moddalar almashinuvi (metabolizm) tufayli yuzaga keladi va tanada doimiy holda
Odamda tana harorati muhit harorati qanday bo„lishidan qat‟iy nazar bir xil
saqlanadi va bu xususiyat tanadagi barcha hayo- tiy funksiyalarning belgilangan
me‟yorida qat‟iy bo„lishini ta‟minlaydigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar
uchun muhim. Shu boyisdan tana haroratining hosil bo„lishi, o„zgarishi bilan
bog„liq holatlarni keng ko„lamda o„rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Tana haroratini belgillangan darajada ushlab turish uchun bir qator fiziologik
mexanizmlar mavjud bo„lib, ularni umumiy nom bilan issiqlik almashinuvi yoki
termoregulyatsiya deb ataladi.
Tana harorati hujayra va to„qimalarda bo„ladigan kimyoviy va fizikaviy
jarayonlarga faol ta‟sir qiladi. Barcha metabolik jarayonlar va kimyoviy
reaksiyalarda fermentlar ishtirok qiladi, fermentlarning faolligi esa tana haroratiga
yaqindan bog„liq. Ular- ning faolligi harorat 23
0
C dan 42
0
C ko„tarilgan sari oshib
boradi. Tana harorati 23 °C-dan pasaysa yoki 42 °C- dan oshsa ferementlar o„z
faolligini yo„qotadi, oqibatda metabolik jarayonlar to„xtab organizm halok bo„ladi.
Odam harorati me‟yorida 37 °C (aniqrog„i 36,5-36,9 °C) bo„lib uning 4 °C-ga
pasayishi yoki ko„tarilishida jismoniy va aqliy mehnat qilish qobiliyati saqlab
qolinadi, undan past va yuqori haroratda hayotiy jarayonlarning davom etishi xavf
ostida qoladi.
Odatda tana harorati qo„ltiq tagida o„lchanadi, chunki tana- ning qolgan
qismlarida u har xil bo„ladi (masalan jigarda eng yuqori 38-39, to„g„ri ichakda
37,2-37,5, tana terisida 33-34, tovonda 24-25 °C). Bu tananing turli qismlarida qon
aylanishning jadalligi bilan tushuntiriladi, chunki qon issiqlik hosil bo„ladigan
a‟zolardan haroratni tashqi a‟zolarga olib chiqadi.
Tana harorati issiqlik hosil qilish va uni muhitga berishni boshqarish bilan
ma‟lum holatda ushlab turiladi. Qachonki issiqlik hosil bo„lishi uni muhitga
berishdan ustun bo„lsa, masalan jismoniy mashq bajarishda, tana harorati
ko„tariladi, bu holatni gipertermiya deyiladi, buning teskarisini, ya‟ni issiqlik hosil
bo„lishdan uning muhitga berilishi kuchaysa (masalan sovuq havoda yoki suvda
uzoq vaqt turish), tana soviydi, uni gipotermiya deyiladi.