Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Misol
shoshilinch, tez, rejali
turlarga boMinishi mumkin. 
0 ‘z vaqtidalik mezoni oldini oluvchi harakatlarga nisbatan ham 
qo‘llanilishi mumkin.
Ijro texnikasining to‘g ‘riligini baholash ekspertlardan amalga 
oshirilgan tibbiy muolajaning texnik usullari haqida bilimlarga ega 
bo‘lishini talab etadi.
Harakatlaming to ‘laqonligini baholash haqiqatda bajarilgan 
harakatlar hajmini ma’lum bir u yoki bu vaqt oralig‘ida bajarilgan 
yoki bajarilishi mumkin bo‘lgan harakatlar hajmi bilan qiyosan 
o ‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, haqiqiy sharoitga mos tarzda, asosli, o‘z 
vaqtida, to ia hajmda va texnik jihatdan nuqsonsiz ijro etilganda 
harakatlar (tibbiy yordam) lozim darajadagi (ya’ni, to‘g ‘ri amalga 
oshirilgan) harakatlar deb baholanishi mumkin.
150


So‘nggi bosqichda tibbiy yordam nuqsonini oqibatga ta’siri, 
ya’ni bemor sog‘lig‘i va hayotiga, jumladan patologik jarayonning 
kechishiga ta’sir darajasi o‘rganiladi. Ushbu nuqtai-nazardan 
quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin:
1. Patologik jarayon tabiiy ko‘rinishda rivojlangan. TYON 
biron-bir sezilarli ta’sir etmagan va boshqa yangi patologik 
holatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmagan. Ushbu holatda bemor 
sog‘lig‘iga ziyon patologik holatning tabiiy rivojlanishi bilan 
belgilanadi va mos tarzda tibbiy xodim tomonidan yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklar oqibat bilan sababiy bog‘lanishga ega bo‘lmaydi.
Misol: Vrachning e ’tiborsizligi sababli tibbiy hujjatni
(kasallik tarixini) yuritishda kamchilikka yo
 7 
qo ‘yilgan. Bu esa о ‘z
navbatida patologik jarayonning kechishiga va uning oqibatiga
biron-bir tarzda ta ’sir etmagan.
2. TYON yangi patologik holatni yuzaga keltirmagan, ammo 
bemor ahvolini og‘irlashtirgan va mavjud patologik holatning 
kechishini tezlashtirgan, ya’ni noxush oqibatning vujudga kelishiga 
moyillik yaratgan omil sifatida ahamiyatli bo‘lgan. Ushbu holatda 
TYON vujudga kelgan oqibat bilan bilvosita sabab-oqibat 
bog‘lanishiga ega bo‘ladi.
Misol: Yo ‘l-transport hodisasi natijasida bemorga kallaning
gumbaz va asos suyaklarini sinishi, bosh miyaning og ‘ir darajali
lat eyishi, qovurg ‘alarni ikki tomondan ко ‘plab sinishi, о ‘pkalar,
jigar va taloqning yorilishi, ichki qon ketish bilan kechgan
bosh, ко ‘krak qafasi va qorin sohalarining qo ‘sh, ко ‘p jarohati
etkazilgan. Davolash muassasasida ко 'rsatilgan tibbiy yordamga
qaramasdan bemor vafot etgan. Murda tekshiruvida klinik tashxis
umuman olganda tasdiqlangan. Ammo

shu bilan birga ingichka
ichak charvining katta о ‘Ichamli yirtilishi ham mavjudligi qayd
etilgan bo ‘lib, ushbu jarohat vrach tomonidan aniqlanmay qolgan.
Tashhisotdagi ushbu nuqson o ‘lim bilan bevosita sabab-oqibat
boglanishiga ega emas. Ammo и oqibatga jiddiy ta ’sir etib,
о ‘limning vujudga kelishiga moyillik yaratgan.
3. TYON yangi patologik jarayonning yuzaga kelishiga olib
151


kelgan, va uning mavjud patologik holat bilan munosabatlari turli 
xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
a. Asosiy patologik holat TYON bilan bevosita sabab-oqibat 
bog‘lanishiga ega b o ig an noxush oqibatga olib kelgan yangi 
patologik jarayonning vujudga kelishi va kechishiga biron-bir 
tarzda ta’sir etmagan.
Misol: Bachadonning ekstirpatsiyasi amaliyoti jarayonida
adashib chap siydik nayi tikih qo ‘yilgan. Jarrohlik usulida
davolashda y o ‘l q o ‘yilgan ushbu nuqson bir necha hafatadan
so ‘ng aniqlangan, gidronefroz rivojlanishi munosabati bilan chap
bo'yrak olib tashlangan. Ushbu holatda TYON vujudga kelgan
asorat - nogironlikning bevosita sababidir.
b. asosiy patologik holat oqibatning vujudga kelishida hal 
etuvchi ahamiyat ega boigan, ammo shu bilan birga u yangi 
patologik jarayonning vujudga kelishi va kechishiga ham ta’sir 
etgan. Ushbu variantda faqatgina nuqson va yuzaga kelgan oqibat 
o ‘rtasida bilvosita sabab-oqibat bog‘lanishi mavjudligini ta’kidlash 
mumkin xolos.
Misol: Klinikaga qorin bo ‘shlig ‘iga teshib о ‘tgan va ichakni
shikastlagan jarohat bilan bemor olib kelingan. Peritonitning
dastlabki belgilari namoyon bo ‘Igan. Shikastlangan ichakni tikish,
qorin b o ‘shlig‘ini tozalash maqsadida laparatomiya amaliyoti
о ‘tkazilgan. Jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda peritonit
belgilar kuchayib borgan. Relaparatomiyada
 -
tarqalgan yiringli
peritonit belgilari, qorin bo ‘shlig'ida birinchi operatsiyadan so 'ng
qoldirilgan dokali tampon topilgan. Davolashdagi ushbu nuqson
oqibat bilan bilvosita sabab oqibat boglanishiga ega. Binobarin,
peritonitning rivojlanishida ichakdagi jarohat hal etuvchi
ahamiyatga ega bo ‘Igan.
v. TYON natijasida rivojlangan yangi patologik jarayon 
mavjud patologik holatning kechishini og‘irlashtirgan va 
oqibatning yuzaga kelishida hal etuvchi ahamiyatga ega boigan. 
Ushbu holatda TYON oqibat bilan bevosita sababiy bogTanishga 
ega bo‘ladi.


Misol: Postgemorragik anemiyasi mavjud bo ‘Igan bemorga
qat ’iy ко ‘rsatmalar asosida gemotransfuziya amaliyoti о ‘tkazilgan.
Vrach malakasining etarli emasligi natijasida qon guruhining
noto'g'ri 
aniqlanganligi 
postgematransfuzion 
asoratning
rivojlanishiga va keyinchalik letal oqibatga sabab bo 'Igan.
Ushbu holatda TYON noxush oqibat bilan bevosita sabab-oqibat
bog ‘lanishiga ega bo ‘ladi, ya ’ni о ‘limni vujudga kelishini sabab
bo ‘Igan.
Yuqorida qayd etilganlar bo‘yicha xulosa qilib, ta’kidlash 
lozimki, ham komission sud-tibbiy ekspertizalar, ham idoraviy, 
noidoraviy tekshiruvlar jarayonida TYON mohiyati, vujudga kelish 
sabablari, sodir etilgan muassasa, shuningdek vujudga kelgan 
noxush oqibatga ta’siri kabi masalalaming o ‘rganilishini o ‘z ichiga 
olgan tibbiy yordam ko‘rsatish nuqsonlarini kompleks tarzda tahlil 
etish, nafaqat tibbiy xodimlaming faoliyatini huquqiy baholashda, 
balki aholiga tibbiy xizmat ко‘rsatish sifatini oshirish va yanada 
takomillashtirishga qaratilgan maqsadli, samarali chora-tadbirlami 
ishlab chiqishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin