Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Oilalar bilan ishlashning axloqiy prinsiplari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə189/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
3. Oilalar bilan ishlashning axloqiy prinsiplari
Mamlakatimizda ijtimoiy ish mutaxassislari uchun “Oilalar bilan ishlashning axloqiy prinsiplari” bo‘yicha keng qamrovga ega me’yoriy-huquqiy hujjatlar va axloqiy tamoyillarga doir adabiyot va manbalarning tanqisligi kuzatilmoqda. Mavjud manbalarda oilalar bilan ishlashning axloqiy jihatlari to‘laqonli yoritilmagan. Bu holatni quyidagilar bilan izohlash mumkin: birinchidan, ijtimoiy ish jamiyatimiz uchun yangi mutaxassislik sifatida endi institutsional ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinchidan, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan, hali joylarda mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligini e’tiborga olmaslik holatlarining kuzatilayotganli va uchinchidan, soha bo‘yicha ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borish bo‘yicha mutaxassislarda fidoyilikning yetishmasligi bilan izohlashimiz mumkin.
Mamlakatimizda yuqorida e’tirof etilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish borasida bir qator amaliy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2020-yil 10-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘zaro hamkorligida “Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari to‘g‘risida”gi 3240-sonli YO‘RIQNOMA480 ishlab chiqilib, Qo‘shma qaror bilan tasdiqlandi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11 fevraldagi PQ–4185-son “Etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda:
Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim ish beruvchi tashkilotda tashkil etilgan shtat birligiga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirishi481 belgilangan:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatila-digan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish;
ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lish xavfida bo‘lgan bolalar, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, psixojismoniy rivojlanishida nuqsoni va (yoki) nogironligi bo‘lgan va boshqa himoyaga muhtoj bolalarni himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoya muassasa-larini bitirayotgan bolalar, shuningdek, uyushmagan yoshlarning mustaqil hayotga ijtimoiy moslashuvlari davomida yuzaga keluvchi muammolarini hal etish choralarini ko‘rish.
Shuningdek, “Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijti-moiy xodim quyidagi funksiyalarni amalga oshirishi”482 ko‘rsatilgan:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqaro-larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan shaxslarni aniqlash va hisobini yuritish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga qisqa yoki uzoq muddatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shifoxonaga joylashtirish, shuningdek, vasiylik va homiylikni belgilashda ko‘maklashish;
voyaga yetmaganlarning, jumladan, Bolalar uyi, “Mehribonlik” uyi, “Bolalar shaharchasi”, “SOS – bolalar mahallalari”, oilaviy bolalar uyi, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining mulkiy huquqlarini (aliment, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya yoki nafaqa va qonun bilan belgilangan boshqa imtiyozlar) himoya qilish hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olinishini ta’minlash, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish masalalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ixtisoslash-tirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining manfaatlarini himoya qilish yuzasidan, shuningdek, sudda aliment undirish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki tiklash to‘g‘risidagi da’vo arizalari yuzasidan huquqshunosga asoslantirilgan material tayyorlashga ko‘maklashish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari buzilganligi yoki ularga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganlik holatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan hollarda, ularning hayotiy vaziyatini baholash, himoya va reabilitatsiya qilish choralarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan ishlash vazifalari, shakllari va uslublarini, zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim resurslaridan foydalangan holda shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal etish usullarini belgilash;
bolalar va yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini, qiyinchiliklari va muammolarini, ziddiyatli vaziyatlarini, ularning xulq-atvoridagi qiyinchiliklarni aniqlash, o‘z vaqtida bola, yoshlar va ularning oilasiga ruhiy-ijtimoiy ko‘mak berish hamda qo‘llab quvvatlash;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va xodimlarining ijtimoiy ko‘nikmalari va tashabbuslarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni, ijtimoiy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etish;
vasiylik va homiylik hamda bolalarni oilalarga tarbiyaga berishni (patronat) rasmiylashtirishda bolalar va oilalarga taalluqli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda oilalarga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar va yoshlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish va dam olishini ta’minlash choralarini tashkil etish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat hamda homiylar tomonidan berilgan kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini kasbga yo‘nalti-rishga oid ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
hisobotlar, statistik ma’lumotlar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbi-yalanuvchilarining batafsil ro‘yxatlarini shakllantirish, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida ma’lumotlar bazasiga kiritish;
sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tka-zishda ishtirok etish, ota-onalar, shu jumladan, tutingan ota-onalarga uslubiy va maslahat yordami berishni tashkil etish483.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin