Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə44/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   193
Hayotning ma’nosi. Mashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash uchun ovqatlanurlar, ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. Xo‘sh, aslida inson nima uchun yashaydi? Yashashdan maqsad nima? Inson hayo-tining ma’nosi nimada?
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u axloqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo, shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynan-lashtirish mumkin emas, chunki hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda qam-rovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini “ma’nosiz” deb bo‘lmaydi.
Ba’zan hayot “ma’nosiz” kechishi ham mumkin. Bunda kishidagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi – “hayot egasi”ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti ma’nosini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, martabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat “yulsam” deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo‘lmaydi, faqat “o‘z qobig‘ida” yashashni afzal ko‘radi.
Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma’nosini eng yuksak qadriyat-lar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozonadilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradilar. Hayotining ma’nosini o‘zidan keyin qoldiradigan “ikkinchi umr”-da ko‘radilar. Har bir jamiyatning taraqqiy topishi yoki tanazzuli hayotning ma’-nosini ana shu tarzda tushunuvchilarning ko‘pligi yoki kamligi natijasida ro‘y beradi, bir so‘z bilan aytganda, bunday tom ma’noda “elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan” odamlar yuksak axloqli, demokratik, erkin jamiyatning ustunlaridir.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy-ma’naviy guruh-ning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayot-ning ma’nosini Xudoni topishda, Unga yetishishda deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham Xudoga murojaat qiladilar. Masalan, buyuk rus mutafakkiri va yozuvchisi, pravoslav cherkovidan ronda qilingan Lev Tolstoy hayotning ma’nosini quyidagicha tushunadi: “Men faqat Xudoga ishongan onlarimdagina haqiqiy yashaganimni esladim... Xudoni tanish va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot demakdir”,‒ deb yozadi u o‘zining mashhur “Iqrornoma” asarida.151
Ko‘rib o‘tganimizdan ma’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir masa-lada yakdil: ular hayotning ma’nosi o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaati bilan bog‘-lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axlo-qiy qoidaga binoan umr kechiradilar.
Baxt. Hayotning ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Foro-biy: “Baxt ‒ har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir”,‒ de-ganida ko‘p jihatdan haq edi.152
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt, garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyor-garlikni va kurashni taqozo etadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin