Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №3 
Elka suyagi. Bilak va tirsak suyaklari. Panja suyaklari.
Elka suyagining tuzilishi. 
Bilak, tirsak va qo‗l panja suyaklarining tuzilishi.


205 
Yelka suyagi (humerus, 28) rosmana uzun naysimon suyaklar turkumidan bo‘lib, 
unda tana – diafiz (corpus humeri), ikkita (Yuqori va pastki) uchi – epifizlar va ular 
o‘rtasida joylashgan metafiz farqlanadi. 
Yelka suyagining Yuqori uchi sharsimon to‘mtoq boshcha (caput humeri) bo‘lib 
tugaydi. Boshcha suyakning qolgan boshqa qismlaridan unchalik chuqur bo‘lmagan 
ariqcha – anatomik bo‘yincha (collum anatomicum) orqali ajralib turadi; ana shu 
bo‘yinchaning pastki tomonida ikkita do‘mboqcha (lateral tomonda kattarog‗i – 
tuberculum majus va bir oz oldingi tomonda kichigi – tuberculum minus) joylashgan. 
Har qaysi do‘mboqchadan pastga qarab bittadan g‗adir-budur qirra crista tuberculi 
majoris (katta do‘mboqdan) va crista tuberculi minoris (kichik do‘mboqdan) ketgan. 
Ana shu ikkala do‘mboq va g‗adir-budur qirralar orasida egatcha (sulcus 
intertubercularis) bo‘lib, undan yelkaning ikki boshli muskuli uzun boshining payi 
o‘tadi. Do‘mboqcha va qirralarga muskullar kelib yopishadi. Yelka suyagining 
do‘mboqchalardan pastki qismi xipcharoq bo‘lib, xirurgik bo‘yin (collum 
chirurgicum – yelka suyagi ko‘proq ana shu joyidan sinadi) deb ataladi va suyak 
tanasi (diafiz) ni epifizga qo‘shib turadi.
24
Yelka suyagi tanasining Yuqori qismi silindr shaklida, pastki qismi uch chekkali 
bo‘ladi. Chekkalar orasida orqa Yuza, oldingi lateral Yuzalar – facies posterior, 
facies anterior, lateralis, oldingi medial Yuza – facies anterior medialis va suyakning 
oldingi lateral Yuzasida deltasimon g‗adir-budur (tuberositas deltoidea) joylashgan. 
G‗adir-budurning pastidan bilak nervi uchun spiralsimon egat (sulcus nervi radialis) 
boshlanib, suyak orqa Yuzasini aylanib pastga tushadi-da, lateral qirrada tugaydi. 
Yelka suyagining pastki kengaygan uchi ikki tomonida g‗adir-budur tepachalar hosil 
qilib tugaydi: medial tepacha (epicondylus medialis) va lateral tepacha (epicondylus 
lateralis). Tepachalar Yuqoriga medial va lateral qirralar bo‘lib davom etadi. Medial 
tepacha ko‘proq o‘sgan bo‘lib, orqa Yuzasida tirsak nervi joylashadigan egatcha 
(sulcus nervi ulnaris) ko‘rinadi. 
Yelka suyagi (humerus). Old Yuzasi. 
24
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


206 
1 – caput humeri; 2 – collum anatomicum; 3 – tuberculum minus; 4 – collum chirurgicum; 5 – 
crista tuberculi minoris; 6 – facies anterior medialis; 7 – foramen nutricium; 8 – margo medialis; 9 – 
fossa coronoidea; 10 – epicondylus medialis; 11 – trochlea humeri; 12 – capitulum humeri; 13 – 
epicondylus lateralis; 14 – fossa radialis; 15 – margo lateralis; 16 – facies anterior lateralis; 17 – 
tuberositas deltoidea; 18 – crista tuberculi majoris; 19 – sulcus intertubercularis; 20 – tuberculum 
majus. 
Ikkala tepacha orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan Bo‗g‗im Yuzasi bo‘lib, u 
ikki bo‘lakka ajralgan: medial tomonda ko‘ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan 
birlashadigan g‗altagi (trochlea humeri) bo‘lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan 
birlashish uchun yarimsharga o‘xshash Bo‗g‗im Yuzali boshchasi (trochlea humeri) 
bor. G‗altakning tepasida oldingi tomonda toj chuqurchasi (fossa coronoidea) 
ko‘rinadi va tirsak suyagining toj o‘sig‗i kirib turadi. Toj chuqurchasining lateral 
tomonidan bilak suyagining boshi kirib turishi uchun chuqurcha (fossa radialis) 
joylashgan. G‗altakning tepasida, orqa tomonda tirsak suyagining tirsak o‘sig‗i kirib 
turadigan chuqurcha (fossa olecrani) bor. 
Bilak suyaklari – antebrachium naysimon ikkita uzun suyakdan iborat: medial 
tomonda tirsak suyagi, lateral tomonda esa bilak suyagi. 
Tirsak suyagi (ulna, 29) ning Yuqori yo‘g‗on uchida yelka suyagining g‗altagi bilan 
qo‘shiladigan kattagina g‗altaksimon Bo‗g‗im o‘ymasi (incisura trochlearis) bor. 


207 
Bo‗g‗im o‘ymasi old tomonda toj o‘sig‗i (processus coronoideus) va orqa tomonda 
tirsak o‘sig‗i (olecranon) bilan chegaralanib turadi. 
Toj o‘sig‗ining lateral tomonida bilak suyagining boshchasi bilan Bo‗g‗im hosil 
qilish uchun botiq o`yma (incisura radialis) joylashgan. Toj o‘sig‗ining pastida 
(oldingi tomonda) yelka muskuli yopishishidan paydo bo‘lgan g‗adir-budur joy tirsak 
g‗adir-buduri (tuberositas ulnae) deb ataladi. Tirsak suyagining tanasida oldingi, orqa 
va medial Yuzalar bo‘lib, ular oldingi, orqa va oraliq qirralar bilan ajralgan. Tirsak 
suyagining pastki uchi Yumaloq tirsak boshi (caput ulnae) bilan tugaydi, uning 
medial chekkasida esa bigizsimon o‘siq (processus styloideus) chiqib turadi. Uning 
Yonida bilak suyagining botiq Bo‗g‗im Yuzasi bilan birlashadigan doira Bo‗g‗im 
Yuzasi (circumferentia articularis ulnae) bor. 
Tirsak suyagi (ulna). Old Yuzasi. 
1 – olecranon; 2 – tuberositas ulnae; 3 – margo anterior; 4 – facies anterior; 5 – processus 
styloideus; 6 – caput ulnae; 7 – margo interosseus; 8 – incisura radialis; 9 – processus coronoideus; 
10 – incisura trochlearis. 
Bilak suyagi (radius, 30) ning proksimal uchi, aksincha, dumaloq boshcha (caput 
radii) bo‘lib, tepa tomonida botiq Bo‗g‗im Yuzasi (fovea articularis) bo`lib, yelka 
suyagining boshchasi ana shu chuqurchada joylashadi. Bilak suyagining gir aylana 
Bo‗g‗im Yuzasi (circumferentia articularis) tirsak suyagining Bo‗g‗im Yuzasi bilan 
Bo‗g‗im hosil qiladi. Bilak suyagining boshi boshqa qolgan bo‘laklaridan ingichka 
bo‘yin (collum radii) bilan ajralib turadi. Bo‘yinning pastida g‗adir-budur (tuberositas 
radii) joylashgan. Bilak suyagining pastki uchi yo‘g‗onlashgan bo‘lib, tashqi 
tomonida bigizsimon o‘siq (processus styloideus) ko‘rinib turadi. Ichki tomonidagi 
botiq Bo‗g‗im o‘ymasi (incisura ulnaris) esa tirsak suyagining doira Bo‗g‗im Yuzasi 
bilan qo‘shiladi. Bilak suyagining tanasida oldingi, orqa va lateral Yuzalari bo‘lib, 
ular alohida qirralar orqali bir-biridan ajralib turadi. Bilak suyagi pastki uchining 
pastki tomoni uchburchak shaklidagi botiq Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis carpea) 
vositasida kaftusti suyaklari bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi. 


208 
Bilak suyagi (radius). Old Yuzasi.
1 – caput radii; 2 – tuberositas radii; 3 – margo interosseus; 4 – facies anterior; 5 – 
incisura ulnaris; 6 – processus styloideus; 7 – margo anterior; 8 – foramen nutricium; 
9 – collum radii; 10 – circumferentia articularis. 


209 
Qo‘l panjasining skeleti (ossa manus 31) kaft usti (ossa carpi), kaft (ossa metacarpi) 
va barmoq (falanga) – phalanges digitorum manus suyaklariga ajratiladi. 
Kaft usti suyaklari (ossa carpi) turli shakldagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo‘lib, 
to‘rttadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qator (bosh 
barmoq tomonidan hisoblaganda), qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch 
qirrali suyak va no‘xatsimon suyaklardan tashkil topgan. 
Qayiqsimon suyak (os scaphoideum, 31) birinchi qatordagi suyaklarning kattasi 
bo‘lib, bo‘rtib chiqqan Yuzasi va chap tomonda do‘mboqchasi (tuberculum) 
ko‘rinadi. 
Yarimoysimon suyakning (os lunatum, 31) tepa Yuzasi qavariq, pastki Yuzasi esa 
botiq bo‘ladi.
Uch qirrali suyakda (os triquetrum, 31) no‘xatsimon suyak qo‘shiladigan Bo‗g‗im 
Yuzasi ko‘rinadi. 
No‘xatsimon suyak (os piciforme, 31) eng kichkina suyak bo‘lib, u kaftni tirsak 
tomonga bukuvchi muskul payining orasida joylashgan. Ana shu to‘rtta suyakning 
birinchi uchtasi o‘zaro birlashib ellips shaklidagi qavarib turgan Bo‗g‗im Yuzasini 
hosil qiladi va bilak suyagining Bo‗g‗im Yuzasi bilan birikib turadi. Pastki Yuzalari 
esa pastki (ikkinchi) qator suyaklari bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi.
Kaft suyaklarining uchidagi Bo‗g‗im Yuzalari yassi bo‘lib, kaft usti suyaklarining 
ikkinchi qatorida joylashgan suyaklar bilan qo‘shilsa, Yonbosh Yuzalari esa o‘zaro 
bir-biri bilan Bo‗g‗im hosil qilib birlashadi. I kaft suyagi kalta bo‘lib, asosida 
egarsimon Bo‗g‗im Yuzasi bor. II kaft suyagi eng uzun, V kaft suyagi esa eng kalta. 
Kaft suyaklarining boshchasidagi sharsimon Bo‗g‗im Yuzalari birinchi barmoq 
falanga suyaklari bilan Bo‗g‗im hosil qiladi. 


210 
Qo‘l panjasining skeleti (ossa manus). Orqa Yuzasi.
1 – phalanx distalis; 2 – phalanx media; 3 – phalanx proximalis; 4 – spatia interossea 
metacarpi; 5 – os metacarpale V; 6 – os hamatum; 7 – os capitatum; 8 – os piciforme; 
9 – os triquetrum; 10 – os lunatum; 11 – os scaphoideum; 12 – os trapezoideum; 13 – 
os trapezium; 14 – processus styloideus; 15 – os metacarpale I. 
Barmoq suyaklari (phalanges digitorum, 31) kaft suyaklariga o‘xshash kalta 
naysimon suyaklardan tuzilgan bo‘lib, barmoqlarda ketma-ket joylashgan. 
Bosh barmoqdan boshqa to‘rtta barmoqning uchtadan falanga suyaklari bor, bosh 
barmoq esa faqat ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh barmoqning birinchi va 
uchinchi falanga suyaklari bo‘lib, o‘rta falanga suyagi bo‘lmaydi. Qolgan to‘rt 
barmoqda proksimal, o‘rta va distal falanga suyaklari bo‘ladi. Barmoq suyaklarida 
asosi (basis phalangis), tanasi (corpus phalangis), boshchasi (caput phalangis) tafovut 
qilinadi. 
I va II barmoq suyaklari kaft tomonga bir oz bukilib joylashgan. I barmoq suyaklar 
asosidagi Bo‗g‗im Yuzalari kaft suyaklarining ikkinchi qatordagisi bilan birlashadi. II 
va III barmoq suyaklarida g‗altaksimon Bo‗g‗im Yuzalari joylashgan. 
Oxirgi tirnoq falangalarining uchlari siqilib, yassi bo‘lib, tirnoq g‗adir-buduri – 
tuberositas phalangis distalisni hosil qiladi. 


211 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin