Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Etkazilgan zararni to‘lash



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Etkazilgan zararni to‘lash
Zarar etkazilganda qonunda nazarda tutilgan holatlar 
mavjud bo‘lsa, huquqbuzar zararni qoplash ko‘rinishidagi 
javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik qonunchiligida javobgarlikning 
delikt va shartnomaviy turlari farqlanadi. Tibbiy xodimlaming 
kasb huquqbuzarliklari holatlarida ko‘proq delikt ko‘rinishidagi 
javobgarliklar vujudga keladi. Binobarin, bemor va davolash- 
profilaktika muassasalari o ‘rtasida, shu jumladan sog‘liqni 
saqlashning nodavlat tizimida ham, shartnomaviy munosabatlar 
kamdan-kam holatlarda o ‘rnatiladi. Shaxsning g‘ayriqonuniy 
harakatlari delikt javobgarlikda umumiy obyektiv mezonlarga 
asoslansa, shartnomaviy javobgarlikda g ‘ayriqonuniy harakat faqat 
shartnomada nazarda tutilgan talablarining buzilishini anglatadi. 
Ta’kidlash lozimki, shartnomaviy javobgarlik hajmi delikt 
javobgarlikdan kam bo‘lmasligi lozim, qoplanadigan zarar hajmi 
esa umumiy qoidalarga nisbatan orttirilishi mumkin.
Fuqarolik qonunchiligida deliktning umumiy tamoyillari 
mavjud bo‘lib, ularga muvofiq bir shaxs tomonidan boshqa 
bir shaxsga zarar etkazishning o ‘zi etkazilgan zarami qoplash 
majburiyatini yuzaga keltiradi. Shunday qilib, fiiqaro yoki yuridik 
shaxsning mulkiga yoki nomoddiy ne’matlarga zarar etkazish 
faktining mavjudligi delikt javobgarlikning vujudga kelishi uchun 
asos hisoblanadi (E. A. Suxanov, 1998).
Qonunchilikka muvofiq shaxsiy nomulkiy huquqlariga 
shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy 
daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, 
shaxsiy va oilaviy sir va boshqalar taalluqlidir. Shaxsga tegishli 
bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va tug‘ilgandan boshlab yoki


qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy 
ne’matlar tortib olinmaydi va o ‘zga usul bilan boshqa shaxsga 
berilmaydi ( 0 ‘zR FK 99-modda).
Ushbu muammo tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatida 
ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tibbiy yordam ko‘rsatishning 
noxush oqibatidagi zarami qoplash da’vosi bilan bog‘liq bo‘lgan 
fiiqarolik ishlarining ortishi ham tasdiqlaydi (G. A. Pashinyan va 
boshq., 2008). Binobarin, qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi 
huquqiy (intizomiy, m a’muriy, jinoiy) javobgarliklarga tortilish 
fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan, ya’ni zarami qoplashdan ozod 
etmaydi. A. V. Tixomirov (2000) xattoki maxsus “yatrogen delikt” 
atamasini taklif etgan bo ‘ lib, u vrach tomonidan bemorga etkazilgan 
zarami qoplashni ko‘zda tutadigan huquqbuzarlik tushunchasini 
anglatadi.
Fuqarolik qonuni zarar etkazuvchi aybining usivorligi nazarda 
tutadi. Shu nuqtai-nazardan jabrlanuvchi zarar etkazuvchining 
aybini, uni harakatlarining g‘ayriqonuniyligini isbotlashi shart 
emas, ayni vaqtda aybsiz ekanligini isbotlash bilan u fuqaroviy- 
huquqiy javobgarlikdan ozod etiladi. Masalan, bemor tibbiy 
xodimni o ‘z kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda 
ayblaganda, vrach o ‘z harakatlarini qonuniy ekanligi, aybi 
yo‘qligini isbotlamaguncha, aybdor hisoblanadi.
O ’zR FK 14-moddasiga muvofiq, agar qonun yoki 
shartnomada zarami kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga etkazilgan zaraming to‘la 
qoplashini talab qilishi mumkin.
Tibbiy xodimlami kasb vazifalarini lozim darajada 
bajarmagan holatlarda qo‘llaniladigan va nisbatan keng tarqalgan 
fuqaroviy-huquqiy munosabati shakli bu zarami qoplashdir. Zarar 
o‘z navbatida haqiqiy zarar va boy berilgan foydaga farqlanadi. 
Haqiqiy zarar huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash 
uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan harajatlari, uning mol- 
mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishini anglatadi.


Tibbiy xodimlarning faoliyatiga nisbatan haqiqiy zarar 
davolanish, 
qo‘shimcha 
ovqatlanish, 
sanatoriya-kurortlarda 
sog‘liqni tiklash, dori-darmonlar va turli xil maxsus vositalar uchun 
sarflangan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Ayni vaqtda ta’kidlash 
lozimki, sud zarami qoplash haqida qaror qabul qilishda o ‘tkazilgan 
tibbiy-mehnat, baxsli holatlarda esa sud-tibbiy ekspertiza 
natijalariga tayanadi.
Olinmay qolgan daromadni odatdagi fuqarolik muomalasida 
olishi mumkin bo‘lgan, ammo bemor ololmay qolgan ish haqi yoki 
boshqa daromadlar tashkil etadi (boy berilgan foyda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin