Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə88/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   193
Hotam kishi uyda tutatganda ud,
Qo‘shni hovlida ham shul muattar dud274.
“Himmat” (arab. g‘ayrat, shijoat, jo‘shqinlik, harakat, hafsala, qunt) ‒odamgarchilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam, insonga xos xislatni angaluvchi tushuncha275 bo‘lib, bu borada Fariduddin Attor:
Himmati oliyga yetsa har ko‘ngul,
Davlati beminnat unga yuzlanur”276
deya insonlarni himmatli bo‘lishga chorlash orqali qalb sofligi, ko‘ngil xotirjamligi, ma’naviy yetuklikka undaydi. Himmat tushunchasining asosida iqtisodiy yoki mod-diy asos yotadi. Shuningdek, tarixiy manbalarda uchraydigan “himmat” tushuncha-lari ijtimoiy xizmat ko‘rsatish nuqtayi nazaridan qiyosiy o‘rganilganda uning asosan ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Biri beg‘araz yordam ko‘rsatish, ikkinchisi, qo‘l-lab-quvvatlash. Bunda qo‘llab-quvvatlash xizmat ko‘rsatishning ikki tomonlama manfaatga asoslangan o‘ziga xos shaklini ifodalab, foiz olish, sudxo‘rlik jamiyatda kreditlashtirishning bir ko‘rinishi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan muhtojlarga muruvvatli bo‘lish, ko‘mak va ehtirom ko‘rsatish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy himoyaning tarkibiy qismi bo‘lib kelganki, ular etnoan’ana tariqasida namoyon bo‘lmoqda. Bunda jins, yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi hisoblangan. Bu o‘ziga xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining turmush tarzida dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat qilish singari omillar bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, milliy ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois mehr-muruvvat ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish milliy ta’lim-tarbiya tizimida vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash lozim. Inson o‘z yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan birga, ularning g‘am-tashvishlariga hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida mujassam etishi lozim. Aynan ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida, ya’ni rivoyat va ertaklar, afsona va maqollarda, shuningdek, “Avesto”, “Qur’on”, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan.
Mana shunday fazilatlarni shakllantirish asosida jamiyatda ijtimoiy muho-fazaga oid ijtimoiy foydali maqsad ommalashtirib borilgan. Shunday ezgu maqsad-lardan birini ijtimoiy yordam ko‘rsatish ma’naviyati deb oladigan bo‘lsak, u, albatta, muayyan ma’naviy, axloqiy muhitda shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy muhit esa insonlar yashaydigan hudud-makonidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik va barqaror siyosiy muhitni anglatadi. Barqaror ijtimoiy, siyosiy muhit deganda, hududdagi mavjud jamiyat a’zolarining tinch-totuvligi va farovonligi tushuniladi. Shu sababli ajdodlarimiz ijtimoiy xizmat yoki beg‘araz yordam ko‘rsatishni ma’na-viy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, urf-odat va an’analar tarkibiga singdirganlar.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin