Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar



Yüklə 146,81 Kb.
səhifə12/21
tarix24.09.2022
ölçüsü146,81 Kb.
#64050
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI маърузалар

Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar:
1. O”quvchi shaxsini tarbiyalashda jamoaning rolini izohlang ?
2. Maktab o’quvchisi shaxsini tarbiyalashda tarbiyaning etakchilik roli qanday?
3. O’quvchi shaxsini kamolga etkazishda faoliyatni to’g’ri tashkil etish deganda nimani tushunasiz?


12-MAVZU. SINF RAHBARINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI


Reja:

  1. Sinf rahbarining yosh ota-onalar bilan olib boradigan ishlari.

  2. Yosh ota-onalarning vazifalari, birinchi ota-onalar majlisini tashkil qilish metodikasi.

3. Ota-onalarga pedagogik bilim berish shakl va rejalari.
A s o s i y t u sh u n ch a l a r:sinf majlisi, pedagogic bilim, vazifa…

O'qituvchi-sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang'ich sinflaridagi muhim xususiyatlardan biri-biriga qadrdon o'qituvchi rahbarligida 4 yil hamkor, hamdard bo'ladilar.


Shu sababdan boshlang'ich sinf o'quvchilarning ota-onalar jamoasi bilan ham ishlash o'ziga xos xususiyatga ega:
Birinchi farzandlarini maktabga kuzatadigan ota-onalarning ish shakl va uslublari ko'p tajribali ota-onalardan farq qiladi.Bular uchun «1-sinf o'quvchisi», «Yosh ota-onalarga esdalik» larni tavsiya etish talabga muvofiqdir.
Bu ish shaklidan maqsad:
Ota-onaning – o'quvchi ota-onasi nomiga sazovor bo'lish hissini uyg'otib, maktab oldidagi burchini anglatish.Ota-onaning pedagogik, tarbiyachilik faoliyatinn faollashtirish. Yosh ota-onalar uchun esdalik.
Har bir inson farzand ko'rish va uni voyaga etib borishini to'rt ko'zlab, kuzatayotganidan Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk ne'matni qadriga eta bilishi lozim. Bu ne'mat bolaning maktabga birinchi qadamidir.
G'ulomiddin Akbarzoda «Ilm demak jon. Ilm demak madaniyat «dini odobiga sabib» demak, deb yozgan edi. Bas, shunday ekan ota-ona 1-sinf o'quvchisining ilm dargohidan ko'p bilim va tarbiyaga ega bo'lishi uchun nimalar qilishi kerak:
1. O'qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro'-e'tiboriga sadoqatli bo'lish.
2. Sinf va maktab jamoasining ta'lim-tarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va mulohazalaringizni aytish.
3. Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligani uqtirib sharqona rasm-rusm, udum an'analarimizdan xabardor qilish o'qituvchiga ko'makdosh bo'lish.
4. Bolangizning o'quv ishlariga yordam berib borish. Unga beriladigan topshiriqlarni bajarishda ularga yordamingizni berish.
5.Bolangizda maktab, sinf, o'qituvchi va o'rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg'otish, chunki 1-sinf o'quvchisining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir.
6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatini kuzatib, so'rab borish. Bunday suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli so'zlarni, nojo'ya harakat sodir bo'lgan bo'lsa, «chakki ish bo'libdi», «men kutmagan edim» kabilarni ishlatish.
7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi bo'lishi, ko'makdoshi o'z farzandining kamoli bilan yashashi kabilar.

Yüklə 146,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin