32
siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini
ta’ minlash uchun Islom dinini da’vat etishga, aholi o‘rtasida
islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular
shu davrgacha Movarounnahrda mavjud bo‘lgan dinlarga
qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron
etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi. Masalan,
Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardush tiylar
ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, sug‘diy yozuv da bitilgan
asarlarni yo‘qotdi. Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat
qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto
2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi.
Aholini islomlashtirish yo‘llari.
Islom dinini qabul qilib,
musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda
xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilma-
ganlardan esa jon solig‘i –
jizya undirilib olingan. Soliqlarni
o‘z vaqtida to‘lamagan kishilarning bo‘yinlariga
“qarzdor”
deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi. Mahalliy davlat
boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini
saqlab qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan. Islomni
qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilgan
yoki tovon to‘lagan. Bunday tadbir va cho ra lar Movarounnahr
aholisi o‘rtasida Islom dinining tez tar qalishiga yordam bergan.
Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy
e’tiqodiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olganlar.
Xalifalik tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqi-
ba tida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, madaniyati
Dostları ilə paylaş: