O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Tur fan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi 
Afro siyobda qayd etib o‘rganilgan. Ularda Sug‘dning siyosiy 
tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xu su-
sida muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Sug‘dda o‘g‘il bolalar besh yoshga to‘l 
gach, yozuv va 
hisob ga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo 
ish la rini o‘r ga nish uchun o‘z ga mamlakatlarga jo‘natilar edi.
Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko‘k turk) xati ham 
keng qo‘l lanilgan. Turk lar ning bu yozuvi biri ikkinchisiga tu ta -
shib ketadigan 38–40 harflardan iborat edi. U tosh va yog‘och-
larga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘kturk 
bitiklari  (Kultegin va Bilga xoqon bi tik lari) Oltoy va Sharqiy 
Turkistondan tash 
qari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon 
vodiylaridan topilib, o‘rganilgan. Ular qabrtoshlar, sopol va 
metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan.
Diniy e’tiqodlar.
VI–VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardush­
tiylik, buddaviylik, nasro 
niylik, moniylik, qam (shomoniylik) 
kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalardan kirib kel gan din-
lar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘p 
chiligi zardushtiylik dini ga 
e’tiqod qil gan.
* Ilk o‘rta asrlarda yurtimizda sug‘d, xorazm, toxar 
va turkiy run (ko‘kturk) yozuvlari mavjud bo‘lgan.
Sug‘d yozuvi


24
Manbalarda ta’rif etilishicha, Toxariston aholisi budda 
diniga e’tiqod qilgan. Toxa riston Markaziy Osiyoda budda va 
moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muhim ahamiyat kasb 
etgan. O‘rta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida moniy 
dini ham keng yoyilgan edi. Moniy dini ta’limoti bo‘yicha 
olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorug‘lik va 
ezgulik ham da zulmat va yovuzlikdan ibo ratdir. Ibo dat, ro‘za
sadaqa moniy dini ning arkoni hisoblangan. Sa mar qand vilo-
yati ning Urgut tu mani Sug‘ddagina emas, balki butun O‘r ta 
Osiyoda nasroniylik markazlaridan bo‘l gan. 
Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan shomoniylik 
diniga sig‘inib kelgan. Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar 
ruhiga sig‘inish e’tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o‘z 
dinini “qam” deb yuritganlar. Chunki ularda “shomon” degan 
so‘z bo‘l magan. Bu din koinotni yo‘qlikdan bor qilgan Ko‘k 
Tangriga e’tiqod qiluvchi yakkaxudolik dini hisoblanadi. 
Chor 
vador ko‘chmanchi aholi Ko‘k Tangri 
ga bag‘ishlangan 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin