O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda 
Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi. 
Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini 
bostiradi. 1412-yildan boshlab Movarounnahr va Turkistonni 
to‘liq boshqarish 18 yashar Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi. Ulug‘bek 
1414-yilda Farg‘ona va Koshg‘arni egallaydi.
1413-yilda Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O‘rda xonlari 
tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug‘bek davlatining g‘arbiy va 
janubiy chegaralarining xavfsizligi barqarorlashgan bo‘lsa-da, 
ammo uning shimoli g‘arbiy va shimoli sharqiy tomonlari hali 
xavotirli edi. Shu sababli Ulug‘bek Dashti Qipchoqda bosh-
lan 
gan o‘zaro nizoga hamda Mo‘g‘ulistonda avj olgan ichki 
kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur 
bo‘la di.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida 
Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko‘l yaqinida sodir 
bo‘lgan to‘qnashuvda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba 
qozonadi va mahalliy muxolafatchi kuchlarni bartaraf etib, mam-
lakat sharqiy chegaralarini mustahkamlaydi. Qo‘lga kiritilgan 
o‘ljalar orasida ikki bo‘lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik 
bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtoshi yasattirildi. 
Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan bu urushda Ulug‘bek qozongan g‘ala-
baning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Ilono‘tti darasi ichida 
hijriy 828-yilda (1425) Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga yoz-
dirilgan o‘ziga xos “zafarnoma” hozirgi kungacha saqlangan. 
Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan yurishda esa Ulug‘bekning 
omadi kelmaydi. Otasi Shohruxning katta qo‘shin bilan yetib 
kelishigina Ulug‘bekni halokatdan saqlab qolgan.


135

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin