IV BOB. SPORTCHILARISH QOBILIYATINI OSHIRISHDA QO’LLANILADIGAN TIKLASH VOSITALARI 4.1. Jismoniy chiniqish va sportchi ish qobiliyati Charchash - bu fiziologik jarayon bo’lib, biror aqliy yoki jismoniy yuklama
natijasida yuzaga keladi va qisqa vaqtli dam olishdan keyin o’tib ketadi. o’ta
charchash esa charchash jarayonining ustma-ust kelishi, kasalliklardan so’ng
tiklanmasdan mashg’ulotlarda ishtirok etganda, mashq rejimi buzilganda paydo
bo’ladigan, patologiya oldi holatini rivojlanishiga sabab bo’ladigan holatdir.
Takroriy, katta hajmli va kuchli jismoniy yuklamalar ta’sirida sportchi
organizmida ikkita qarama-qarshi holatlar rivojlanishi mumkin:
Jismoniy chiniqish va sportchi ish qobiliyatining oshishi
(sarflangan energetik resurslar qayta tiklangan holatlar da );
Surunkali charchash va sportchining ish faoliyatini pasayishi (muntazam
ravishda tiklanish jarayonlarining muddatlari uzaygan holda).
Qayta tiklash vositalarining tasnifi
Qayta tiklash vositalari uchta asosiy - pedagogik, psixologik va tibbiy
guruhlarga bo’linadi.
Pedagogik vositalar asosiy vositalar bo’lib hisoblanadi. Chunki ratsional
ravishda tuzilgan sport mashg’ulotlarigina qayta tiklash jarayonlarini tezlashtiradi
va sport natijalarini oshiradi. Bunda quyidagi omillarga: mikro va makrotsikllarda,
Shu bilan sportchining ko’p yillar davomida tayyorlanishida yuklama va dam
olishni birga to’g’ri qo’shib olib borilishiga katta ahamiyat beriladi. Bundan
tashqari maxsus qayta tiklash sikllarini kiritish, dam olish kunlari, mashg’ulotlarni
har-xil sharoitlarda o’tkazilishi lozim. Mushaklarni bo’shatiruvchi mashqlar, engil
krosslar o’tkazish, mashg’ulotlarning boshlang’ich va yakunlovchi qismlarini
ratsional ravishda tuzilish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Psixologik vositalar - asab zo’riqishining oldini oladi. Shu bois ular
ta’sirida organizmning harakat va fiziologik funksiyalari tezda qayta tiklanadi.
Bunday vositalar jumlasiga har xil asabiy va psixologik holatlarni boshqarish
uslublari: uxlab dam olish, o’z kuchiga ishontirish, o’z-o’zining irodasini
mustahkamlash, mushaklarni bo’shashtirish usullari, bo’sh vaqtlarni sermazmun
o’tkazish, gipnoz va shu kabilar kiradi.