o’zak deyiladi: gulzor, bog’bon, chizg’ich, paxtakor. Ayrim darsliklarda bunday qism asos deb atalgan va unga quyidagicha ta’rif berilgan: “So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan qismi asos deyiladi
Bir o’zakdan hosil bo’lgan so’zlar bir xil o’zakli (o’zakdosh)so’zlar deyiladi: bilim, bilimdon, bilag’on, biluvchi. Bunday so’zlar o’zaro sinonim ham bo’lishi mumkin: serhosil – hosildor, beg’ubor – g’uborsiz, tilchi – tilshunos O’zakka qo’shilib, turli ma’nolarni ifodalaydigan qism qo’shimcha deyiladi: ishchi, bahola, olmazor, ishla, yozgi.
Qo’shimchalar so’z tarkibida qatnashmasligi ham mumkin, ular ayrim qo’llanmaydi, doim o’zakka qo’shilib keladi.
O’zak va qo’shimchalar so’zning ma’noli qismlari (morfemalar)dir. Qo’shimchalar vazifasi va so’zga qo’shilib anglatadigan ma’nosiga ko’ra uch turli bo’ladi (Ayrim darsliklarda qo’shimchalar ikki turga bo’linadi: so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar
1. So’z yasovchiqo’shimchalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalardir: o’t - o’tloq, arra - arrala, kuch - kuchli, hosil -serhosil. So’z yasovchi qo’shimchalar unumli (-li, -la, -chi, ser-, -dosh, -kor) va unumsiz (-vul, -ag’on, -chil, -in, -a) bo’lishimumkin. 2. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar (ayrim darsliklarda “aloqa- munosabat shakli qo’shimchalari” deyiladi (19; 18)gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydigan qo’shimchalardir. Bular 3 turli bo’ladi: 1) kelishik qo’shimchalari: kitobni, uyga, daftar