1.1. Bevosita kalorimetriya.
Bevosita kalorimetriya shu bilan xarakterlanadiki, bu vaqtda tanadan
ajraladigan issiqlik maxsus kameralardagi suv haroratini o„zgartirishi (oshirishi)
bilan o„lchanadi. Odam yoki hayvon har tomonlama izolyatsiya qilingan kameraga
joylashtirilib unga kiradigan va butun kamera devorini aylanib, chiqib ketadigan
suv haroratining farqi hisoblanadi va tanada ajraladigan isssiqlika qarab energiya
sarfi haqida xulosa chiqariladi. Bu usul eng aniq ma‟lumotlar olish imkoniyatini
bersada lekin u amalda juda kam qo„llaniladi. Chunki bunday kameralar juda katta
hajmda bo„lib noqulay, ulardan turli ish jarayonlarida foydalanish imkoniyati
nihoyatda oz.
Dostları ilə paylaş: |