Ushbu kurs ishi " Alyuminiy gidroksidining olinishi va xossalari " mavzusida bo`lib, unda kimyoviy tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olinggan



Yüklə 231,5 Kb.
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü231,5 Kb.
#115747
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI KIMYO - копия (3)

1.2 Alyuminiyning olinishi
Alyuminiyni birinchi marta 1887 yilda Ersted va Vyoler AlClni K metali bilan qaytarib olishgan:
AICl+3K=3KCl+Al
Keyinchalik Devi Al qo’shaloq tuzlarini AlCl3·NaCl Na metali bilan qaytarib toza Al olishga erishgan.
Sanoatda aluminiyning olinishi 950C da Al2O(8%) suyuqlanmasini elektroliz qilishga asoslangan. Bunda erituvchi sifatida Na3[AlF6] (92%)-kriolit ishlatiladi. Elektrolizyor katod vazifasini, anod sifatida ko’mir ishlatiladi. Aluminiyning zichligi kichik bo’lgani uchun u idish tubiga yig’iladi.

  1. rasim: Elektrolizyorda alyuminiy olish


Al2O=Al3++AlO33-
2Al2O3=4Al+3O2
(+)4 AlO33—12e=2 Al2O3+3O2
K(-)Al3++3e=Al0
Elektroliz paytida anchagina miqdor uglerod sarf bo’ladi.
Agar boksitlar yuqori haroratda temir (III) oksidi bilan aralashtirilganda ham, avval Al2O3 eritmaga o’tadi:
Al2O3+3H2O+6NaOH=2Na3[Al(OH)6]
Temir oksidi va boshqa aralashmalar cho’kmada qoladi, eritmadan karbonat angidrid o’tkazilib Al(OH)3 olinadi:
2Na3[AlF6]+6CO2= Al(OH)3+3CO2+3Na2CO3+3H2O
Olingan gidroksid quritilib suvdan ajratiladi:
2Al(OH)= Al2O3+3H2O
Tozalangan oksid vannaga solinadi va toza aluminiy olinadi.
Quruq usul:
Al2O3+2Cr(OH)3+2Na2CO3=2Al+2Na2CrO4+3H2O+2CO2
Al2O3 xarakterli oksid, alyuminiyning eng muhim kimyoviy birikmasi hisoblanadi. Al2O3 oq juda isiqqa chidamli modda (ts=2953oC, tq=3000oC). Toza Al2O3 achchiq toshlarni termik parchalab olinadi:

2NH4Al(SO4)= Al2O+ SO+ H2O


yoki 600-800oC da Al(OH)3-qizdirib olinadi:


Bu holda γ-Al2O3 olinadi, u 900oC da monotrop (monotrop aylanish-bir modifikasiyadan boshqasiga qaytmas fazoviy o’tish) aylanish bilan γ-Al2Oga o’tadi. γ- Al2O3 korund yoki rubin ko’rinishida tabiatda uchraydi, uni sun’iy usulda ham olinadi.
1.3 Alyuminiyni fizik va kimyoviy xossalari
Fizik xossalari: Aluminiy- oq kumushrang, yaltiroq, yengil, plastik, elektr va issiqlikni yaxshi o’tkazadigan kuchsiz paramagnet xossasiga ega bo’lgan amfoter metall. Tomonlari markazlashgan kub panjarada kristallanadi. Uning issiqlik o`tkazuvchanligi misning elektr o`tkazuvchanligining qariyib 50% ini, elektr o`tkazuvchanligi misning elektr o`tkazuvchanligining 65% ini tashkil qiladi. Alyuminiy nixoyatda plastik modda, sovuqda ham, issiqda ham alyuminiyga mexanik ishlov berish qulay. Undan yupqa taxta va ingichka simlar tayyorlash mumkin.
Alyuminiy zichligi 2712 kg /m3 . Texnik alyuminiyning erish harorati 658°C , sof alyuminiy esa 660°C da eriydi. Solishtirma erish issiqligi 390 kJ/kg. Alyuminiyning nur qaytarish xossasi ham ancha yuqori. Shuningdek ushbu metall yuqori elektr o`tkazuvchanlikka va issiqlik o`tkazuvchanlikka ega. Alyuminiy deyarli barcha metallar bilan qotishma xosil qiladi. Uning mis va magniy bilan qotishmasi –duralyuminiy, hamda, kremniy bilan qotishmasi – silumin ko`proq tarqalgan.
Kimyoviy xossalari: Alyuminiy kimyoviy jihatdan juda aktiv metal. Alyuminiy tpik amfoter element. Alyuminiyning kislarod bilan birikish qobilyati nihoyatda kuchli bo`lganligi sababli uning sirti zich va mustaxkam parda bilan qoplanadi, alyuminiyni xavo tasirida yemirilishidan saqlab turadi. Kukun xolidagi alyuminiy xavoda qizdirilganda yonadi.
4Al + 3O= 2Al2O3 +Q (3351kJ)
Alyuminiy pardasi ko`chirilgan alyuminiy suvdan vodorod ajratib chiqaradi. Aluminiy amfoter xossaga ega bo’lgani uchun kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Alyuminiy konsentrlanggan nitrat kislotada paassivlanadi.
Alyuminiy ishqorlarda erib alyuminatlarga aylanadi: bunday reaksiya natijasida vodorod ajralib chiqadi:
2 Al + 5NaOH +6H2O =2Na3[Al(OH)6] + 3H2
Alyuminiy kislotalarda eriganida ham vodorod ajralib chiqadi:
2Al +6HCl= 2AlCl+3H2
Alyuminiy odatdagi temraturada galogenlar bilan birikib alyuminiy galogenidlar xosil qiladi. Masalan, alyuminiy kukunining yod bilan aralashmasiga bir tomchi suv ( bu yerda suv katalizatorlik vazifasini bajaradi ) qo`shilganida issiqlik va yorug`lik ajralib chiqadi;
2Al+3J2=2AlJ3
Aluminiyning yuqori temperaturada d-oilasi elementlari bilan issiqlikka chidamli qotishmalari qizdirilganda galogenidlar bilan birikib AlGa tarkibli galogenidlar hosil qiladi.
Aluminiyning bu galogenidlari yaxshi gidrolizga uchraydi va ishqoriy metallarning gidridlari bilan birikib kompleks birikmalar hosil qiladi.
Trimetil alyuminiy Al(CH3) bilan vodorod aralashmasidan elektr razryad o`tkazib alyuminiy gidrid (AlH3)n 105° C da parchalanadi. Ishqoriy metallarning alyuminiyli gidridlari , masalan, litiy – alyuminiy gidrid LiAlH4 katta axamiyatga ega , uni xosil qilish uchun uni litiy gidrid va alyuminiy xloridning efirdagi eritmalari quyidagicha o`zaro reaksiyaga krishadi:
4LiH + AlCl3 = LiAlH4 +3LiCl
LiAlH4 – efirda eriydigan, quruq xavoda barqaror, 125-150 °C larda parchalanadigan kristall modda. U qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Uning efirdagi eritmasiga alyuminiy xlorid ta`sir ettirib alyuminiy gidrid olish mumkin:
Li[AlH4] + AlCl= 4AlH3 + 3LiCl
Aluminiy oddiy sharoitda xlor va brom bilan yod bilan esa qizdirilganda yoki katalizator suv ishtirokida reaksiyaga kirishadi. Aluminiy yuqori temperaturada S, N2, C bilan reaksiyaga kirishadi.
Aluminiy sirtida oksid parda bo’lganligidan u suvda erimaydi. Ishqorlarda erib aluminatlar hosil qiladi:
2Al + 2NaOH + 2H2O = 2NaAlO2 + 3H2
Aluminiy suyultirilgan HCl va H2SO4 kislotada eriydi. Konsentrlangan HNO3 ta’sir ettirilganda aluminiy passiv bo’lib qoladi va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, chunki aluminiy sirtida juda zich oksid parda hosil bo’lib qoladi.
Aluminiy 8000C da azot   bilan birikib aluminiy nitrid, 10000C da oltingugrt bilan birikib aluminiy sulfid, 20000C da esa uglerod bilan birikib aluminiy karbid hosil qiladi.
2Al +N2=2 AlN
2Al+ 3S= Al2S3
4Al + 3C =Al4C3
Ftor bilan birikib , alyuminiy ftorid hosil qiladi:
2Al +3F2 = 2AlF3
1.4 Alyuminiy birikmalarining ishlatilishi
Alyuminiy birikmalari .
Alyuminiy o`zining barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasiga ega bo`ladi. Alyuminiy olinish uchun asosiy xom-ashyo bo`lib xizmat qiladigan birikmalari
Nefelinlar – KNa3[AlSiO4]4;
Alunitlar – (Na,K)2SO4·Al2(SO4)3·4Al(OH)3;
Korund (sapfir, qayroqtosh, qahrabo) – Al2O3;
Dala shpati - (K,Na)2O·Al2O3·6SiO2, Ca[Al2Si2O8];
Kaolinit - Al2O3·2SiO2·2H2O;
Berill - 3ВеО·Al2О3·6SiO2;
Xrizoberill (aleksandrit) - BeAl2O4.

Alyuminiyning binar birikmalari AlF3 , AlCl3 , Al2O3 , Al2S3, AlN, AlH3 lar oddiy sharoitda polimer moddalar. Ularning barchasi oq rangli qattiq moddalardir .


Alyuminiy oksid bir necha modifikatsiyalarni xosil qiladi . Odatdagi sharoitda a-Al2O3 nisbatan barqaror. Odatda korund tarkibidagi ba`zi Al(III) atomlari boshqa rang beruvchi elementlar bilan almashgan bo`ladi . Shaffof va turli rangdagi korundlarga qizil rangli yoqut ( tarkibida Cr(III) tutgan ) , ko`k rangli feruza ( Ti(III) va Fe (III) qo`shimchalari tutgan ) qimmatbaho toshlar misol bo`ladi . Ularni sun`iy ravishda ham olish mumkin .
Al-O-Al bog`ining mustahkamligi tufayli korund qattiqligi jihatidan olmos , karborunddan keyinngi o`rinda turadi. Unda jilvirlovchi materiallar tayyorlanadi .
Al2O3 juda inert modda bo`lib , kislota , asos va suv bilan ta`sirlashmaydi. Uzoq qizdirish mobaynida parchalanishi mumkin .
Alyuminiy 800°C da azot bilan birikib alyuminiy nitrid AlN, 1000°C da oltingugurt bilan Al2S3, 2000°C da ko`mir bilan alyuminiy karbid Al4C3 xosil qiladi. Alyuminiy vodorod bilan bevosita birikmaydi, lekin yuqori xaroratda vodorodni eritadi.
Alyuminiy trimetil Al(CN3)bilan vodorod aralashmasidan elektr razryad o`tkazib alyuminiy gidrid (AlH3) olish mumkin, alyuminiy gidrid oq tusli amorf modda, 105°C da parchalanadi. Ishqoriy metallarning alyuminiyli gidridlari, masalan, litiy alyuminiy gidrid Li[AlH4] katta axamiyatga ega moddadir. Li[AlH4] xosil qilish uchun litiy gidrid va alyuminiy xloridning efirdagi eritmalari quyidagicha o'zaro reaksiyaga kiritiladi:
4LiH + AlCl3 →Li[AlH4] + LiCl
Li[AlH4]-efirda eriydigan, quruk xavoda barkaror, 125°C bilan 150°C orasida parchalanadigan kristall modda. U qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Uning efirdagi eritmasiga alyuminiyxlorid ta'sir ettirib alyuminiy gidrid olish mumkin:
4Li[AlH4] + AlCl3 → 4AlH3 + 3LiCl
Alyuminiy oksid Al2O3 ning bir necha shakl uzgarishlari mavjud, bulardan muximlari a – Al2O3 va g - Al2O3 dir.
a - Al2O3 nixoyatda barkaror va u korund mineralini tashqil qiladi.
Korund oq tusli kristall modda, u romboedrik kataklarda kristallanadi. Uning qattiqligi Mos shkalasida 9 ga teng (olmosniki-10) 2046°C da suyuqlanadi. Shuning uchun alyuminiy juda ko`p metall oksidlaridan kislorodni tortib olib, metalni qaytaradi.
8Al + 3Fe3O4 → 4Al2O3 + 9Fe + 795 kkal
Bu reaksiya natijasida ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, xarorat 3500°C ga ko`tariladi Shunga o'xshash reaksiyalar yordamida oksidlardan metallar N.N.Beketovning alyuminotermik usulida olinadi.
Alyuminiy (I) oksid Al2O uchuvchan modda bo'lib, alyuminiy bilan Al2O3 aralashmasi yuqori xaroratda qizdirilganida xosil bo'ladi.
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3-alyuminiy tuzlari eritmasiga ishqorlar ta'sir ettirilganda Al(OH)cho`kmasi xosil bo'ladi. U pH=4.1-6.5 kiymatga ega bo'lgan kuchsiz kislotali muxitda cho`kadi: suvda kam eriydi; uning eruvchanlik ko'paytmasi
[Al3+][OH-]= 8× 10-32 mol4/l4 dir. Al(OH)3
kislota kabi dissotsilanish
Al(OH)= H+ + AlO2+ H2O
NaAlO2-natriy metaalyuminat deb yuritiladi. Magniy metaalyuminat Mg(AlO2)tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi.
Yukori xaroratda kislotali eritmadan AlO(OH) tarkibli cho`kma xosil bo'ladi. Juda yuqori xaroratda alyuminiy gidroksid g- Al2O3 ga aylanadi: 1000°C dan yuqori tempraturada a – Al2O3 xosil bo'ladi.
Al3+ ioni kichik radiusli va katta zaryadli bo'lgani uchun, kuchli qutblovchi ta'sir ko`rsatadi. Shu sababli alyuminiy tuzlari eritmalardan suv molekulalari bilan birga kristallanadi.
Masalan Al2(SO4)3·18H2O, Al(NO3)3·9H2O, AlCl3·6H2O. Alyuminiy tuzlari rangsiz suvda yaxshi eriydi. Ularning ba'zilari, chunonchi Al2S3 , Al(CH3COO)to'liq gidrolizlanadi.
Kuchli kislotalarning alyuminiy tuzlari xam suvda gidrolizlanadi, ular kislotali reaksiya namoyon qiladi, masalan, alyuminiy sulfat suvni tozalashda, qog`oz ishlab chiqarishda va boshqalarda ishlatiladi. Ishlatilishi: Alyuminiy sulfat suvni tozalashda qog`oz ishlab chiqarishda va boshqa soxalarda ishlatiladi. K2SO4 ·Al2(SO4)3 ·24H2O va (NH4)2SO4 ·AL2(SO4)3 ·24H2O achchiqtoshlar sanoatda, tibbiyotda, qandolatchilikda ishlatiladi.
Alyuminiy xlorid AlCl3 – ko`pincha organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi. Alyuminiyning bir qancha organik birikmalari ma`lum. Masalan, trietilalyuminiy Al(C2H5) etilendan polietilen olishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Yüklə 231,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin