O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Ayting-chi, o‘rta asrlarda Vatanimiz tarixining o‘ziga xos  xususiyati nimadan iborat ekan? 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

4. Ayting-chi, o‘rta asrlarda Vatanimiz tarixining o‘ziga xos 
xususiyati nimadan iborat ekan?
5. O‘rta asrlarda yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mu 
ta 
-
fakkirlar va mashhur ulamolarning qaysi asarlarini bila siz?
6. Siz yurtimiz tarixiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada 
ishtirok etsangiz, nimalar haqida gapirgan bo‘lardingiz? 


6
I B O B. O‘RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH
MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI
VA RIVOJLANISHI
1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR
Tayanch tushunchalar: 
dehqon, kashovarz, kadivar, chokar.
Ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlar.
O‘z zamonasining buyuk 
davlatlari bo‘lgan Qang‘ davlati va Kushon podsholigi davrida 
Qadimgi Turon diyori yuksala boshlagan edi. Bu davrda 
mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy 
hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharlarning soni 
ko‘paydi va hududi kengaydi. Shahar ilk o‘rta asrlardan bosh-
lab hunarmandchilik, savdo-sotiq va ma daniy hayotning mar-
kaziga aylangan.
Vohalarda yirik sug‘orish tarmoqlari qazilib, sug‘orma 
deh 
qonchilik maydonlari kengaygan. Suv tegirmoni, chig‘ir 
va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan. Oqar suv 
sat hidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv 
chi qarib obod etilgan. 
ekin maydonlarini sug‘orish va ishlov berishning tako mil la-
shuvi tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil olgan. Shaharlarda 
aholining ko‘payib borishi, hunarmandchilik, ichki va tashqi 
savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo‘ 
jalik mah 
su 
lotlariga 
bo‘lgan ehtiyoj ortib borgan. Natijada mam la kat ning iqtisodiy 
hayotida xomashyo yetkazuvchi qish loq larning nu fuzi ko‘tarildi. 
Bir tomondan, yerga, ziroatkor may donlarga bo‘lgan munosabat
ularga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshlagan. Ikkinchi 
tomondan esa o‘troq zi ro at kor aholi bilan chor vador qabilalar 
o‘rtasidagi aloqalar rivoj landi. 
Mamlakatning dasht va tog‘oldi mintaqalarida yashovchi 
ko‘ch manchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayot tar-
ziga o‘tishi kuchaygan. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli 
sug‘oriladigan yerlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borgan. 
Buning natijasida qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-
katta ekin may 
don 
lari barpo etilgan. Bunday obodonchilik 
ishlarini amalga oshi rishda mam lakat ijtimoiy hayotida katta-


7
gina nufuzga ega bo‘lgan mulk 
dor tabaqa vakillari, qishloq 
oqsoqollari hamda qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol 
qatnashadilar. Yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarining ma’lum 
bir ulushi ularning qo‘liga o‘tib, meros mulkiga aylangan. Shu 
tariqa, kattagina yer egaligiga asoslangan mulk dorlar taba qasi 
shakllangan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin