Urganch davlat unversiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Shomurotova Oydinoyning maqolalar to‘plami. Annatatsiya; Xorazmda ilm marifatni rivojlantirish, Xorazm – muqaddas diyor.
Abstract: The happiness of any nation depends on the peace and happiness of the state on the good experience of the youth.
Kalit so’zlar: Xorazm, Xorazmning qadimiy tarixiy shaharlari.
Xorazm vohasi Amudaryo suvlari va quyosh nurlaridan paydo bo’lgan muqaddas diyor sanaladi. Shuning uchun ham muarixlar uni “xvarasmiya” (suv va quyosh o’lkasi) deb ataganlar. Ibtidoiy davrda ota- bobolarimiz otashparaslar edilar, ular quyosh, o’t, olovga sig’inganlar. Yer yuzasining yetti mo’jizasi bo’lgani kabi Xorazmning ham betakror osori antiqalari bor. Xorazm nomi turli xalqlar tilida turlicha talafuz qilingan. Arablar - “xvarezm” , forislar – “uvarazmis”, “xvayruzm”, mesapatamliklar – “xvarizma”, yunonlar – “charosima”, Avestoda esa “hvairizm” kabi nomlar bilan atalgan. Qadimda Xorazm tangalari “xvarazm” shaklida talaffuz qilingan. O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700-yil muqaddam aynan Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu bilan bir ma’noda milliy davlatchiligimiz tarixiy Mist, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixiy bilan bir qatorda turadi. Xorazmni tarixiy va navqiron shaharlaridan biri xiva shahridir, xiva o’zining ko’k gumbaz-u baland imoratlari bilan ma’lum va mashhurdir. Ozod o’lkam - obod o’lkam, qarang, bugun. Xorazm naqadar ko’rkamlashgan.
Xorazm diyorida yashasang bo’larsan bekam.
Xiva shahrin ko’rsang aslo qolmas yurakda g’am.
Xorazm aholisi 1 million 200 ming kishini tashkil qiladi. Milliy tarkibning taxminan 95 foizi qishloqlarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan kun ko’radi. Viloyatda 90 ga yaqin millat vakillari yashaydilar bular: O’zbeklar, Qoraqalpoqlar, Turkmanlar, Qozoqlar, Ruslar, Tatarlar, Qareslar va boshqalar tashkil etadi. Sanoat korxonalari 19-asrning 90-yillaridan boshlab rivojlangan. 1915-yilda vohada 16 ta katta – kichik zavodlar ishlab turgan. Xozir ularning Soni 70 dan ziyod.
Xiva esa vohamizning qadimiy qal’alardan biridir. Usbbu tarixiy maskan Ichan va Deshan qal’alardan iborat. Uning umumiy sathi 300 gk, Amudaryo 40 km, aholisi 30 ming kishini tashkil qiladi.
Xiva – xonlar shahri demakdir va 1952-yildan poytaxtga aylantirilgan. Xivada jami 49 ta xon hukmronligi bo’lib o’tgan. Har uch xondan ikkisi taxtdan quvilgan yoki o’ldirilgan. Muhammad Rahim Soniy Feruz 47 yilu 15 Kun xonlik gashtini surgan. Anusha, Ollaqulixonlar 18-22 yil xon bo’lganlar. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Xorazm tarixida davlat boshqargan hukmdorlar asosan 2 ta nom bilan mashhurdirlar: Xorazshoxlar va xiva xonlari.
Xorazm davlatchiligi va undagi ilm-ma’rifatni rivojlantirishda buyuk allomalarimizni xizmatlari juda kattadir.
Abu Rayhon Beruniyning ta’limoti. Ilk davlatchilikka asos solish haqida Beruniyning ta’kidlashicha, Xorazmdagi ilk antik davlatchilikning shakllanish jarayoni uzoq yillar davom etgan. Uning ildizlari miloddan avvalgi 12-asrga borib taqaladi. Shuningdek xorazmlik qomusiy olim Abu Abdulloh Muhammad Ibn Musa Al – Xorazmiy dastlabki ma’lumotlarni Xiva shahridan olgan va yetuk olim bo’lib shakllangan. Bunda Arab iste’losidan so’ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy ro’l o’ynagan. Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad Al-Xorazmiy 8-asrning oxiri 9-asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Xorazmiy dunyo faniga g’oyatda katta hissa qo’shadi. U algebra fanining asoschisidir. Xorazmiy go’zal diyor sanalgan Xorazmda tug’ilib o’sadi. Abu Ali Ibn Sino buxorolik olim. Ibn Sino 980-yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilib o’sadi. U yoshligidanoq noyob iste’dod va kuchli xotira egasi bo’lib, atrofdagilarni hayratga soladi. Buxoroda mavjud bo’lgan ilmiy muhit ta’sirida ko’p fanlar bilan qiziqib shug’ullanadi. Ibn Sino yunon, arab va fors olimlarining kitoblarini, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Roziy, Ahmad Farg’oniy kabi vatandoshlarining asarlarini o’rganadi, ularga ijodiy yondoshadi. 999-yilda somoniylar hukumati qulab, shaharni qoraxoniylar bosib oladi.
Ibn Sino bu davrda barcha ilmlarni egallagan va xatto risolalar yoza boshlagan edi. 11-asr boshlarida Ibn Sino Xorazmga, Urganchga ko’chib kelib o’z bilimlarini yanada oshiradi va shox Ma’mun saroyidagi olimlar bilan tanishadi. Ko’p qirrali qobilyat sohibi olimlar bilan tanishib Ma’mun akademyasida ta’lim oladi. Ibn Sino, ayniqsa falsafa va tabobat sohalarida ham o’chmas iz qoldirdi. Uning boy ijodiy merosida falsafiy asarlar asosiy o’rinni egallaydi. Ibn Sino jahonga mashhur tabib sifatida tanilgan, uning shoh asari- Tib qonunlari kitobi unga misli ko’rilmagan shuhrat keltiradi. O’z mazmuniga ko’ra bu asar tibbiy bilimlarning nodir majmui, qomusiy asar hisoblanadi. Ibn Sinoning betakror ilmiy merosi atoqli vatandoshimizning insoniyat tarixidagi eng buyuk qomusiy olimlardan biri ekanining isbotidir.
Xorazm davlatchilik tarixida xonliklar davrida ilm ma’rifatga keng yo’l ochilib, yer yuzida tan olingan buyuk qomusiy olimlar ilm ma’rifat o’chog’i bo’lmish Ma’mun akademyasida turli fanlar bo’yicha tarix, falsafa, astranomiya, matematika, Al jabr, meditsina sohasi bo’yicha tabobat ilmlarni chuqur o’rganilib, xozirgi davr uchun yer yuzasidagi xalqlar uchun hozirgi kungacha o’z kuchini yo’qotmagan chuqur ilm serqirra yo’nalishda oltin meros qoldirgan. Bu ilm ma’rifatni barcha yevropa davlatlari, barcha yer yuzasi xalqlari ota – bobolarimizni oltin merosini qadrlab avaylab o’rganib kelmoqda. Hozirgi kunda ilm ma’rifatga intilgan barcha yoshlar buyuk qomusiy olimlarimizni qoldirib ketgan ma’naviy madaniy merosini o’rganib jamiyatimizni rivojlanishiga katta xissa qo’shilishiga sababchi bo’lmoqdalar.
Men tug’ilgan ko’hna voha shuhratin olam bilar,
Ko’p zamondin ko’p shuaro unga ashyor bitdilar.
Dong’ini men ham jahonga bong urib aytgim kelar
Xorazm farzandiman men Xorazm farzandiman.
* * * *
Bu ulug’ maskan ko’ngillarga ziyo qildi ato.
Qaxridan shamshir yasab yovlarga sanchdi bexato
Qalbiga ilmu Alifni Al – jabrni qildi jo
Men alifdek tik yashab o’tgan diyor farzandiman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998.
2. Azizxo’jayev.A. Davlatchilik va madaniyat. T., Sharq, 1997.
3. Nasimxon Raxmon. Turk xaqonligi. T., 1993.
4. Tolstov.S.T. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T., Fan, 1964.
5. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T., Cho’lpon, 1992.
6. G’ulomov.S, Usmonov.Q. Mustaqillik O’zbekistonga nima berdi. T., 2000.
7. O’zbekiston tarixi. 1-qism. T., Universitet, 1996.