tushirganligi (abort) uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Ushbu
moddaning ikkinchi qismi sun’iy ravishda homila tushirishga
huquqi boMmagan shaxsning bunday
ishni amalga oshirishiga
taalluqlidir.
Ushbu jinoyat obyekti homilador ayolning sog‘lig‘i va
hayoti, jinoyat subyekti esa ham vrach - akusher-ginekologlar,
shuningdek, boshqa mutaxassislikdagi vrachlar, o‘rta tibbiy
xodimlar, ayrim holatlarda esa biron-bir tibbiy bilimi bo‘lmagan
shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Jinoyatning subyektiv tomoni
qasddan sodir etilganligi, ya’ni sun’iy ravishda homila tushirishni
amalga
oshirgan shaxs, muolajaning mutlaqo qonunga zid
ekanligini anglagan va ushbu harakatlar natijasida homiladorlik
uzilishini oldindan ko‘ra bilgan, va shu kabi oqibat yuz berishini
istagan. Aksariyat holatlarda shaxsiy manfaatning mavjudligi
ushbu jinoyatning motivi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ma’lum bir
sharoitlarda va tegishli
talablarga rioya etilganda homiladorlikni uzishga rasman ruxsat
beriladi. Ya’ni, ayolning hohishi bilan 12 haftagacha homiladorlikni
uzish amaliyotini ixtisoslashtirilgan muassasalarda o ‘tkazish
mumkin. Ijtimoiy (22 haftagacha), tibbiy (muddatidan qat’i nazar)
ko'rsatmalar mavjud bo‘lganda homiladorlikni
uzish amaliyotini
nisbatan kechroq muddatlarda ham o ‘tkazishga imkon beriladi.
Ijtimoiy ko‘rsatmalar ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasi, tibbiy ko‘rsatmalar esa - 0 ‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ular sohaga
taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda keltirilgan.
Ta’kidlash lozimki, ushbu operatsiya faqat vrach - akusher-
ginekolog tomonidan, ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasa yoki
tuzilmalarda belgilangan tartibga rioya etilgan holda amalga
oshiriladi. Shunga ko‘ra homiladorlikni uzish amaliyotini
boshqa mutaxassislikdagi vrachlar, ayniqsa o ‘rta tibbiy xodimlar
(masalan: hamshiralar, akusherkalar) va tibbiy ma’lumoti
bo‘lmagan shaxslar tomonidan o ‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shunindek, homiladorlikni sun’iy ravishda uzish amaliyoti nafaqat
tibbiy muassasalardan tashqarida,
balki davolash-profilaktika
muassasalarining boshqa profil tuzilmalarida ham o ‘tkazilishiga
mumkin emas.
Jumladan, homiladorlikni sun’iy tarzda uzish amaliyotini
o‘tkazishga tibbiy moneliklar sifatida quyidagilar hisoblanadi:
- homiladorlik muddatining 12 haftadan ortiqligi;
- o‘tkir yuqumli kasalliklar;
- jinsiy a’zolaming o‘tkir va o ‘tkir osti yallig‘lanish
kasalliklari;
- organizmda joylashgan o‘midan qat’iy nazar yiringli
o‘choqlaming mavjudligi;
- so‘nggi abortdan so‘ng 6 oydan kam muddatning o‘tganligi.
Tibbiyot nuqtai-nazaridan monelik qilishi mumkin bo‘lgan
boshqa holatlar homiladorlikni sun’iy ravishda uzish bo‘yicha
maxsus yo‘riqnomalarda keltirilgan.
Homiladorlikni
uzish tibbiy
muassasadan tashqarida
o‘tkazilganda ushbu tibbiy monelik holatlarining mavjudligi yoki
yo‘qligi inobatga olinmaydi.
Shuningdek, 0 ‘zR JK 114-moddasiga
muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishda homiladorlikning muddati
va amaliyotni o‘tkazish usuli ahamiyatli emas.
Agarda homiladorlikni uzish og‘ir tan jarohati etkazilishiga
olib kelsa, ushbu jinoyat 0 ‘zR JK 114-moddasi “Jinoiy ravishda
homila tushirish (abort)” bilan emas, balki jazo nisbatan jiddiyroq
bo‘lgan 0 ‘zR JK 104-moddasi - “Qasddan og‘ir tan jarohati
etkazish” bo‘yicha tasniflanadi.
Agar homiladorlikni uzish homilador ayolning o‘limiga yoki
boshqa og‘ir oqibatlarga (nasi qoldirish qobiliyatini yo‘qotish,
ruhiy kasalliklar vujudga kelishi) olib kelsa, jinoyat 0 ‘zR JK
114-moddasining uchinchi bandi bo‘yicha tasniflanishi lozim.
Homilador ayolning o ‘zi homiladorlikni sun’iy tarzda
to‘xtatish amaliyotini o‘tkazgan holatlarda jinoiy javobgarlik
vujudga kelmaydi.
Shunindek, oxirgi zarurat holatida ayolning hayotiga tahdid
solayotgan xavfni bartaraf etish maqsadida homiladorlikni uzish
amaliyotining o‘tkazilishi, hattoki
amaliyot tibbiy muassasadan
tashqarida yoki tibbiy moneliklar bo‘lganda o‘tkazilgan holatlarda
ham jinoiy javobgarlik vujudga kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: