33
poy mol etildi. Mahalliy sug‘d yozuvida bitilgan diniy va ma’ri-
fiy
kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni ham da
sanam
larni gulxanlarda yoqib, yo‘q qilib tashlaydilar. Quva-
dagi budda ibodatxonasi haykallarining parchalab tashlangani,
Afrosiyob saroy devorlariga solingan
suratlardagi odam rasm-
larining ko‘z lari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yubo-
rilganligi bunga yaqqol misoldir.
1. Xalifalik istilosi Movarounnahrda qanday oqibatlarga olib
keldi?
2. Mahalliy aholini islomga kirgizishda qanday yo‘llardan foyda-
lanildi?
3. Arablar tomonidan qanday soliqlar joriy etilgan?
4. Istilo mahalliy madaniyatga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
10-§. XALIFALIKKA QARSHI XALQ NOROZILIGI
Tayanch tushunchalar: xalq noroziligi, G‘urak va Divashtich
qo‘zg‘olonlari, moliyaviy islohot, umaviylar, “Oq kiyimlilar” qo‘z-
g‘oloni, Muqanna, Rofe ibn Lays.
Qo‘zg‘olonning sabablari.
Xalifalikning talonchilik siyo-
sati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi.
Mada niyatning oyoqosti qilinishi,
arab tili, yozuvi va xalifalik
qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida
mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Xalifa
Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni
hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyo-
satini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bun-
dan buyon zabt etishni to‘xtatish
hamda moliyaviy islohot
o‘tka zish to‘g‘risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni
yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan
xiroj va
jizya soliqlarini
olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘p-
chiligi o‘zini haqiqiy musulmon
deb hisoblab, soliq to‘lamay
qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan
jizya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda
2 – O‘zbekiston tarixi, 7
34
yoppasiga islomdan chiqish va
eski dinlarga qaytish bosh-
lanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’-
mu
riyati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda
bos qinchilarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
Dostları ilə paylaş: