Toshkent viloyati



Yüklə 9,31 Mb.
səhifə28/48
tarix25.09.2023
ölçüsü9,31 Mb.
#148311
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Axborot texnalogiasi va Office paketida kitobcha

Jadvali haqida tushuncha.

  • EXCEL jadvalini ishga tushirish va undan chiqish.

  • EXCEL dasturining oynasi.

  • EXCEL dasturining sarlavha satri.

  • EXCEL dasturining menyular satri.

  • EXCEL dasturining standart vositalar paneli.

  • EXCEL dasturining formatlash paneli.

  • EXCEL dasturining formulalar satri.

  • EXCEL dasturining siljitish chizichlari.

    Jadvali haqida tushuncha.

    Microsoft Excel dasturi elektron jadvallarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan. Biz ko’pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishda tasvirlaymiz. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlanich ma’lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan ma’lumotlar yoziladi.


    Ma’lumotlarni jadval ko’rinishda tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun ko’pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
    Jadval ko’rinishda tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular elektron jadvallar yoki jadval prosessori deb ataladi.
    Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo’ljallangan, lekin uning yordamida injenerlikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar bo’yicha hisob-kitoblar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
    Hozirgi paytda elektron jadvallar kundalik hayotda qo’llanilayotgan sohalar juda ham ko’p bo’lib moliyaviy, buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash kabi ko’plab masalalar bunga misol bo’la oladi.
    Excel dasturi Microsoft Office paketi tarkibiga kirib, u elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlash uchun mo’ljallangan.
    Excel hujjati kengaytmasi .XLS bo’lgan ixtiyoriy nomli fayl hisoblanadi. Excel da bu fayl ish kitobi (Workbook) deb nomlanadi.
    Har bir .XLS faylda 1 dan 255 tagacha elektron jadval joylashishi mumkin, ularning har biri ish varagi deb ataladi. Excel jadvali 16384 satr va 256 ustundan iborat. Satrlar 1 dan 16384 gacha bo’lgan butun sonlar yordamida nomerlanadi. Ustunlar esa lotin alifbosi harflari bilan belgilanadi, ya’ni A, B, C, ..., Z, AA, AB, ..., IV. Ustun va satrlarning kesishish joyida jadvalning strukturali elementlari - yacheykalar joylashgan bo’ladi. Ixtiyoriy yacheykaga boshlanich ma’lumotlarni - son, matn yoki ixtiyoriy ma’lumotni hisoblash formulasini kiritish, ustun kengligi va satr balandligini o’zgartirish mumkin.
    Elektron jadvaldagi aniq bir yacheykani ko’rsatish uchun adreslardan foydalanish zarur, ya’ni adreslar o’zaro kesishadigan ustun belgisi va satr nomerlaridan iborat bo’ladi va ular orqali aniqlanadi. Masalan: A1, A7, C24, AA20 va hokazo.



    Yüklə 9,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin