TYON sababi - ulami yuzaga kelishiga olib
kelgan turli xil
tafsilotlardir. Ulami shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin:
subyektiv sabablar; tashkiliy sabablar; obyektiv sabablar.
Sub ’ ektiv sabablarga bemorga e ’tiborsiz munosabatda bo ‘ lish,
tibbiy xodim malakasining etarli emasligi va boshqa sabablar kiradi.
So‘nggi holatlarga odatda qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan
sodir etilgan huquqbuzarliklar taalluqli bo‘ladi.
Tashkiliy sabablar orasidatashxisot va davolash vositalarining
yo‘qligi, tashxisot va davolash jarayoninig tashkil etishdagi
kamchiliklar, izchillikning yo‘qligini farqlash mumkin.
TYONning obyektiv sabablariga tibbiy yordamga kech
murojaat etish, kasallikning (jarohatning) atipik kechishi,
shuningdek tibbiy yordam ko‘rsatishdagi boshqa obyektiv holatlar
(jumladan,
bemor ahvolining ogHrligi, tibbiy muassasada qisqa
vaqt bo lish i va h. k. ) taalluqli.
TYONni huquqiy baholashda, ayniqsa jinoiy huquq nuqtai-
nazaridan, nuqson natijasida vujudga kelgan oqibatning mavjudligi
juda muhim hisoblanadi. Shu sababli TYONni oqibatga ta’siri
masalasiga alohida e’tibor beriladi. Oqibatga ta’siri bo‘yicha
TYON davolash muddatini cho‘zilishiga, nogironlikni vujudga
kelishiga, oiim ning yuzaga kelishiga jiddiy ta’sir etib, unga
moyillik yaratgan omil sifatida ahamiyatli bo‘lishi,
letal oqibatni
yuzaga keltirishi mumkin. Shu bilan birga TYON alohida olingan
bemorlarda oqibatga biron-bir ko‘rinishda ta ’sir ko‘rsatmasligi ham
mumkin. Bunda vrachning harakati (harakatsizligi) bilan vujudga
kelgan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanishining mavjudligi va
uning xarakterini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlash
lozimki, faqat bevosita sabab-oqibat bog‘lanishlaming mavjudligi
vrachni javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
Ayrim holatlarda noxush oqibatlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘ngilsiz vaziyatlarni vujudga kelish xavfining mavjudligi tibbiy
muolajalami minimal ko‘rinishda o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Ushbu
taktika“vrachninghimoyalanganmunosabati”tarzidanomlanadigan
bo‘ldi. Chet el adabiyotlarida u “himoyalangan tibbiyot” (defensive
medicine) deb ham nomlanadi (W. F. May, 1994). Komission
sud-tibbiy ekspertizalar jarayonida “himoyalangan munosabat”
mavjudligini aniqlash va isbotlash ancha murakkab bo‘lib, nafaqat
tibbiy
hujjatlami, balki huquqbuzarlikning subyektiv tomoni
haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi boshqa ish materiallarmi
ham sinchiklab o ‘rganishni talab qiladi.
Aksariyat holatlarda “vrachning himoyalangan munosabati”
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
•jarrohlik amaliyotini rad etish;
• jarrohlik amaliyotining uncha murakkab bo‘lmagan turini
tanlash;
• operatsiyaga tayyorgarlikni cho‘zish;
• tashxis qo‘yishning murakkab invaziv usullarini asossiz
tarzda rad etish;
• zarur bo‘lmagan konsultatsiya, konsiliumlar tashkil etish;
• keraksiz tekshiruvlarni tavsiya etish;
• bemomi boshqa muassasalarga yo‘llash va sh. k. (Yu. D.
Sergeev, S. V. Erofeev, 2001).
Ta’kidlash lozimki, “vrachning himoyalangan munosabati”
odatda, bemor manfaatlariga zid bo‘lib, uning sog‘lig‘iga
ziyon
etkazadi.
TYONni tahlil qilish ma’lum bir ketma-ketlikni talab
etadi. So‘nggi holatni inobatga olib, tibbiy xodimlar harakatini
baholashning quyidagi algoritmi tavsiya etiladi:
1. Bemorda mavjud bo‘lgan patologik holat haqida ekspert
fikrini shakllantirish.
2. Vrach tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan harakatlarni
shartlilik, asoslanganlik, o ‘z vaqtidaligi, texnik ijrosi va toiaqonligi
nuqtai-nazardan baholash.
3. Tibbiy xodimning harakati (harakatsizligi)
bilan vujudga
kelgan oqibat o ‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligi va uning
xarakterini aniqlash.
Birinchi bosqichda bemorda mavjud patologik holat
149
etiologiya, patogenez, uchrash chastotasi, vujudga kelish muddati,
rivojlanish
tezligi,
kechishining
og‘irligi
nuqtai-nazaridan
o‘rganiladi.
Ikkinchi bosqichda vrach harakati (harakatsizligi) turli
vaziyatlar nuqtai-nazaridan baholanadi.
Shartiilik tibbiy yordam ko‘rsatilgan sharoitni ko‘zda
tutadi. Formal va faktik sharoitlar farqlanadi. “Formal”
sharoitlar
me’yoriy-huquqiy hujjatlar, idoraviy yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar,
buyruqlar va sh. k. bilan belgilanadi. “Faktik” sharoit deganda
mazkur holatda tibbiy yordam ko‘rsatilgan, tibbiy xodimning
imkoniyatida bo‘lgan sharoitni anglatadi.
Asoslanganlik nuqtai-nazaridan baholash tibbiy xodimning
harakat qilishi uchun turtki bo‘lgan asoslarni o ‘rganishni ko‘zda
tutadi. Bular qatoriga bemor shikoyatlari, patologik holatning klinik
namoyon bo‘lishi, aniqlangan patologiya
va uning asoratlarini
rivojlanish qonuniyatlari, rejalashtirilgan yoki o ‘tkazilgan tibbiy
muolajalarning ehtimoliy oqibatlarini kiritish mumkin.
Tibbiy xodim harakatlari o‘z vaqtida yoki o ‘z vaqtida
bo‘lmasligi mumkin. Patologik jarayonning rivojlanish tezligi va
kechish og‘irligi nuqtai-nazaridan o‘z
vaqtida amalga oshirilgan
harakatlar
Dostları ilə paylaş: