Tarbiyaviy ishlar metodikasi


IV. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish



Yüklə 146,81 Kb.
səhifə17/21
tarix24.09.2022
ölçüsü146,81 Kb.
#64050
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI маърузалар

IV. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.Bunda aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy va boshqa tarbiyalar bo'yicha belgilangan ishlar va tadbirlar, kasb gaplash ishlari (kasblar ro'yxatini tuzib chiqish, kasb haqida burchak tashkil qilish, mehnat ahillari bilan uchrashuvlar, o'quvchilarga anketalar tarqatish, javoblarni tahlil qilish, qiziqishlar kartasini to'ldirish, kasb haqida insho yozdirish, o'quvchilarning texnik ijodiyoti ko'rgazmasini tashkil qilish, sinfdan tashqari o'qishni tashkil qilish), fan o'qituvchilari bilan birgalikda adabiyotlar ro'yxatini tuzib chiqish, o'qilgan asarlar yuzasidan suhbat uyushtirish, sinfda adabiy ko'rgazma tashkil qilish, kutubxona bilan aloqa bog'lash va hokazolar), sinfda ko'rgazmali tashviqot ishlari olib borish (sinf burchagi, devoriy gazetalar, varaqalar chiqarish, sinfni mazmunli bezash, ekologik burchak tashkil etish va hokazolar).
V. Ota-onalar bilan ishlash. Bu bo'limda oilalarni o'rganish (oilaning ijtimoiy ahvoli, o'quvchiga yaratilgan shart-sharoitlar, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o'rganish), ota-onalar faollari bilan ishlash (ular yordamida va ishtirokida bolalar tarbiyasiga oid turli-tuman ishlar rejasini tuzish, ular tomonidan ba'zi oilalarga ko'mak va ta'sir o'tkazish), ota-onalarning tarbiyaga oid bilimlarini oshirish (ota-onalar majlislari, dorilfununlari tashkil qilish, yaxshi oilalar tashviqoti bilan shug'ullanish, o'zaro tajriba almashish).
Keltirilgan reja tartibini majburiy deb qaramaslik kerak. Sinf rahbarlari ish rejasi turlicha tuzilishi va har xil shaklda bo'lishi mumkin. Bu sinf rahbarlarining ish saviyasi, tajribasi, o'z kasbiga qiziqishi, har xil sinflarda ish sharoitlarining turlichaligiga bog'liqdir. Shuni nazarda tutish lozimki, ish rejasi qaysi shaklda bo'lishdan qat'i nazar, tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari mazkur rejaning muhim bo'limlaridan biri bo'lishi shart.
Ish rejasini tuzish va uni hayotga tadbiq qilish ishlariga o'quvchilar va ota-onalar faollarini jalb qilish kerak. Avvalo ular alohida topshiriqlarni, asta-sekin esa rejada ko'rsatilgan keng hajmdagi ishlarni amalga oshiradi.
Rejaga kiritiladigan ish va tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati, amaliyotga tadbiq qilish haqida mazkur kitobning tegishli bo'limlarida atroflicha fikr yuritilgan.



Yüklə 146,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin