qon va peshobni tekshirish;
biologik suyuqliklarda farmakologik, kimyoviy va mexanik usullar bilan
dopingni aniqlash.
Tekshirish natijalarida doping yoki uning metabolitlari topilgan bo’lsa, bu
sportchiga jazo beriladi: ta’qiqlangan moddalar birinchi marta aniqlangan sportchi
2 yilga, ikkinchi marta aniqlanganda - sportchi bir umrga diskvalifikatsiya
qilinadi.
Narkotik dori moddalari topilgan taqdirda sportchi jinoiy jazoga tortiladi.
Ko’rsatib o’tish joizki, O’zbekiston Jismoniy
tarbiya va sport davlat
qo’mitasi (hozirda vazirlik) hamda Milliy Olimpiya qo’mitalari tomonidan doping
nazorati bo’yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan,
yuqorida ta’kidlangan qo’mitalarning tashabbusi bilan 2018 yilning 27 fevral-1
mart kunlari “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzuida
Milliy seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Yuneskoning “Fan, madaniyat
va sport” tashkiloti bilan hamkorlikda O’zbekiston Davlat Jismoniya tarbiya
institutida o’tkazildi. Seminarda Respublikamizning
barcha viloyatlari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan
sport
tashkilotlari rahbarlariga, malakali murabbiylar hamda professional
sportchilarga XOQ ning doping qabul qilishni ta’qiqlash
haqidagi kodeksi
bo’yicha ma’ruzalar olib borildi.
Dostları ilə paylaş: