hollarda miyaning akustik zonasiga ta'sir etib - kar bo’lib qolishga, havodagi
bosimning keskin o’zgarishi - Ishki a'zolarni zararlantirishga, portlash to’lqini esa
odamni uloqtirib yuborib, turli jarohatlar olishga sabab bo’ladi. Portlash
to’lqinining ta'siri birinchi jahon urushidayoq harbiy shifokorlar tomonidan
o’rganilgan bo’lib, Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy tibbiyot bu yo’nalishda
ko’plab kuzatishlarga ega edi. Taniqli nevropatolog, professor M. A. Zaharchenko
portlash to’lqini ta'sirini birinchi jahon urushi yillarida o’rganib, nerv sistemasiga
oid shikastlanishlar tiykargi o’rin tutiwini ta'kidladi. Ko’plab jabrlanganlar hushdan
ketadilar: ba'zilari darrov o’ziga kelsa, boshqalari anchagacha behush bo’lib
yotadilar. Konto’ziyaga uchraganlarning ko’pchiligida hushiga kelganidan so’ng
ham eshitish, gapirish, hidlash, ta'm bilish va kurish a'zolari faoliyati tiklanmasligi
mumkin. Bu qolat uzoq paytgacha davom etadi va yaxshilab davolanishdan so’ng
ko’pchilik hollarda bemor sog’ayib ketadi. Agar jarohat og’ir bo’lsa, konto’ziyaga
uchragan odam hushiga kelganidan keyin ham gaplashmaydi, vaqtni farqlamaydi,
atrofdagilarga befarq bo’ladi. Kuchli shikastlanganlarda bulbar holatlar guzetilip,
bu umurtqa va miyaning tiykargi arteriyasida qon aylanishining buzilishi bilan
bog’liq. Kasallik belgilari yutishning qiyinlashishi, nutqning buzilishi, yurak
faoliyatining izdan chiqishi va aritmiyada o’z ifodasini topadi. Portlash to’lqini
ta'sirida bosh zararlanib, qo’l va oyoqlar shol bo’lib qolishi mumkin. Shuningdek u
yoki bu miqdorda vazomotor bo’zilishlar: kaft va oyoq tagi ko’karishi, yuzning
oqarishi va qizarishi, quloyoqlarning sovishi, terlashning kuchayishi ko’zatiladi.
Ikkinchi jahon urushi paytida portlash to’lqini ta'siridan okpeda qator o’zgarishlar
kelib chiqishi aniqlandi. Bemor hansiraydi, yo’taladi, okpega qon quyilishi
natijasida qon aralash tupuradi. Yurak tomirlar sistemasida bradikardiya va
pulsning o’ta o’zgaruvchanligi kuzatiladi. Keyinchalik EKGda sinus
bradikardiyasi, ko’p hollarda esa ekstrasistoliya aniqlanadi. Ovqat hazm qilish
a'zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan keyingi dastlabki soatlarda ko’ngil
aynishi, ba'zan qusish, ich ketish va yel ushlay olmaslik kabi belgilarda seziladi.
Ba'zan uzoq vaqt (hafta, oylab) karaxtlik, parishonxotirlik, tushkunlik davom etadi.
Harakat asta-sekin tiklansada, nutq va eshitishning izdan chiqishi anchagacha
saqlanadi. Uyqu buzilishi holati bunda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.
Bedorlik va uyqu orasidagi chegara yuqolib, har ikkalasidan bemor qoniqmaydi.
Portlash to’lqini ta'sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7-8 oy) shu dardga
(gipertoniya) mubtalo bo’ladilar. Bosh og’riqi, bosh aylanishi, quloq shang’illashi,
uyqusizlik kabi serebral holatlar ko’pchilikda uzoq saqlanib qoladi. Portlash
to’lqinining me'da-ichak a'zolariga yana bir ta'siri, me'da yarasi bilan og’riganlarda
me'da va o’n ikki barmoqli ichakning yangi yaralari paydo bo’ladi.
Emlew. Bemor yotib davolanishi zarur. Yengil va o’rtacha og’ir turda og’rigan
bemorlar uchun o’rin-ko’rpa qilib yotish muddati uch haftadan kam bo’lmasligi
kerak. Og’ir bemorlar uchun muhlat cho’ziladi. Jarohat tufayli shok holatiga
tushganlarga yurak-tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida kofein, strofantin,
kordiamin, mezaton, nafasni izga tushirish uchun esa lobelin va sititon tayinlanadi.
Miya shishini qaytarishda magniy sulfat, glyukoza va boshqa dorilar qo’llanadi.
Kalla ichi bosimini pasaytirish uchun orqa miya teshiladi. Konto’ziyaga uchragan
bemorlarga trankvilizatorlar (tazepam, trioksazin, rogipnol, meprotan va b. q.)
albatta berilishi kerak. Uyquni cho’zish va asab sistemasi holatini yaxshilash uchun
narkotik dorilar, bemor bezovta bo’lsa, aminazin berish mumkin. Agar vegetativ
asab sistemasi va tomirlar reaksiyasi sezilsa, uni kamaytirish maqsadida
antigistamin dorilar (dimedrol, shsholfen) tayinlanadi.
UZOQ EZILISH HOLATI
Uzoq ezilish holati (Krash sindromi) ko’plab yumshoq to’qimalarning uzoq vaqt
yopiq shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari
bor. Umumiy belgilar shok, o’tkir buyrak yetishmovchyligi va mioglobinuriyadan
iborat bo’lib, tiykargi belgilar hisoblanadi va kasallik oqibatini aniqlaydi. Uzoq
ezilish holati snaryadlar portlashi va bomba tushishi paytida binolar qulashi, tinch
davrda shaxta" konlar bosib qolishi, yer qimnrlashi paytida uchraydi. Krash
sindromi ikkinchi jahoi urushi paytida Bayuoters tomonidan Angliya shaqarlariga
nemis samolyotlari bomba tashlaganida kuzatilgan. Bombardimondan zarar
ko’rgan 1182 kishidan 3,7% i Bayuoters kuzatishicha uzoq ezilish holati bilan
jabrlanga Ashxoboddagi yer qimirlash paytida shikastlanganlarning 3,5 foizidan
Krash sindromini topgan. Xirosimadagi atom bombasi portlashi oqibatida esa 20%
kishilarda bu patologiya aniqlangan.
Klnikasi. Uzoq ezilish holati aylanma davrlar bilan kechgani uchun uch davrga
bo’lib o’rganiladi. Bular erta, o’rta va kech davrlardan iborat. Erta davrda (2-3 kun
davom etadi) ezib turgan og’irlikdan xalos etilganlarda umumiy va mahalliy
belgilar erta (bir necha o’n minut yoki bir necha soat o’tgach) ko’zga tashlanadi.
Mahalliy belgilar ezilgan joyning tez, shishishi, terining ko’karishi namoyon
bo’ladi. Keyinchalik terida pufakchalar hosil bo’lib, pufak ichida qontalash
suyuqlik ko’rinadi. Ana shu payt rivojlana boshlaydigan gemodinamik buzilishlar
(qon bosimi pasayishi, yurakning tez urishi va b. q.) boshlanqich davr uchun xos
bo’lgan umumiy belgilardir. Uzoq vaqt davompda ezilib yotgan odam (1-2 sutka
davomida) ko’pincha qutqarib olinganidan so’ng bir necha soat ichida
hayotdan ko’z yumadi. Ba'zan bitta oyoq yoki qo’l botuberkwlezb qolishi mumkin.
qutqarib olingandan so’ng qo’l yoki oyoq oqargan, barmoq uchlari ko’kargan
bo’ladi. Suyaklar ko’pincha zararlanmaydi. Sezish his qilinmaydi. Tomir urishi
bilinmaydi. Bir necha kun ichida ezilgan qo’l va oyoqlar shishib, ikki uch barobar
kattalashib ketadi. Ikkinchi davr (3 kundan 10-12 ko’ngacha ko’z oqining
sarg’ayishi, tomir urishining tezlashishi, qon bosimining tobora pasayshb borishi,
plazma yuqotilishi, qonning quyilishi va o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan
kechadi. O’tkir buyrak etishmovchiligi dastlabki soat va kunlarda kuzatilib, vaqt
mioglobinuriya tufayli bemornig siydigi qo’ng’ir rangda bo’ladi. Keyinchalik
buyraknikg siydik chiqarish faoliyati bo’zilib, qonda azot miqdori oshib ketadi.
Armanistondagi zilzila paytida kuzatnlgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana
shunday hollardan farq qilmadi. Birinchi kunlardayoq jabr kurganlarda ezilgan
to’qimalar va autoliz mahulotlari qonga so’rilishi natijasida organizmning
jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yo’zaga keldi. Kasallikning ikkinchi
davrida ham bemor darmoni qurib, qusadi, og’ir hollarda 3-7 ko’nga kelib
hushdan ketadi. Og’ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak
yetishmovchiligidan o’lim sodir bo’ladi. Kasallik unchalik og’ir kechmaganida
ikkinchi hafta oxiridan to 2-3 oygacha (uchinchi davr) buyrak faoliyati tiklanib,
siydikda tuberkwlezndr, oqsil, eritrositlar yuqolib boradi. Yumshoq to’qimalarjing ezilish
darajasi va qancha vaqt og’irlik ostida bo’lganiga qarab kasallikning engil, o’rtacha
og’irlikdagi, og’ir va o’ta og’ir uzoq ezilish turlari farqlanadi. Engil turida
yumshoq to’qimalar kam muddat (4 soatgacha) og’irlik ostida eziladi: bunda
buyrak faoliyati sal buzilib, bir necha kun ichida bemor sog’ayib ketadi. O’rtacha
og’ir turdagi ezilish og’irlik ostida 6 soatgacha qolib ketilganda kuzatilib, bunda
bir necha kun mobaynida siydik mioglobin hisobiga rangi o’zgaradi. Bemor kam
harakat bo’lib qoladi, ko’ngli ayniydi, zaharlanish belgilari paydo bo’ladi, qon
plazmaida mochevina va kreatinin miqdori oshadi. Og’ir turda shok bilan birga
o’tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko’ngil aynishi, qusish, hushdan ketish
kuzatiladi. Buyrak mutlaqo siydik ajratmay qo’yadi. O’ta og’ir turi 6-8 soatdan
ziyod og’ir yuk ostida qolib ketganda kuzatilib, kuchli shok rivojlanadi, qonda azot
miqdori oshib, buyrak siydik ajratmay quyadi. Jabrlanganlar bir ikki kun ichida
o’ladilar.
Emlew. Uzoq ezilish holatini emlew uchun asosan shok, o’tkir buyrak
yetishmovchiligi va elektrolitlar almashinuvi bo’zilishini bartaraf etish zarur. Yuk
ostidan holos etilgan qo’l-oyoq chekkadan markazga qarab, shishib ketmasidan
bint bilan siqib bog’lanadi va shina yordamida mahkamlanadi. Agar botuberkwlezsh
oqibatida suyaklar singan yoki qulosqni olib tashlash kerakligi ayon bo’lsa,
zararlangan joyga jgut qo’yish kerak. Jgut ustki qismi aylanasiga novokain bilan
blokada qilinadi. Asidozga qarshi 3% li bikarbonat eritmasi (400-500 ml dan
sutkasiga va 400-800 ml dan laktosol) tavsiya etiladi. Ezilgan a'zoni, qo’l-oyoqni
ymmobilizasiya qilishga alohida e'tibor berish kerak. Kasallikning ilk davrida
shokka qarshi choralar ko’rilib, qon o’rnini bosuvchi preparatlar (poliglyukin,
reopoliglyukin) ishlatiladi. Ko’p qon plazmai yuqotilishi munosabati bilan tomirga
kuniga 4 litrgacha suyuqlik yuboriladi. Kasallikning ikkinchi davrida o’tkir buyrak
yetishmovchiligini emlew zarur. O’rtacha og’ir turdagi uzoq, ezilish holatida
o’tkir buyrak yetishmovchiligi funksional harakterda bo’lgani uchun emlew
tadbirlarnga siydik haydovchi preparatlar (laziks) ham qo’shiladi. Agar shokka
qarshi va qon aylanishini yaxshilovchi tadbirlardan keyin ham siydpk ajralmasa,
"sun'iy buyrak" apparati yordamida gemodializ qilinadi. Armanistonda jabr
ko’rganlarni emlewda gemodializ usulidan ko’p foydalanildi. Uzoq ezilish
holatini boshidan kechirayotgan bemorlardagi o’tkir buyrak yetishmovchiligini
emlewda siydik ajralishi, qondagi azot miqdori, elektrolitlar (kaliy, kalsiy,
natriy) nisbatini doimo kuzatib turish zarur. Kaliy ezilgan yumshoq to’qimalardan
qonga ko’p miqdorda so’rilib, yurak mushaklariga zaharli ta'sir o’tishi mumkin.
Qonda kaliy miqdori oshib ketganda yurak to’xtab qolishiniig oldini olish
maqsadida tomir ichiga 20 ml 10 li kalsiy glyukonat yuboriladi.
Bosqichli emlew usuli. Polk tibbiy punktida shokka qarshi tadbirlar
(immobilizasiya, novokain bilan blokada, yurak-tomirlar faoliyatini yaxshilovchi
dorilar va h.k.) ko’riladi. Bu tadbirlarning davomi alohida tibbiy batalonda
nihoyasiga yetkaziladi. Bemor shok holatidan chiqarilganidan keyin, uni alohida
tibbiy batalondan maxsus shifoxonaga (sun'iy buyrak apparatini qo’llash va boshqa
emlew tadbirlarini o’tkazish maqsadida) olib boriladi.
KUYISH KASALLIGI
Ikkinchi jaxon urushi janggohlarida quruqlikdagi qo’shinlar ichida kuyish umumiy
jarohatlarning 1-1,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, flotda bu ko’rsatkich 10 foizga
yaqinni tashkil etdi. 1904 - 1905 yillardagi rus yapon urushida kuyganlar soni yana
ham ko’p edi. Suyami jangida yarador bo’lganlarning 40 foizi qattiq kuyishdan
azob chekkan. Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shahardariga atom bombasi
tashlanganida kuyganlar soni yana ham keskin oshdi Atom bombasining kuchli
issiklik ta'siri natijasida kuyganlar jabrlanganlarning 80 foizini tashkil etdi. Vetnam
urushi davrida ham amerikaliklar og’ir kuyish hollariga olib keluvchi napalm
bombalarini ishlatishdi. Kuyish kasalligini emlew harbiy shifokorlar uchun
vazifadir. Yana shuni unutmaslik kerakki, chuqur va katta kuyishlar Ishki a'zolar,
asablar, moddalar almashinuvini izdan chiqarishi tufayli, "kuyish xastaligi"
deganda tananing umumiy kasalligini tushunksh kerak.
Belgilari va kechishi: To’qimalar zararlanishi qandayligiga qarab, kuyish uch
darajaga bo’linadi:
I darajali kuyishda teri qizaradi
II darajali kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi
III darajali kuyishda esa to’qima o’ladi.
Tanadagi terining uchdan bir qismi yo’zaki kuyib, butun terining 10 foizi chuqur
kuysa, kuyish kasalligi rivojlanadi. Kuyish kasalligi kechishida 4 davr
kuzatiladi.
Boshlang’ich davr. Bu davrda markaziy asablar tizimining faoliyati keskin
buzilishi bilan kechadigan shok holati kuzatiladi. Bunda suv va elektrolitlar,
moddalar almashinuvi, qon aylanish izdan chiqadi.
Toksemik davr. Agar bemor shokdan o’lmay qolsa, uchinchi kuni toksemik davr
boshlanadi. Bu davr to’qimalardagi oqsilning parchalanish mahsulotlaridan
organizmning zaharlanishi bilan kechadi. Bunda tanadan nihoyatda ko’plgb plazma
yuqoladi, bemor og’riqdan azob chekadi, tana harorati pasayib ketadi, tomir urishi
tez va zaif bo’ladi. Bu davr 4-10 kun davom etadi.
Septik davr. Sepsis va yuqumli asoratlar rivojlanishi bilan ajralib turadi. Terining
katta kuygan qismi bu asoratlar bilan bog’liq bo’lib, shu tufayli ularda mikroblar
rivojlanib, yara, bitishi sekinlashadi.
Tuzalish davri. Yaxshi davo tadbirlari olib borilganda bemor bir - bir yarim oydan
so’ng sog’ayib ketadi.
Kasallik belgilari: organizmning umumiy zaharlanishi, yurak-tomirlar va Ishki
a'zolar faoliyatining buzilishi: pnevmonia, nefrit, oqsillar almashinuvi izdan chiqishi,
gepatit, kamqonlik kabi qator asoratlar rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi.
III-IV darajali kuyish hollarida jiddiy asorat sifatida pnevmonia kuzatiladi. Nafas
yo’llari kuygaida yuqumli mikroblar bronxlar bo’ylab tarqaladi. Terining 10-15
foizi kuyganda kelib chiqadigan kuyish keselliklerinin birinchi davridayoq, yurak-
tomirlar faoliyati izdan chiqadi. Bemorlar yurak sohasida og’riq sezadilar, yurak
tez urib, nafas yetishmasligidan shikoyat qiladilar. Kuygandan so’ng dastlabki
soatlardayoq, ko’p miqdorda qon plazmai yuqotilishi natijasida qon umumiy
miqdori kamayib, yurak miokardiga kam kislorod keladi. Oqibatda keyinchalik
yurak urishi tezlashib, eshitib ko’rilganda yurak chuqqisida sistolik shovqin
eshitiladi. Yurak mushaklaridagi o’zgarishlar miokardiodistrofiya ko’rinishida
bo’ladi. Ba'zan bemorlarda N. D. Voysexovich ma'lumotlariga ko’ra yurak
yetishmovchiligidan o’lim hollari ham kuzatilgan. Kuyishdan keyingi dastlabki
soatlarda bemorlarning yarmida EKG patologik o’zgarishlarni ko’rsatadi. (Me'da-
ichak faoliyatida ham qator o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Birinchi kunlardayoq
bemor ishtahasi pasayib, ichi kuyadi, ko’ngli aynib qusadi. Keyinchalik ishtaha
mutlaqo yuqolib, bemor ozib ketadi. Jigar faoliyati o’zgaradi (ayniqsa, III darajali
kuygan bemorlarda) Siydik bilan urobilin chiqib, bu jigarning o’t ishlab chiqarish
qobiliyati susayganligini ko’rsatadi. Shuningdek jigarning zaharlarni tozalash
xususiyati ham pasayadi. Qon tarkibida protrombin, qand, bilirubin, plazma
oqsillari o’zgaradi. Ayniqsa, qondagi oqsillar miqdori keskin kamayib ketadi.
Kuyish kasalligida buyrak faoliyati ham izdan chiqadi. Boshlanqich davrda o’tkir
buyrak etishmovchiligi kelib chiqib, siydikda donador gialin va mumsimon
tuberkwlezndrlar, ko’p miqdorda oqsil paydo bo’ladi. Qonda azot ko’payib, siydik
chiqmay qolishi mumkin. Qon tarkibida o’ziga xos o’zgarishlar ko’rinadi.
Boshlanqich davrda qonning quyilishi bilan bir qatorda eritrositlar gemolizi
kuzatilsa, keyingi haftaga o’tib bemorlarda kamqonlik rivojlanadi. Kamqonlik
eritrositlar ishlab chiqarilishining pasayishi va autoimmo’ngemoliz hamda qonda
eritrositlarni gemolizga uchratuvchi antitellalar paydo bo’lishi bilan izohlanadi.
Qonda oqsillar miqdori kuygan yara yo’zasidan plazma chiqishi hisobiga kamayib
ketadi. Shuningdek, qon tarkibida natriy miqdori ham kamayib ketadi. Oksidlanish
jarayonining sekinlashishi oqibatida to’qimalar yetarlicha kislorod bilan
ta'minlanmaydi. Kislota - ishqor muvozanati kislotalar tomon suriladi (asidoz).
qonda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari polipeptidlar, sut kislotasi
ko’payadi.
Emlew. Kuyishda birinchi yordam kiyimdagi olovni uchirish va terining
kuygan joyiga steril bog’lam qo’yishdan iborat (bunda kuygan joy ustidagi
kiyimlar kesib olinadi). Bemorni shikast yetkazmasdan, yo’lda sovqotib
qolishidan extiyotlab ko’chirish zarur. Dastlabki soatlarda emlew tadbirlari
kuyish shokiga qarshi olib boriladi. Og’riqni qoldiruvchi preparatlar (2 ml 2% li
promedol, 2 ml 2% li omnopon va 1 ml dimedrol bilan qo’shib) qo’llanadi. Og’riq
kuchli bo’lganda 2 ml droperidol va 1 ml fentayil tavsiya etiladi. Barcha
kuyganlarga teri ostiga 1300-3000 ME qoqsholga qarshi plazma qo’llanadi. Shok
tibbiy punktida kuyganlarni keyingi bosqichga kuzatish oldidan ular qoniga tuzli
plazma urnini bosuvchi dissol, trisol reopoliglyukin, laktasol yuboriladi. Bu
eritmalar suv va tuz muvozanati buzilishini, asidozining oldini oluvchi va bartaraf
etuvchi miqdorda, (ya'ni 40(K800 mg dan) tayinlanadi. Agar kuyish shoki bo’lsa,
qo’shimcha 60-90 mg prednizolon tomirga yuboriladi. Asidozani bartaraf etish
maqsadida laktasoldan tashqari 150-200 ml 5% natriy gidrokarbonat qo’llanadi.
Buyrak faoliyati buzilishining oldini olish uchun 150- 300 ml 5% li mannitol ham
tavsiya etiladi. Plazma va gemodez quyiladi. Bir kunda 3-4 litr suyuqlik yuboriladi.
Suv almashinuvini doimo nazorat etib borib, kuniga 2 litr suyuqlik ajralib
chiqishini ta'minlash kerak. Shuningdek glyukozaning izotonik eritmasi ishlatiladi.
Kamqonlikda bir necha marta eritrositlar massasi 100-200 ml dan 3-5 kun
o’tkazib quyiladi. Qon plazmai har kuni 200-400 ml dan yuboriladi.
Mahalliy emlew usullari: Yirik pufaklar qoldirilib, yiringlaganlari. kesiladi. Yara
usti ehtiyotkorlik bilan quritilib, ustiga moyli balzamli yoki streptosit emulsiyasi
shimdirilgan steril bog’lam bog’lab qo’yiladi. Sharoit bo’lmaganda, kuygan joy
keyinroq tozalanib, ustiga tezda steril bog’lam yopiladi. Keyinchalik, bemor
maxsus jarrohlik shifoxonalariga kuchirilgach, kuygan joyga tananing kuymagan
terisi kuchirib o’tkaziladi.
Vaziyatli masalalar to’plami
1.Bemor 50 yoshda,erkak.Shikoyatlari: kamkuvvatlik, shilimshik-yiring’li balg’am
ajratish bilan yo’tal, zax va sovuq havoda tana harorati koteriliwi. Bemor 20yil
davomida chekadi. Umumiy axvoli o’rta og’ir, auskulltasiyada okpeda dag’al
nafas, tarkalgan quruq va nam xirillashlar eshitiladi.
I.Sizning taxminiy diagnozingiz:
A.surunkali yiringli bronxit*
B.o’tkir bronxit
V.surunkali kataral bronxit
G.surunkali pnevmoniya xuruji
D.surunkali bronxit allergik formasi
II.Xamshiralik diagnozini qo’ying:
A.kamkuvvatlik,tana xaroratining koteriliwi*
B.yo’tal ,balg’am ajratish*
V.xolsizlik, bosh ogrishi
G.quruq yo’tal, ishtaxasizlik
D.yo’tal, ko’krak qafasidagi og’riq
2. Stasionar sharoitida, pnevmoniya bilan ogrigan bemorga shifokor sefazolin
antibiotikini 500/3 maxal tavsiya kildi. Xamshira in'eksiyani bajardi, natijada
bemorda anafilaktik shok reaksiyasi berdi.
I.Xamshiraning xatosi nimada:
A.xamshira bemordan antibiotiklarga reaksiyasi bor yoki yukligini surab, sinama
utkazib, keyin in'eksiyani bajarishi lozim edi.*
B.xamshira in'eksiyani shifokor nazorati ostida bajarishi lozim edi
V.xamshira shifokordan in'eksiyani bajarish uchun ruxsat olishi kerak edi
G.xamshira in'eksiyani sinama o’tkazganidan so’ng bajarishi lozim edi
II.Anofilaktik shok yuz berganda qo’llaniladigan steroid dori-vositasini ko’rsating:
A.prednizolon*
B.deksametazon*
V.emoksipin
G.taufon
III.qaysi dori-vositalari sefalosporinlar gururuxiga kirmaydi:
A.sefamizin
B.klaforan
V.totasef
G.penisillin*
D. gentamisin*
E.linkomisin*
3. Bemor 42 yoshda. Shikoyatlari: tana xarorati 39-40 gradusgacha oshishi,
kaltirash, kuvvatsizlik, avval quruq shilimshik balg’am ajralishi, so’ng ra
zangsimon balg’amli yo’talga. Umumiy axvoli ogir. Nafas olishi 1 minutda 28ta.
Lunjlari qizargan, lablari va burnining uchi ko’kargan. Auskulltasiyada susaygan
vezikulyar nafas va krepitasiya eshitiladi.
I.Sizning diagnozingiz:
A.krupoz pnevmoniya*
B. oshaqli pnevmoniya
V.surunkali bronxit avj olish davri
G.o’tkir bronxopnevmoniya
II.Parxez xususiyatlarini tushuntiring:
A.15-parxez stoli va13-parxez stoliberiladi*
B.ovkatlanish kam-kamdan,5-6maxal*
V.ko’proq kompot va soklar tavsiya etiladi*
G.7-parxez stoli beriladi
D.ovkatlanish kuniga 3maxal
E.ko’proq achchik va sho’r maxsulotlar buyuriladi
4.Bemor 50 yoshda umumiy ahvoli ogir, tana xarorati oshgan, yiringli-qon aralash
balg’am ajratmokda, rentgenogrammada o’ng okpeda bir nechta yupqa devorli
bo’shliqlar aniqlangan, L-18x leycoformula chapga siljigan.
I.Nima haqda o’ylash mumkin:
A.stafilokokkli pnevmoniya*
B.kazeoz pnevmoniya
V.mikoplazmali okpe yalliglanishi
G.okpe polikistozi
II.Qanday asoratlarga olib kelishi mumkin:
A.Yalliglanish jarayoni so’rilishining buzilishi*
B.plevra empiemasi*
V.septisemiya
G.meningizm
D.pnevmotora
5. 50 yoshli erkak, spirtli ichimliklar iste'mol qiladi, to’satdan tana xarorati oshgan,
yo’tal yopishqoq qoramtir balg’am bilan, rentgenogrammada o’ng okpe yuqori
bo’lagida qorong’ilashish aniqlandi.
I.Aniq diagnoz qo’ying:
A.fridlender pnevmoniya*
B.pnevmokokkli pnevmoniya
V.stafilokokkli pnevmoniya
G.mikoplazmali pnevmoniya
D.aralash florali pnevmoniya
II.Kasallikka xos belgilarni ko’rsating:
A.yaqqol leykositoz*
B.okpe bir bo’lagi isiniwi*
V.doimiy yukori isitma
G.varaja ,plevral og’riq lar
III.Kasallikka xos bo’lmagan asoratlar:
A.meningit*
B.endokardit*
V.osteomielit*
G.okpe abssessi
D.plevra empiemasi
E.plevrit
6.Bemor 47 yoshda. 3 xafta aval to’sh suyagi orti va chap qo’lda siquvchi og’riq
asosan ishga yayov ketayotganda boshlangan, qisqa vaqtdan so’ng og’riqlar o’tib
ketgan.
I.Bular qaysi kasallikka xos:
A.ibs birinchi bor paydo bo’lgan stenokardiya*
B.ibs spontan stenokardiya
V.stabil stenokardiya fk II
G.ibs rivojlanuvchi stenokardiya
II.Stenokardiya turlarini ko’rsating:
A.nostabil*
B.stabil*
V.kiska muddatli
G.uzok muddatli
7.56 yoshli erkak oxirgi 4 oy davomida dala hovlisida ishlayotganida chap kaftida
og’riq xurujlarini kuzatgan, qisqa muddatli dam olishdan so’ng og’riq o’tib
ketgan, ikki yildan keyin oldingi shikoyatlar kuchaygan.
I.qanday xastalik xaqida fikr yuritish kerak:
A.zo’riqish stenokardiyasi*
Dostları ilə paylaş: |