bo‘lgan dori-darmonlar, asbob, uskuna, transportning yo‘qligi,
tibbiy xodim hayotiga xavf soluvchi tabiiy ofatlar obyektiv
sabablarga kiradi.
Dam olish va bayram kunlari, ishdan tashqari vaqt, mehnat
ta’tilida bo‘lish, shoshilinch yordam ko‘rsatish lozim bo‘lgan
holatlarda maxsus bilimlarning yo‘qligi, bemor bilan shaxsiy
adovatlarning mavjudligi va boshqalar uzrli sabab sifatida e ’tirof
etilmaydi.
Har bir holatda sabablaming uzrli ekanligi masalasini hal
etish sudning tasarrufiga molikdir.
I. G. Vermelning (1988) fikriga ko‘ra tibbiy xodimlarni
kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik
uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun, noxush oqibatlar mavjud
bo‘lgan holatlarda ham, uchta shartning mavjudligi ko‘zda tutiladi:
1. Tibbiy xodim harakatlarining obyektiv noto‘g ‘ri ekanligi
va ulami umum tomonidan e’tirof etilgan va amaldagi rasmiy
yo‘riqnoma, qoida, standartlarga zidligi va sh. k.
2. Tibbiy xodim o ‘z kasbiy tayyorgarligi va toifasiga mos
tarzda zarar etkazishi mumkin bo‘lgan harakati yoki xarakatsizligi
noto‘g‘ri ekanligini anglashi lozim. Bunda xodimning bilimlari,
amaliy ko‘nikmalari va malakasi majmualari mavjud sharoitda
unga to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni bajarish real imkonini bergan.
3. Tibbiy xodimning harakati yoki harakatsizligi bevosita
sabab-oqibatga bog‘lanishiga ega bo‘lgan jiddiy noxush oqibatlami
yuzaga keltirganligi.
Fuqarolik javobgarlikni yuzaga keltirishda ham aynan ushbu
shartlaming mavjud bo‘lishi ko'zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: