Dehqonlar va ular xo‘jaligidagi hayot. Qabila boshliqlari,
ishboshilar o‘zla
ri
ga tegishli yer maydonlarini sug‘orish
tarmoqlarining yuqori qismi dan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan
ajratib olganlar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda
bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq
aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘l-
ganlar. Shu tariqa, ular ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila
boshlaganlar. O‘sha davrda ular dehqonlar deb atal gan.
Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga,
savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kat-
ta
gina xo‘jalikka ham ega bo‘lganlar. Qishloqlarda esa
ekinzor paykal lardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomli
qo‘rg‘onlari, tegirmonlari bo‘lgan. Ko‘pdan ko‘p xizmatkorlar
dehqonlarning xo‘jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Har
bir katta yer egasining 30–40, 50–100 va ba’zan undan or-
tiq maxsus askarlar guruhi – chokarlari bo‘lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o‘z xojasiga sadoqatli o‘spirinlardan
tanlab olingan. Bunday sodiq va jangovar cho
kar
lari bilan
dehqonlar yov hujumi paytlarida dushmanga qar
shi harbiy
yurishlarda qatnashgan. Boshqa vaqtlarda ular dehqon xo‘ja-
ligidagi tartibga qarab turganlar.
Qishloqlarda dehqonlarning mavqeyi ortib, katta-katta yer-
larga ega bo‘lib oldilar. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning
ijtimoiy hayotiga ta’sir o‘tkazdi. Yer egaligining tarkib topishi
oqibatida mamlakatning ij ti moiy hayotida keskin o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi. Qishloq jamoalari yerli mulk dor dehqon va unga
qaram bo‘lgan yersiz va erksiz kadivar larga ajralib borgan.
Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan ibo
rat
umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kasho- varzlar deb atalardi. Keyinchalik ularning ma’lum bir qismi
8
yerlaridan mahrum bo‘lib, bora-bora kadivarlarga aylanib
borganlar. Ayrim dehqonlar esa o‘z viloyatlarida hatto mustaqil
hokim bo‘lib olganlar.