Tohiriylar hokimiyatining barham topishi. Tohiriylar
zamo nida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og‘irligicha
qola
verdi. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning
og‘ir soliq
laridan bezor bo‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi.
Ularga “g‘oziylar” ham qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga safforiy-
lar – miskar hunarmand aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar
boshchilik qiladilar. 873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni
egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hoki-
miyat safforiylar qo‘liga o‘tadi.
1. Ayting-chi, nega Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uch-
ra di?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, Movarounnahrda mustaqil davlatlarning
pay do bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi?
3. Qarluqlar davlati qaysi hududlarda tashkil topdi?
4. O‘g‘uzlar davlatiga qachon asos solindi?
5. Tohiriylar davlati qanday vujudga keldi?
* Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukm ronlik qilgan sulola (821–873). Rasman abbosiy- lar ga qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn asos solgan * Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (873–879); Amr ibn Lays (879–900) * Xutba – juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o‘qish, olqishlash * G‘oziy – Haq din uchun kurashuvchi jangchi
45
Mustаqil ish Darslikning matnidan foydalanib jadvalni to‘ldiring. Davlatning nomi Tashkil topgan davri Hududi Poytaxti Qarluqlar davlati
O‘g‘uzlar davlati
Tohiriylar davlati
Safforiylar davlati