O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə36/57
tarix25.01.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#80646
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

11-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar
Markaziy davlat arxivi

Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining tashkil topishi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar.

  3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining faoliyati.

  1. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining tashkil topishi. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) ikkinchi jahon urushining eng qizg‘in pallasida ya’ni 1943-yili tashkil topdi. Vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan foto hujjatlarbundan ancha oldin to‘plana boshlangan edi. Turkiston ASSR XKSning 1921-yil 25-yanvardagi qaroriga binoan tashkil etilgan arxivlarda qo‘lyozma hujjatlar bilan birga nashr qilingan materiallar va fotohujjatlar ham yig‘ila boshlandi. Mazkur hujjatlarni saqlash choralari ko‘rildi. Ushbu jarayon 1935- yil oktyabr to‘ntarishi Markaziy davlat arxivi tarkibida foto bo‘limini tashkil etilganidan yanada tartibli ravishda amalga oshirila boshlandi.

Biroq, 1939-yilda bo‘lim yopilgandan so‘ng fotohujjatlar 1943-yilgacha, ya’ni kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil etilguncha nazoratsiz qoldi. Bu hol respublikamiz tarixiga oid ko‘pgina fotohujjatlarning yo‘qolishiga yoki ularga shikast etishiga sabab bo‘ldi.
1943-yil 18-martda Toshkent shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilishi munosabati bilan 25m2 maydonga ega bo‘lgan xona ajratilib, unga Qirg‘iziston Sovet Respublikasida shunday arxiv tashkil etishda ishtirok etgan shaxs - A.S.Etdelmen direktor etib tayinlandi.
II jahon urushi davridagi reportajlar foto hujjatlarinng yangi taraqqiyot bosqichi bo‘ldi. Urush foto-yilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qo‘shdilar. 1950-80-yillar hujjatli foto san’ati, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan jo‘natilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi.
O‘zbekiston hududiga XIX asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan ko‘plab sayyoh-tijjoratchilar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) san’ati, nafis hunarmandchilik san’ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarqatishgan.
Dastlabki o‘zbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907- 1908-yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o‘rganish bilan birga o‘sha davrning eng ilg‘or foto-texnikasini olib kelgan va juda ko‘plab o‘ta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari bo‘lgan fotosuratlar yaratgan.
1940-yillarda O‘zbekiston foto hujjatlarining ijodiy uslublari ko‘paydi, janriy shakllar ortdi va fotograflar turli sohalar bo‘yicha ixtisoslasha bordi (mas, E. Yuditskiy - me’morlik, Romeev - teatr, A. Palexov - portret, R. Albekov - bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov - maishiy janr, S. Mahkamov - madaniyat bo‘yicha ixtisoslashdi). O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika foto san’atining va xujjat turlarining rivojida muhim rol o‘ynadi.
Bir yil ichida arxiv xodimlari tomonidan arxiv saqlovxonasiga qabul qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarni aniqlash va ularni qabul qilish bo‘yicha uslubiy ishlanmalar tayyorlashga hamda hujjatlarni fondlar bo‘yicha xisobga olishdan voz kechib, saqlov birligiga ko‘ra ro‘yxatga olishga o‘tildi. Biroq arxiv faoliyatini sustlashtiruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular malakali kadrlarning etishmasligi va arxiv ishining markazlashgan holda boshqarilishidan iborat bo‘lgan.
1959-yil 5-iyunda arxivning markaziy davlat arxivi tarkibiga kiritilishi va uni kino, surat, ovozli hujjatlar bo‘limiga aylantirilishi hujjatlarni saqlash ishiga ancha zarar etkazdi. To‘rt kishidan iborat bo‘lgan bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi.
1960-yillarda hukumat vakillaridan iborat bo‘lgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar natijasida arxivni qayta tashkil etish borasidagi bir qator asosli xulosalalar yozildi. 1970-yili A.A. Mirzaboevning tashabbusi bilan O‘zbekiston SSR kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi binolarining qurilish ishlari nihoyasiga etdi. Alim Mirzaboevning ko‘rsatmalari bilan qurilish ishlari davomida maxsus saqlovxonalar loyihalari ishlab chiqilgan. 1973-yil fevralda O‘zbekiston hukumati tomonidan “Respublika arxiv ishini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi” qaror qabul qilinib, unga asosan kino, surat, ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi qayta tiklandi.
1974-yildan O‘zbekiston SSR kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi 1991-yil sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) deb nomlana boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi O‘rta Osiyodagi eng yirik va O‘zbekistondagi yagona, maxsus hujjatlar saqlovi uchun ixtisoslashgan arxivdir. O‘R KSOH MDA O‘zbekiston Respublikasida o‘z soxasiga tegishli bo‘lgan maxsus hujjatlar bilan ishlashda ilmiy- uslubiy markaz hisoblanadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ushbu arxivning jamiyatdagi o‘rni xususida Antonina Burton o‘zining “Archive Stories facts, fictions and the writing of history” asarida shunday deydi: “Butun dunyo bo‘ylab tarix ustida haqiqatni so‘zlash to‘g‘risidagi tushunchalar siyosiy, moddiy ahamiyat kasb etib bordi. Shuning uchun arxiv hujjatlarining tarixchi olimlar uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini tushunish mumkin. Arxiv hujjatlaridagi topilgan maxfiy sirlar ataylabdan o‘zgartirilgan, yolg‘on dalil va ma’lumotlar millatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Yangi ming yillikda ajoyib hodisalardan biri shunda ediki, endilikda arxiv hikoyalariga qonun tashqarisidagi turli sohalarda ham duch kelish mumkin edi”. (Antonina Burton. Archive Stories facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.4.).


  1. Yüklə 160,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin