolgan mol-mulklarini saqlab qolish borasida xiyonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o`ta boshladilar.
O`z navbatida o`lkada o`zlarining tayanch vositasi bo`lishlariga harakat qilgan mo`g`ullar ham bu toifadagi kishilarni qo`llab-quvvatlay boshladilar. Mo`g`ul xonlari (viloyat hokimlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilingan) va mahalliy zodagon, yer egalarining zulmi natijasida mehnatkash xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshlandi. O`lponu soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig`ib olinadigan turli to`lovu yig`imlar, jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi.
Yangi yer solig`ining nomi kalon deyilib, u hosilning o`ndan bir miqdorida olingan. 1235-yilgi qurultoydan so`ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq-qopchur ta’sis etilgan. Unga ko`ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa to`lanar edi. (Bu soliq asosan mo`g`ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). Yasoqqa ko`ra, davlat xazinasi uchun shulen deb nom olgan oziq-ovqat solig`i joriy qilingan.
Bu soliqqa ko`ra har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan xonlar tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan xazina uchun undirilib, so`ngra aholidan zo`ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. Ayniqsa, hunarmandlarning ahvoli og`ir bo`lgan ularning o`z yurtlarida tirik qolganlari mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilinar edi. Masalan, 1262-yil Buxoroda bo`lgan Xubilay qoonning vakili bu yerda 5000 ta hunarmand Botuxonga, 3000 tasi malika Siyurko`kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bo`lganligini qayd etadi. 1246-yil Mo`g`ulistonda bo`lgan sayyoh Plano Karpini eng yaxshi hunarmandlar xoqon xizmatida ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo`lishlarini qayd etib o`tadi. Bu guruh shaharlik hunarmandlarga esa kundalik ovqat berilib, ularga darhaqiqat qullarcha munosabatda bo`lingan bo`lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.
Mo`g`ullarga qarashli bo`lgan harbiy qurol-aslaha va anjomlar ishlab chiqaradigan ustaxonalar-korxona nomini olgan bo`lib, u yerdagi hunarmandlar esa qul darajasidagi kishilar hisoblanar edi. Hunarmandlar to`laydigan maxsus soliqning nomi tamg`a deb atalgan. Mo`g`ullar, shuningdek, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Mo`g`ullar hukmronligi davrida yer egaligi holati ham o`zgarib, yangi in’om etilgan yerlar mo`g`ulcha suyurg`ol nomini olgan. Suyurg`ol hajmi jihatidan (unig tarkibiga juda katta yer maydonlari, suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko`p holda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador-o`rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan. 7
Buyuk hoqon hisoblangan O`gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mo`g`ullar o`zlariga xizmat ko`rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog`och taxtalardan ishlangan bo`lib, unga no`yonning muhri qo`yilar edi. Bunday payzaga ega bo`lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig`uvchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig`im, to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Ko`plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo yo`llarida joylashgan bekatlar yom (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bo`ynida edi. Bu bekatlar bo`ylab davlat ishlari bo`yicha ko`plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o`tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan boshlab hoqon farmoniga ko`ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta tuman aholisiga yuklatildi. Yomlar bo`yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi, -deb yozgan edi Rashididdin. Chig`atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo`ravonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan yer solig`i bu davrda "kalon" deb yuritilgan.Chorvadorlarga esa "qopchur" solig`i solingan. Davlat xazinasi uchun "shulen" nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig`i ham undirilgan. "Shulen" har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan. Hunarmandlar va savdogarlardan "targ`u"(1/30) solig`i undirilgan. Targ`u ishlab chiqarilgan mahsulot yokpsotilgan molning o`ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga tuz solig`i, jun va kumush solig`i solingan.
Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo`la to`lab yuborilardi, so`ngra ular aholidan yig`ib olinardi. Aholidan yig`ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.
Mo`g`ullar hukmronligining dastlabki yillaridayoq mo`g`ul xoqonlari o`zlariga xizmat ko`rsatgan kishilarga, ayrim katta yer egalari va savdogarlarga turli yorliq va payzalar berardilar. Payza oltin, kumush, jez va yog`ochdan yasalgan taxtachalardan iborat bo`lardi. Bunday payza yoki yorliqqa ega bo`lgan kishilar, shu jumladan elchi, soliq yig`uvchilar va boshqa ma'murlar aholidan turli xil yig`im va to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Bunday payza va yorliqlar ko`plab berilardi.
Bundan tashqari, mamlakatning, savdo yo`llarida joylashgan bekat - yomlarning xizmati va xarajati ham aholining bo`yniga yuklangan edi. Davlat topshirig`i bilan qatnaydigan son-sanoqsiz elchilar, choparlar va xabarchilarga bekatlarda mahalliy aholi xizmat qilishga, ularga otulov, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlarni topib berishga majbur edi.
Zo`rlik, jabr-zulmning nihoyatda 'kuchayishi, xilma-xil majburiy to`lov va yig`imlaming haddan tashqari ko`pligi mehnatkash ommaning tinkasini quritgan edi. Bunday ahvol, shubhasiz, mo`g`ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko`tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog`ida ko`tarilgan xalq qo`zg`oloni bo`ldi.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo`lishidan qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo`g`ullarning ichki xo`jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o`z o`rnini topmadi. Aksincha, zo`rlik po`pisaga qaramay, 1232-yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg`ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo`g`ul istilosidan so`ng pul zarb etish o`z-o`zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.


Yüklə 107,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin