30
yoki mulkka vorislik tariqasida berilgan. Biroq yerlarning
asosiy egasi xalifa sanalar va
u iqtodorlardan ushr olish
huquqiga ega edi.
Yirik yer egalari – dehqonlar arab xalifaligi davrida ham
o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda
ija
ra
dorga aylanib, daromadning ma’lum qismini
xalifalik
xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan edilar.
VIII asr mobaynida yirik dehqonlar qo‘li ostidagi yer-
mulklari arab harbiy mulkdorlarga o‘tishi ro‘y berdi. Arab
zodagonlarining dehqonlar bilan yaqinlashishi shu davrda
kuchaygan. Dehqonlarning
arablar bilan yaqinlashuvi, ularni
istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta’minlash bilan bir
qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilishiga
imkoniyat yaratdi. Dehqonlar arablar istilosidan so‘ng xalifalik
noibining vakili hisoblangan amirga bo‘ysunganlar. Biroq amir
bilan bir qatorda yirik yer egalari –
buxorxudotlarning ham
mavqeyi baland bo‘lgan. Narshaxiyning ma’lumotlariga ko‘ra,
ayrim dehqonlar Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning
o‘z yerlarini tortib olganligi
shikoyatini Xuroson noibiga
yetkazganlar.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo‘jaliklar
tomonidan ishlov berilgan. Dehqonlar yerlarni mayda bo‘lak-
larga taqsimlab ziroatkorlarga – kadivar va kashovarzlarga
* Muhammad Narshaxiy (899–959) – tarixchi olim.
Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. “Buxoro
tarixi” nomli asarini yozib qoldirgan
* Amir (arabcha – “amr qiluvchi”, “boshliq”, “hokim”) –
Dostları ilə paylaş: