Tadqiqotning tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 6§, I bob 3§, II bob 3§, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarining yaratilish tarixi va Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi ijtimoiy – siyosiy hayot
I. 1. Hofiz Tanish Buxoriyning hayoti va “Abdullanoma” asarining yaratilish tarixi
“ Abdullanoma” yoki “ Sharafnomayi shohiy” asarining muallifi XVI asrda yashab ijod qilgan. U Buxorolik shoir va tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 – yil mansabdor oilada tug’uladi va otasi Mir Muhammad al – Buxoriy xonlikning nufuzli kishilaridan biri bo’lib, 1550 – yil Koshg’arga ketib o’sha yerda vafot etadi. Hofiz Tanish Buxoriy esa o’z davrining ma’lumotli kishilaridan bo’lib, u 1584 – yil Abdullaxonning amaldorlaridan biri Qulbobo ko’kaldoshning tavsiyasi bilan hukumdorning xizmatiga shaxsiy voqeanavis, tarixchi bo’lib o’tadi6.
Hofiz Tanish Buxoriy “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy ” asari bilan tarixda qolgan shaxsdir. Kitobda O’zbekiston, Qozag’iston, shuningdek Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy – siyosiy tarixi ham bayon qilingan bo’lib, bu xalqlar o’rtasidagi madaniy, siyosiy, savdo, diplomatik munosabatlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, Qoshg’ar va Rossiya o’rtasidagi munosabatlar haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tadi. Hofiz Tanish Buxoriy asarini XVI asrning 80 yillarida yozib tugallaganligi haqida zamondoshlaridan Mutribiy aytib o’tadi. Shuningdek Mutribiy bu asarning oxirgi qismini xonning buyrug’i bilan qozi Poyanda Zominiy yozgan deb keltirib o’tadi7.
“Sharafnomayi shohiy” muallifning rejasiga ko’ra asar muqaddima, ikki qism yoki maqola va xotimadan iborat qilib yozishni xoxlagan. Muqaddimada Allohning madhu va hamdu sanosi, homiy, hukumdor Abdullaxoning shaniga aytiladigan tavsiflar, Abdullaxonning ota bobolari, qadimda Markaziy Osiyoda hukumronlik qilgan turk – mo’g’ul qavmlari, Chingizxon va uning avlodlari haqida ma’lumot keltirgan. Birinchi maqolada Movoraunnahrda 1533 – 1583 - yillarda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan. Ikkinchi maqolatda esa O’zbekiston, Qozag’iston va qo’shni davlatlarda yuz berishi mumkin bo’lgan voqealar keltirib o’tilgan. Xotimada esa Abdullaxonning ajoyib fazilatlari, u bilan bir davrda yashagan shayxlar, vazirlar, amirlar, va shuningdek Abdullaxon zamonida qurilgan binolar haqida ma’lumot keltirib o’tishni xoxlagan. Lekin asar yozilishi o’zgargan, ya’ni birinch va ikkinchi reja qo’shilib yozilgan, xotima esa muallifning bevaqt o’limi tufayli yozilmay qolgan8.
Muallif asar muqadimasida keltirishicha Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, shayxulislom Sayfiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, Istaxriyning “Kitobi masolik ul - mamolik”, Juvayniyning “Tarixi Jahonkushoyi”, Rashiduddinning “Jome ut - tavorix”, Mirxondning “Ravzat us - safo”, Sharfiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirza Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” kabi asarlardan foydalanib asarni yozadi. XVI asrda sodir bo’lgan voqealar sroyda muntazam foydalanadigan kundalik daftar, sodir bo’lgan siyosiy ijtimoiy masalarni o’zi guvohi bo’lib, 70 – 80 yillar oralig’idagi ma’lumotlarni o’zi ketirib o’tadi9.
“Sharafnomayi shohiy” da Firdavsiy, Rudakiy, Sa’diy, Kamoliddin Binoiy, Mushfiqiy, “Qur’oni karim” oyatlari va shunga o’xshagqan buyk shaxslarning she’riy parchalari keltirilgan. Kitobda siyosiy voqealar bilan birga ijtimoiy – iqtisodiy mavzularga doir ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan. Shu jumladan soliq, iqto, suyurg’ol, xiroj, ixrijot, tog’ar, kabi davlat tayanch birliklari ham keltirib o’tilgan10.
Ushbu asarning qo’lyozma nusxalari ko’p, asl matinning uchdan ikki qismi Sank – Peturburglik olima M. Salohutdinova ruscha tarjimasi bilan chop etgan. Kitob 1942 – 1952 – yillari Sodiq Mirzayev va oxirgi qismi Yu. Hakimjanovlar tomonidan 60 – yillar o’zbek tiliga tarjima qilindi. Biroq 1- 2 – jildlari zarur tuzatishlar, tadqiqot izohlari bilan 1966 va 1969 – yillarda B. Ahmidov tomonidan chop etilgan. 3 – 4 – jildlarini 1995 – 1997 – yillarda chop etadi11.
“Abdullanoma” ning ikkinchi kitobida Movoraunnahr va Dashti Qipchoqda to’rt yil 1579 – 1583 – yillarda bo’lib o’tgan siyosiy voqealar hamda Abdullaxonning Badaxshon, Ko’lob, Hirotni buysundirishi bilan bog’liq voqealar haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Bizga ma’lumki, Abdullaxon 1567 – 1576 – yillari og’ir kurashlardan so’ng, Movoraunnahrni batomom birlashtirishga muvofiq bo’ladi. Shu o’rinda mustaqil markaziy davlat aparatini o’rnatishga muvofiq bo’ladi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, 1579 – yil noyabr oyi o’rtalarida Sirdaryoning shimoliy tomonidagi yerlarni ya’ni, Toshkent, Turkiston, Sabron, Sayram viloyatlarini ham Buxoro xonligining tarkibiga kiritish uchun astoydila harakat qiladi. Jumladan bu urush to’rt yil davom etadi, shu davr mobaynida Abdulaxon bu hududlarga olti martadan hujum qilgan edi. Shu o’rinda shayboniy sulolasining yana bir qancha vakillari bilan ham kurash olib borib, ulardan Boboxon, Buzaxo’r sulton, darvish sulton va boshqalarni Ulug’tog’ ( Ulutau) gacha taqib qilib boradi va oxiri qozoq xonlari Shig’oyxon va Tavakkal bilan ittifoq tuzib, ular ustidan to’la g’alaba qozonishga muvoffiq bo’ladi12.
Hofiz Tanish Buxoriy saroy tarixchisi bo’lgan edi. Shuning uchun ham Abdullaxonning yurishlarini zo’r ko’tarinki ruhda tasverlagan. Shu o’rinda bu yurishlarni kitobida saroyni osoyishtaligini ta’minlash uchun qilingan kurashlar deb takidlaydi. Biroq asarda keltirilgan voqealarni diqqat bilan e’tibor bersak, muallif oddiy xoalqning bu yurishlardan behisob aziyat chekkanligini guvohi bo’lamiz. Asarda bo’ysunmagan shahar va qishloqlarning bo’ysunmaganlarini qirib tashlanganligi va mol – mulklari talon taroj qilinganliklari haqida ko’pgina ma’lumotlar uchraydi.
“Abdullanoma ” ning Sodiq Mirzayev tarjimasiga asos bo’lgan nusxasi (O’zbekiston Fanlar akadimiyasi Sharqshunoslik instituti, inv. №2207 ) to’liq bo’lmay, 1583 yil voqealari bilan tugallangan, jumladan asarning sank – Peturburg, Boku va Dushanbada saqlanadigan nusxalari 1584 – 1588 yillar voqealarini ham o’z ichiga oladi. Asarning 1584 – 1588 - yillarda Badaxshon, Ko’lob va Hirotning Buxoro xonligi qo’shib olinishi, movoraunnahr va Xorazmning ana shu yillar ichidagi ijtimoiy – siyosiy ahvolinio’z ichiga olgan qismi Sank – Peturburg va Boku nusxalari asosida arab va fors tiliga yunisxoja Hakimjonov tarjima qilgan.
Asarning Mirziyayev qilgan tarjimasida ikkinchi bobning bir qismi bilan tugaydi. Ana shu tarjima qismini nashrga A. Juvonmardiyev va ilmiy xodima M. Xo’jayevlar ishtirok etadilar13. “Abdullanoma” asari haqiqatdan bizga tarixda bo’lib o’tgan voqealar haqida haqiqatni yoritib bergan asardir. Shu jumladan, bu kitobni qancha ko’p o’qilmasin undagi voqaelardan yanada yangi tarixiy jarayonlarni aniqlashga musharaf bo’lamiz. Darhaqiqat asar Abdullaxonning buyrug’i bilan yozilganligini yoddan chiqarmasligimiz lozim, negaki bu asarda keltirib o’tilgan voqealar albatta, Abdullaxonning olib borgan siyosatini qay darajada yuksakligi hamda, tarixiy voqealarning ketma – ketligi aniq qilib berilgan. “Abdullanoma” asari har jihatdan mukammal yozilgan tarixiy manbadir. Abdullaxoning tasnifi albatta asarda ajoyib qilib, yoritib berilgan. Shuningdek asarda o’sha davr zamoni bilan qaraydigan bo’lsak, oddiy xalq albatta qiynalganligini ham Hofiz Tanish Buxoriy o’z asarida keltirib o’tadi. “Abdullanoma” asari haqida bir qancha olimlar ham tadqiqotlari jarayonida uning mukammalligini va uning o’sha davr zamon ruhida yozilganini haqiqatni yoritilishi boshqa asarlarga nisbatan salmoqli o’rinda turganligini ham ta’kidlab o’tadi. Asarda Abdullaxonning taxtga kelishi jarayonida siyosiy vaziyat qay vdarajada bo’lganligi haqida ko’p ma’lumot uchramaydi, biroq Abdullaxonning viloyat va shaharlarga qilgan yurishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Darhaqiqat tarixiy voqealarning jarayoni hamda Dashti Qipchoqdagi elchilik aloqalari, Badaxshon elchilik aloqalari haqida ham ko’pgina ma’lumotlar batafsil yoritib berilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy Abdullaxon saroyining tarixchisi bo’lgan va unig asarida Abdullaxonga tasnif berilganligi ham biroz bo’lsada namoyon bo’ladi.
Hofizi Tanish Buxoriyning qachon vafot etgani ma’lum emas. Mashhur adabiyotshunos olim va shoir Mutribiy “Tazkirat ush-shuaro” asarida “Janobi Hofizi Tanish ulamo jumlasidandir. Maleho Samarqandiyning ma’lumoticha Hofiz Tanish Buxoriyni 1589 – yil xotini tomonidan zaharlab o’ldirilgan.
U Mahdumiy Hasan hojaning tazkirasida tilga olinadi. Yuqorida zikr etilgan Hofizining og‘a-inilari uning vafotidan keyin xotini qandaydir jinoyat qilganlikda ayblab unga da’vogar bo‘lganlar va oliy farmonga ko‘ra uning Buxoro minorasidan tashlab yuborilishiga erishganlar, degan mish-mishlar bor” deb yozgan14. Lekin uning Abdullaxon vafoti (1006/1598) dan so‘ng Ashtarxoniylar sulolasidan bo‘lgan Imomqulixon (1611 –1642) saroyida yashaganligi va unga atab 7200 misradan ortiq she’r yozganligi ham ma’lum. Marhum Ibodulla Odilov (1872-1944) Hofizi Tanish Buxoriyning “Imomqulinoma” degan she’riy asar yozganligini aytadi. Ammo bu asar “Suhayliy” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan shoir tomonidan yozilgani ma’lum.
Xullas “Sharafnomayi shohiy” yirik shoh asar bo’lib, uni qancha ko’po’qisa ham unda o’rganish lozim bo’lgan shuncha ko’p yangiliklar ochiladi deb V. V. Velyaminov – Zernov aytib o’tadi . Shuning uchun ham bu asar ko’p vaqtlardan beri sharqshunos olimlarning diqqat – e’tiborini o’ziga tortib kelyapdi. Asar haqida V. V Velyaminov – Zernov, akademik V. V. Bartoldning shogirdi L. A. Zimin, Sodiq Mirzaev, M. A. Salohiddinova, N. Sayfiyev, ingiliz olimi G. Yete. Ch. A. Storiylar o’z fikrlarini aytib o’tishgan. V. V Velyaminov – Zernov, L. A. Zimin, Sodiq Mirzaev, M. A. Salohiddinovalar asarning bir qismini rus va o’zbek yillariga tarjima qilishdi. V. V Velyaminov – Zernov tarjimasi qisqa bo’ib uni nashrga tayyorlagan, biroq chop etilmagan.
L. A. Zimin ning tarjimasi esa Uminyakovning bso’zlariga qaraganda, 1918 – yili Toshkentda chop etilgan. Lekin olimlarning tezlikda O’zbekistonga kelishi natijasida bu ish to’xtab qoldi., 1924 – yil Bartold Ziminning tarjimasini matrealllarini toplab, nashr qilish kerakliginin aytadi. Sodiq Mirzaev, M. A. Salohiddinovalar asarning tortdan bir qismini rus va o’zbek tillariga tarjima qilganlar15.
I. 2. Abdullaxonning taxtga kelishi arafasida Buxoro amirligida ijtimoiy – siyosiy vaziyat.
XVI asrning boshlarida bir vaqtlar Volga daryosi bo‘yida tashkil topgan Oltin Urda davlatidagi Shayboniyxon boshchiligidagi o‘zbek ko’chmanchi qabilalari Temuriylar davlatini tor-mor qilib, O’rta Osiyoda o‘z hukumronliklarini o‘rnatadi. Shayboniylar Jo‘ji sulolasidan to‘qqizinchi hukmdor bo‘lgan O’zbekxon ismiga nisbat berib, o‘zlariga bir siyosiy qo‘shma nom — o‘zbek nomini qabul qilib olganlar. Aslida ular Ko‘k Urdaning sharqida, Volga bilan Orol dengizi orasida yashovchi turk-mo‘g‘ul qabilalari edilar. German Vamberining hisoblashicha, o‘zbekning lug‘oviy ma’nosi «shaxsan o‘ziga mustaqil xo‘jayin», erkin demakdir.
Demak shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek xalqining shakllanish ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Shayboniylar bostirib kirguncha bu o‘lkada yashovchi aholi turklar nomi bilai yuritilib, ularning xalq sifatida shakllanishi IX—X asrlarga to‘g‘ri kelgan. Buxoro viloyatida ham IX—X asrlardayoq ular xalq sifatida shakllana boshlagan edilar16. XVI asrning boshlarida Volga daryosi bo‘yida tashkil topgan Oltin Urda davlatidagi Shayboniyxon boshchiligidagi o‘zbek ko‘chmanchi qabilalari Temuriylar davlatini tor-mor qilishda o‘zlarining e’tibor va ishonchlarini Muhammad Shayboniyga qaratgan edilar, uni Shohbaxt deb atar edilar. Shayboniyxon 1451 yilda tug‘ilgan edi. U yoshligidayoq istiqbol uchun porloq umidlar tug‘dirgay edi. Shayboniyxon otasi Burdoq Sulton bilan onasi Qo‘zibegimdan yoshligida yetim qolib, ukasi bilan birga otasining sodiq xizmatkori Qorachabekning himoyasida yashagan. Qorachabek bu shahzodalarga sadoqat bilan xizmat qilgan. Shayx Haydarning vafotidai so‘ng Qorachabek ulg‘aygan bu yetim shahzodalarni olib Abulxayr (Shayboniyxonning bobosi, o‘zbeklarning hokimlaridan biri) oilasining dushmanlaridan Sirdaryoning quyi taraflariga qochib ketishga majbur bo‘ladi.
Shayboniy ulg‘ayib, ulug‘ bobosi Abulxayrxonning yo‘qotgan shon-shavkatini qaytarmoq niyatida katta tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Xususan, Abulxayrxon ayni paytda Sirdaryoning yuqori oqimida yashayotgan Bug’ra Sultondan qasos olishga ahd qiladi va uning saroyiga hujum qiladi.
Uning oila a’zolari va qarindoshlaridan ko’p kishini qatl
qiladi. Qochishga ulgurgan Bug’ra Sulton ham o‘limdan qutulib keta olmaydi. Shayboniy uni toptirib, qatl ettiradi. Mazkur muvaffaqiyatli hujumdan keyin yosh shahzoda kuchaygan o‘zbek suvoriylariga boshchilik qiladi. u so‘ngra Temuriylarga qarshi kurashga otlanadi. Bu davrda Samarqand taxtida Abusaidning o‘g‘li Sulton Ahmad hokimlik qilar edi. Mamlakat shimoliy chegarasining noibi esa Qushliqxon o‘g‘li Majid Tarxon edi17.
Turkistonning shimoliy viloyatlaridagi hokimlar (tobelar) isyon ko‘targan paytda, Abdulxayrning vorislaridan isyonni bostirish uchun foydalaniladi. Lekin o‘zbek shahzodalari bu yerni o‘zlarining ona Vatanlaridek his etganlari uchunmi yoki to‘plagan kuchlari ta’siri bilanmi, xullas, har qanday qurolli xizmat uchun to‘langan oddiy maoshga qanoat qilmaydilar. Shu bois O’tror, Sovron, Sig’noq shaharlarini ularga berib, rozi qilishni lozim ko‘riladi18. Keyinchalik g‘oyatda kengayib ketgan Shayboniy mamlakati shu tarzda ta’sis etiladi.
Shayboniyxon va uning dastlabki vorislari davrida Samarqand poytaxtligicha qolavergan bo‘lsa. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoroning siyosiy markaz sifatidagi roli osha boshlaydi.
Abdullaxon (to’liq ismi Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn xoja Muhammad ibn Abdullaxon) 1534 – yil Miyonko’l shahrida tug’ulgan 1598 – yil Ofarikent qishlog’ida vafot etgan va uni Buxoro yaqinidagi Bahovuddin majmuasiga dafn etiladi. Uning hayoti va Buxoro amirligida tutgan siyosiy mavqei haqida bir qancha fikrlar yuritamiz. O’zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukumdori, davlat arbobi, sarkarda, ilm – fan, ma’rifat, madaniyat homiysi19. Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528 |29) Karmana va Miyonko’l shaharlarining 1512 – 153 – yillar hokimi bo’lgan. Otasi Iskandar sulton o’g’li tug’ulganda Ofarikentni boshqargan, keyinchalik aka – ukalaridan biri vafot etgach Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotigan so’ng parchalanib ketgan hududni qayta tiklagan, markaziy davlat hokimyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog’idan qattiq kurash olib brogan. Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon (Baraqxon) bilan Koson yonida 1548 – yil shayboniylar manfaatlari zid kelgan. Mo’g’liston xoni Abdurashidxon va shayboniylardan Do’stum sultonlari qo’shiniga qarshi Farob yonida 1554 – yilda jang bo’lib o’tadi. Yosh Abdulla sulton o’zining hukumdor sifatida 1551 – yil Karmanada bo’lgan jangda namoyon qilgan20. Shuningdik bu viloyatga Toshkentdan Navro’z Ahmad va Samarqanddan Abdulatifxon hujum qilgan edi, biroq zafar Abdullaxonga quchgan edi. Sababi Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan bo’lsa, Abdullaxon otasi vazifasini o’z zimmasiga olib muvofaqiyatli qarshilik ko’rsata olgandi.
Keyinchalik hududini Buxoro tomonga va janubiy sharqda Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu say – harakat dastlab muvofaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556 – yil ota mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bo’gan. U amakisi Balx hokimi Prmuhammaddan harbiy yordam olib, piri jo’ybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ko’magida Navro’z Ahmadxon, keyinchalik uning o’g’illari Drveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan21. Navro’z Ahmadxon 1556 –yil vafot etgach darhol Karmana va Shahrisabzda o’z hukumronligini tiklaydi. 1557 yil mayida Buxoroni qo’lga kiritadi va uni o’z poytaxtiga aylantiradi. 1561 – yil otasi Iskandarni davla boshlig’i – xon deb e’lon qilib, uning nomidan davlatni Abdullaxon boshqara boshlaydi va mamlakatning hududini kengaytirish uchun 1574 – yil Balxni, 1578 – yil Samarqandni, Toshkent, Sayram, Turkistonni 1583 – yili, Farg’onani esa 1583 – yil egallaydi. Asta – sekin hujumini kengaytirib 1582 – yil Dashtga yurish qilib Ulug’ tog’ga qadar borgan. 1583 – yil Iskandar vafot etgach, mamlakatni o’z nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimyatga qarshi 1583 – yil ko’tarilgan Maymana va Garchiston, shuningdek 1585 – yil Badaxshondagi tartibsiz g’alayonlar bostirildi. Xorazmga esa ikki marta yurish 1594, 1596 – yillarda bo’lib, u yerda markaziy hokimyat qayta tiklandi. Abdullaxon II mamlakatni yaxlit holda tiklash uchun qo’shni davlatlarga ham qarshi hujum qilgan. Turkiya Movaraunnahrda o’z ta’sirini kuchaytirish maqsadida Abdullaxon II ga qarshi Bobo sultonga yordam bergan. Shuningdek Bobo sulton turk askarlari yordamida Abdullaxonga qarshi Nasaf yonida jang qilgan22. Abdullaxon safaviylar bilan Xuroson G’ilon shahri uchun kurashib o’z davlati tasarufiga qo’shib oladi. Shu o’rinda Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini tasarufiga o’tkazgan. Shuni ta’kidlab o’tish joizki Boburiylar ham Badaxshon, Shimoliy Afg’oniston va Xuroson uchun Abdullaxonga qarshi ilg’or kurashlar olib borganlar. Ayni damda Abdullaxon ham ularga qarshi Sind va Kashmirni 1583 – 1586 – yillarda egallab, davlatning janubiy chegaralarini mustahkamlaydi.
Abdullaxon davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan xurosonning sharqiy qismgacha bo’lgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon hayotining so’ngi yillarida o’g’li Abdulmo’min bilan chiqishmay qolishi tufayli Abdulmo’min 1582 – yilning kuzida Balxni otasi nomidan boshqara boshlaydi. Iskandarxon davrida Abdullaxon haqiqiy amalda hukumdor bo’lgani kabi, Abdulmo’min ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeini egallamoqchi edi. Faqat ulomalarning aralashuvi tufayli ota – bola o’rtasida ochiq kurash harakatlari boshlanmagan va Abdulmo’min otasiga bo’yin egishga majbur bo’lgan. Ular o’rtasidagi munosabat keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalixon Toshkent viloyati va Toshkent – Samarqand oralig’idagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qo’shini yenggan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon Samarqandga yetganda vafot etgan
Abdullaxon faol tashqi siyosat olib brogan. Bu davrda shayboniylar Eron Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib brogan. Abdullaxon (1557—1598 yillar) xon bo‘lib turgan davrda Buxoroni Shayboniylar davlatining poytaxtiga aylantiradi. Mohir sarkarda va diplomat bo‘lgan Abdullaxon mamlakatning tarqoqligini tugatishga va o‘z yerlarini kengaptirishga intiladi. U bir qancha harbiy yurishlar qilib, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Sapram, Qarshi, Marv, Hisor, Dashtn Qipchoq va boshqa yerlarni egallaydi. 1573 yilda Balx, so‘ngra Hirot, Mashhad hamda boshqa shaharlar va viloyatlarni zabt etadi. Xiva xonligi ham o‘zining mustaqilligini yo‘qotib, Buxoro xonligiga bo‘ysundiriladi. Abdullaxon o‘z ta’sirni Sibir xonligiga ham yoyishga urinadi, ammo bu urinishlari zoe ketadi. Buxoro xonlik sifatida mustahkamlana boradi. Abdullaxon davrida Buxoro haqiqatdan ham O’rta Osiyoning siyosiy va madaniy markaziga aylana boradi23. Shuningdek, Shoh Mahmud Churosning «Tarix» asarini tarjima qilgan O.F.Akimushkin asarga yozgan so‘zboshisida; «...bu yerda (Yorkend xonligida) qo‘shni Movarounnahrdagichalik markazlashgan davlat yo‘q edi», deb fikr bildirgan24. Sharqshunos olim V.V.Bartold esa «Abdullaxon II boshqaruvi kamdan-kam sodir bo‘ladigan voqea bo‘lib, garchi u o‘z hokimiyatini qattiqqo‘llik va harbiy kuch asosida barpo etgan bo‘lsa-da, nafaqat butun Movarounnahrni, balki Xuroson va Xorazmni birlashtirib, kuchli davlat tuzdi», deya ta’kidlagan25.
«Qasamiy ittifoq» shartnomasiga ko‘ra 1579 yillarning oxirlarida Haqnazarxonga qarshi isyon ko‘targan qozoq qabilalari bilan til biriktirib, Toshkentni egallagan Bobo sulton (Navro‘z Ahmad Baroqxonnning o‘g‘li, Shayboniy sulton)ga qarshi jangda qozoq xoni Abdullaxon II ni qo‘llab-quvvatlaganligi haqida ham “Abdullanoma ” asarida to’xtalib o’tiladi26. Biroq, Bobo sulton haqida yana Dashti qipchoq bilan bo’lgan diplomatic munosabatlarida keltirib o’tamiz.
I. 3. Abdullaxonning xonlik siyosiy hayotida amalgam oshirgan islohatlari.
Bu davrga kelib Buxoro bozori hunarmandchilik va savdoning ayrim turlariga xizmat qiladigan rastalarga bo‘lingan edi: Abdullaxon zamonida qurilgan «Chorsu»" bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. «Chorsu» bozoridagi ko‘chalarning bir-biri bilan kesishib o‘tgan joyida gumbazli binolar qurilib, bu binolarda telpakfurushlar (toqi-telpakfurushon), zargarlar (toqi-zargaron), sarrof-sudxo‘rlar (toqi-sarrafon) va boshqalar joylashgan edi. Shu yerdagi bozorning ustiga 1587- yilda Abdullaxon tim qurdirgan, ya’ni boshqa yurtlardan mol keltiruvchi savdogarlar uchun musofirxona soldirgan. Buxoroda ko‘pdan - ko‘p saroylar, madrasalar, xonaqolar, masjidlar qurilgan. Masalan, 1570 yilda qurilgan Hoji Sa’diga qarashli Gavkushon romli karvopsaroy va 1560 yilda qurilgan Liysak maschitiga yaqin joydagi saroy ham ular boshqa yurtlardan kelgan savdogarlarga xizmat qilardi.
Shuningdek, Jome masjidi, Mir Arab, Abdullaxon, Modarixon, Gavkushon, Ko‘kaldosh madrasalari, hammomi sarrofon bino qilindi. Shayboniylar hukuroligi davrida Buxoroning zodagon tabaqalari musiqaga qiziqar edilar. Bu yillarda o‘zbek va tojik tilidagi poeziya ravnaq topadi. Diniy fanlar, musavvirlik, kalligrafiya, miniatyura san’ati qadrlanardi.
Abdullaxonning mamlakat ichki siyosatidagi davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash ayniqsa pul islohati o’tkazish yo’lidagi faoliyati natijalari, keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U ko’plab turli inshoatlar quddirgan. Hozirgacha u xalq orasida u yoki bu inshoat qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxonga nisbatan beriladi27.
Abdullaxon davrida Buxoro yaqindagi Sumiton (Jo’yibor) mavzesida Jo’ybor xojalaridan Abu Bakr Said (970 | 971 – yil vafot etgan) mozori atrofiga madrasa, masjid, xonaqoh va chorbog’ 1558 – 1566 - yillarda, Buxoroda Abdullaxon madrasasi, hamom, Govkushon, Fathulla Qo’shbegi, mirakan Xoja Muhammad Porso, Yangi Chorsu 1569 – 1570 yillarda, tim (Abdullaxon timi ), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga ko’prik 1582 – yilda va boshqa inshoatlar qurildi. Bunday inshoatlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx kabi bir qancha shaharlarda ham bunyod etilgan.Toshkentda ko’bobo Ko’kaldosh sharafiga Ko’kaldosh madrasasi qudiradi. Shu jumladan karvon yo’llariga sardobalar, rabotla, kanallar, suv ombarlari vaIskandar ko’prigi bilan mashhur bo’lgan G’ishtko’prik bunyod ettiradi28 .
Abdullaxon bandi – 16 asrning 80 – yillarida Abdullaxon tomonidan qurilgan suv omboridir. Bu inshoat qoldiqlari nurota tumani markazidan 65 km sharqda, Eski Oqchob qishlog’i yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgi kunda saqlanadi. 1957 – 1962 – yillarda O’zbekiston Fanlar akadimiyasi tarix va arxeologiya institute olimlari tomonidan o’rganilgan. Abdullaxon bandining to’g’oni slans toshlardan qurilib, tosh palaxsalari suviga chidamli maxsus ganch qorishmasi – qir bilan berkitilgan. To’g’onning uzani asosida 73 m, yuqorisida 85 m, balandligi 14,5 m bo’lgan. Bunda suv bosimi hamda uning ag’daruvchi kuchi hisobga olingan holda to’g’on asosining qalinligi 15,3 m , ustki qismi 4,5 m qilib zinapoya shaklida qilib qurilgan. To’g’on oldida hosil bo’lgan suv ombarining uzunligi 1,5 km, eni 75 – 125 m gacha bo’lgan. Abdullaxon bandi taxminan 1,2 mln. Kubametr suv to’plangan. Inshoatdan quyida joylashgan kamar, oqchob, O’rganjiy, Ravot, Jilon – tamg’ali va Soykechar qishloqlari atrofi sug’orilib obod etilgan. XVI asrning ana shu qishloqlar hududi taxminan 1,2 ming ga yer maydoni o’zlashtirilgan29.
Abdullaxon madrasasi Buxorodagi Qo’sh madrasa ansambilining shimoliy qismida joylashgan me’moriy yodgorlikdir. Bu madrasaning me’mori noma’lum bo’lib, Abdullaxon buyrug’i bilan 1588 – 1590 yillarda qurilgan. Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki yonli hujralar o’rab turibdi, shuningdek har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichki xonalar va honaqohga o’tiladi. Bu madrasada Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyish etadi.
Abdullaxon timi Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi bo’lib u Abdullaxon buyrug’I bilan 1577 – yilda barpo etiladi. Bu timning asosi murabba tarxli (39 x 42 m ) , 3 tomoni berk, bosh tarzidagi pishtoq orqali kiriladi. Buxorodagi savdo rastalarining chorus – toq binolari ichida eng kattasi va shakli shamoyili jihatdan ancha murakkab va xushbichim hisoblanadi. Shuniongdek bu majmualar bi qancha tamirlangan.
Rassom Shayhzoda Mahmud, Abdulla kabilar miniatyurachi-kolaigraflar maktabining ko‘ziga ko‘ringan rahbarlari edilar. XVI asr Buxoro naqqoshlik maktabi uzoq davr qo’shni mamlakatlarning badiiy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatgan11. Masalan, XVI asr boshlarida Turkiyaga borgan mashhur Bobo naqqosh Turkiyada naqqoshlik maktabini tashkil qilgan edi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Shayboniylar davrida ham ko‘rkamligi jihatidan temuriylar davrida qurilgan binolardan qolishmaydigan binolar qurilgan. Buxoro yanada ko‘rkamlashgan, ayniqsa uning tashqi qiyofasi go‘zallashgan. U tub ma’noda qayta qurilgan. Shahar rejasi o‘zgargan, yirik ansambllar paydo bo‘lganki, bular shahar qiyofasiga yana ham obod ko‘r-kamlik va joziba baxsh etgan. Usha davr arxitikturasiga xos qurilish inshootlarining aksariyati hozirgacha saqlanib qolgan.
XVI asrga kelib Buxoroning siyosiy roli kuchayishi bilan Buxoro devorini qayta qurish, shahar chegarasini bir oz kengaytirish ehtiyoji tug‘iladi. Shaharda hunarmandchilik va savdoni yanada rivojlantirishga imkon beradigan chora-tadbirlar ko‘riladi. Shahar ichida savdo rastalari va hunarmandchilik do‘konlari uchun keng joylar bunyod etiladi.
Bobur avlodlarining saroylarida adabiyotga qiziqish juda ham tez avj oldi va ular O’rta Osiyo adabiyotining namoyandalari uzviy aloqa bog‘lab turdilar. Shunisi qiziqki, O’rta Osiyo shoirlariniig Garbiy Yevropa kutubxonalariga borib qolgan qo‘lyozmalarinnng ko’p qismi Hnndistondan, hindlarning ko‘pgina qo‘lyozmalarni esa O’rta Osiyodan topgan. Bulardan «Boburnoma» qo‘lyozmasi diqqatga sazovordir. Bu qo‘lyozma eski o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, unda Hindiston to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi.
Hind antologiyalarida Hindistonda keng tanilgan O’rta Osiyo shoirlarining nomlari tez-tez tilga olinadi, hind shoirlari va tarixchilari ham O’rta Osiyo xalqlari orasida keng poralgan. Masalan: «Tarixiy farishta», «Taboqati Akbarshoxiy», «Akbarnoma», «Jahongirnoma», «Iqbolnomai Jahongir», «Humoyunnoma» kabi asarlar va boshqa kitoblar keng tarqalgan edi30. Bu asarlarda xind xalqining XVI—XVIII asrlardagi tarixi, ekonomikasi va madaniyati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bor, xuddi o‘sha adabiy aloqa tufayli XVI asrning ikkinchi yarmida va XVII asr boshlarida Hindistonda fors tilida ijod etgan mashhur shoir mutafakkir olim Mirza Abduqodir Bedil O’rta Osiyo adabiyotiga samarali ta’sir etdi, uning asarlari keng xalq ommasiga tarqaldi. XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida buyuk o‘zbek demokrat shoiri Furqat Hindistonda uch yil yashadi. Furqat Hindistonda hind xalqlari tillarnni, shu jumladak o‘rdu tilini o‘rgandi. Furqat Hindiston to‘g’risiida boy adabiy asarlar yozib qoldirdi. Furqat Hindistoidan yuborgan xatlarida hind shaharlari, hind xalqining urf-odatlari, san’ati, madaniyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Furqat hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi olib borgan mardona kurashini alohida ta’kidlab o‘tadi31.
O’rta Osiyo xalqlari bilan"savdo-iqtisodiy va madaniy aloqa qilish bilan cheklanib qolmadi, U rus xalqi bilan ham xuddi ana shunday qizg‘in aloqa bog‘ladi. Mashhur rus tarixchisi N. M. Karamzin ruslarning Hindiston to‘g‘risidagi, hindlarning Rossiya to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishga ko‘p jihatdan yordam bergan rus sayyohlarining xizmatlari haqida gapirgan edi. Rus savdogarlari O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo qilibgina qolmadi, ular Hindistonga ham o‘z tovarlarini olib borib sotdi.
XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmfan va madaniyat ham bir qator rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni shu jumladan Buxoroda fan va madaniyat gullab – yashnadi. Abdullaxon hukumronligi davrida shahar atrofida taxminan (6 – 7 ) farsax masofada joylashgan Sumiton (Joybor) qishlog’ini ham shaharga qo’shib olib, uning janubiy – g’arbiy tomonida yangi devor bunyod ettiradi Shuningdek Sumitonda, Jo’ybor xojalarning bobokaloni Abubakr Sa’d maqbarasi atrofida masjid,madrasa va xonaqoh bunyod ettiradi. Ayniqsa bu me’moriy obidalar atrofida ajoyib bog’ – rog’lar ham bunyod ettiradi. Sumitondan to shahar markazigacha keng xiyobon chiqarilib, uning atrofiga chiroyli daraxtlar bunyod ettiradi. “Abdullanoma” asarida bu obida haqida:”Tangri taolaning qo’llab – quvvatlashi bilan xonlik kursisi va jahondorlik mansabi sohibquron hazratlariga qaror topib, kunlar saxni ul hazratning adolat nurlari va marhamat asarlari bilan bezalgach, o’zidan keyin nodir inshoatlar, yaxshi nom va estaliklar qoldirishni istadi… xalq muqtadosining (xoja Muhammad Islom) ulug’ bobolari imom Abubakt Sa’dning nurlari fayzli mozori yonida xonaqoh, masjid, madrasa va boshqa oily binolar qurib, atrofini chiroyli bog’ – rog’lar bilan bezashni xoxlagan va uni buyurgan. Shuningdek tarixiy manbalarga qaraydigan bo’lsak o’sha davr zamonida muhandislar, me’morlar juda qobilyatli va masulyatli bo’lganlar. “Sharafnomaiy shohiy” asarining muallifining ma’lumotiga ko’ra, Sumiton shahri qo’shib olinishi va uni obod qilish ishlari, Buxoroning ham obod bo’lishi qariyib o’n yil davomida (1559 - 1568) bajarilgan. Shuningdek Abdullaxon yana bir qancha obidalar bunyod etishga muvofiq bo’ladi. Shu jumladan Fatxulla qo’shbegi, xoja Muhammad Porso madrasasi, yangi Chorsu 1570 – yil, Karmana yaqinidagi Zarafshon ustiga ko’prik 1582 – yil qurilgan32. Ularning oddiy xalqqa juda ham foydasi katta bo’lgan, shuningdek aholi uchun doimiy foydalanadigan tayanch joylar bo’lib qolgan. Darhaqiqat Abdullaxon timi yopiq bozor bo’lib u nafaqat Movoraunnahr, balki butun jahonda ham mashhur bo’lgan. Samarqand, Toshkent, Balxda ham ana shuningdek masjid madrasa, xonaqoh, va bozorlar barpo etilgan. Ayni bir paytda Abdullaxon suv inshoatlarini ham barpo ettirgan. Shular jumlasiga Vaxsh, Zarafshon, jayxundan nahrlar chiqarilib, ko’plab qishloq va shaharlar obod etildi.
“Abdullanoma” asarida keltirib o’tilishicha Buxoro, Samarqand va Balx shaharlarini, balki Toshkent, Termz , Ko’lob, Hirot shaharlari haqida ham e’tiborga sazovar ma’lumotlar keltirilgan.
Xonlikning ijtimoiy istisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma’lumotlar orasida “iqtoyi”, “suyurg’ol”, “tanho”, va “jogir” ulus tartibi hamda unig ijtimoiy – siyosiy hayotidagi ahamiyati va o’rni aholidan yig’iladigan turli – tuman soliq va majburiyatlar: xiroj – mol mulkdan olinadiga soliq, ixrijot,tag’or, ulufa, qo’nalg’a, beggar, madadi lashkar, boj, tamg’a, tansuqot, tuhfa, (savg’a, tortiq, hadya) va boshqalar xalqning asosiy majburiyatlardir. Alohida ta’kidlab o’tish joizki, hukumatning qo’shni hududlarga yurish qilish ham feadal jamiyatda muhim o’rin tutgan. Jizzax,Nasaf, hisori Shodmon, va Jayhunning so’l qirg’oqlaridagi viloyatlardagi yerlarga mahalliy aholini safarbar qilish yo’li bilan atrofidagi hududlarni o’zlashtirgan.
Dostları ilə paylaş: |