bajarilganida sarf qilingan energiya almashinuvi yig„indisiga teng. Asosiy
almashinuv quyidagi standart sharoitlarga amal qilinganida qayd qilinadi;
1)ertalab; 2)tinchlik holatda (yotgan holda); 3) oxirgi ovqatlanishdan 18 soat
o„tganidan keyin; va 4) optimal muhit harorati (22-24 °C) sharoitida. Tanada qayd
qilinadigan asosiy almashinuvga juda ko„p omillar sezilarli darajada kuchli ta‟sir
qiladi, masalan aqliy va jismoniy mehnat qilish asosiy almashinuvini kuchaytiradi,
ertalabki qayd qilinadigan asosiy almashinuv kechasi ancha pasayadi va hokazo.
Yana u ovqat yeyilganida darhol oshadi, ayniqsa ovqat tarkibida oqsilli moddalar
ko„p bo„lsa bu farq ancha sezilarli va davomli bo„ladi (12-18 soat gacha). Ovqat
ta’siri deyiladi. Aralash ovqat iste‟mol qilinganida asosiy almashinuv 10-15 %-ga
oshsa, oqsilli ovqatdan keyin 30-40 %-ga oshadi. Uglevodlar yetilganidan keyin
esa u 4-7 %-ga ko„payadi. Bunday spetsifik dinamik ta‟sir turli sabablarga ko„ra
yuzaga keladi: hazm ferementlari ta‟sirida murakkab moddalar parchalanib o„zidan
energiya chiqaradi; ikkinchidan hazm jarayonida intestinal gormonlar qonga
ko„proq o„tib energiya almashinuvi intensivligini oshiradi; uchinchidan, bu holat
boshqa gormonlar miqdorining o„zgarishiga ham bog„liq bo„lishi mumkin.
Ovqatning spetsifik-dinamik ta‟siri bilan yuzaga keladigan energiya almashinuv
intensivligini (oshishini) odam o„z ixtiyori bilan o„zgartiraolmaydi, ya‟ni u biz
hohlasak, hohlamasak ham ovqat yegandan keyin yuz beraveradi. Agar muhit
harorati komfort (o„rtacha) haroratidan pasaysa energiya almashinuv intensivligi
ancha oshadi.
Qayd qilingan barcha standart sharoitlarga rioya qilinsada asosiy almashinuv
sog„lom odamda uning yoshi, jinsi, massasi va bo„yiga qarab har xil bo„ladi.
O„rtacha asosiy almashinuv 1 soatiga har bir kg tana massasi uchun 1kkal (4,2 kJ)
hajmida bo„ladi. 70 kg tana massasiga ega bo„lgan odamda sutkalik asosiy
almashinuv o„rtacha 1700 kkal (7100kJ) ga tengdir.
Dostları ilə paylaş: