So‘nggi bosqichda tibbiy yordam nuqsonini oqibatga ta’siri,
ya’ni bemor sog‘lig‘i va hayotiga, jumladan patologik jarayonning
kechishiga ta’sir darajasi o‘rganiladi.
Ushbu nuqtai-nazardan
quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin:
1. Patologik jarayon tabiiy ko‘rinishda rivojlangan. TYON
biron-bir sezilarli ta’sir etmagan va boshqa yangi patologik
holatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmagan. Ushbu holatda bemor
sog‘lig‘iga ziyon patologik holatning tabiiy rivojlanishi bilan
belgilanadi va mos tarzda tibbiy xodim tomonidan yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar oqibat bilan sababiy bog‘lanishga ega bo‘lmaydi.
Misol: Vrachning e ’tiborsizligi sababli tibbiy hujjatni
(kasallik tarixini) yuritishda kamchilikka yo
7
qo ‘yilgan. Bu esa о ‘z
navbatida patologik jarayonning kechishiga va uning oqibatiga
biron-bir tarzda ta ’sir etmagan.
2. TYON yangi patologik holatni yuzaga keltirmagan, ammo
bemor ahvolini og‘irlashtirgan va mavjud patologik holatning
kechishini tezlashtirgan, ya’ni noxush oqibatning vujudga kelishiga
moyillik yaratgan omil sifatida ahamiyatli bo‘lgan.
Ushbu holatda
TYON vujudga kelgan oqibat bilan bilvosita sabab-oqibat
bog‘lanishiga ega bo‘ladi.
Misol: Yo ‘l-transport hodisasi natijasida bemorga kallaning
gumbaz va asos suyaklarini sinishi, bosh miyaning og ‘ir darajali
lat eyishi, qovurg ‘alarni ikki tomondan ко ‘plab sinishi, о ‘pkalar,
jigar va taloqning yorilishi, ichki qon ketish bilan kechgan
bosh, ко ‘krak qafasi va qorin sohalarining qo ‘sh, ко ‘p jarohati
etkazilgan. Davolash muassasasida ко 'rsatilgan tibbiy yordamga
qaramasdan bemor vafot etgan. Murda tekshiruvida klinik tashxis
umuman olganda tasdiqlangan. Ammo
,
shu bilan birga ingichka
ichak charvining katta о ‘Ichamli yirtilishi ham mavjudligi qayd
etilgan bo ‘lib, ushbu jarohat vrach tomonidan aniqlanmay qolgan.
Tashhisotdagi ushbu nuqson o ‘lim bilan bevosita sabab-oqibat
boglanishiga ega emas. Ammo и oqibatga jiddiy ta ’sir etib,
о ‘limning vujudga kelishiga moyillik yaratgan.
3. TYON yangi patologik jarayonning yuzaga kelishiga olib
151
kelgan, va uning mavjud patologik holat bilan munosabatlari turli
xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
a. Asosiy patologik holat TYON bilan bevosita sabab-oqibat
bog‘lanishiga ega b o ig an noxush oqibatga olib kelgan yangi
patologik jarayonning vujudga kelishi va kechishiga biron-bir
tarzda ta’sir etmagan.
Misol: Bachadonning ekstirpatsiyasi amaliyoti jarayonida
adashib chap siydik nayi tikih qo ‘yilgan. Jarrohlik usulida
davolashda y o ‘l q o ‘yilgan ushbu nuqson bir necha hafatadan
so ‘ng aniqlangan, gidronefroz rivojlanishi munosabati bilan chap
bo'yrak olib tashlangan. Ushbu holatda TYON vujudga kelgan
asorat - nogironlikning bevosita sababidir.
b. asosiy patologik holat oqibatning vujudga kelishida hal
etuvchi ahamiyat ega boigan, ammo
shu bilan birga u yangi
patologik jarayonning vujudga kelishi va kechishiga ham ta’sir
etgan. Ushbu variantda faqatgina nuqson va yuzaga kelgan oqibat
o ‘rtasida bilvosita sabab-oqibat bog‘lanishi mavjudligini ta’kidlash
mumkin xolos.
Misol: Klinikaga qorin bo ‘shlig ‘iga teshib о ‘tgan va ichakni
shikastlagan jarohat bilan bemor olib kelingan. Peritonitning
dastlabki belgilari namoyon bo ‘Igan. Shikastlangan ichakni tikish,
qorin b o ‘shlig‘ini tozalash maqsadida laparatomiya amaliyoti
о ‘tkazilgan. Jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda peritonit
belgilar kuchayib borgan. Relaparatomiyada
-
tarqalgan yiringli
peritonit belgilari, qorin bo ‘shlig'ida birinchi operatsiyadan so 'ng
qoldirilgan dokali tampon topilgan. Davolashdagi ushbu nuqson
oqibat bilan bilvosita sabab oqibat boglanishiga ega. Binobarin,
peritonitning rivojlanishida ichakdagi jarohat hal etuvchi
ahamiyatga ega bo ‘Igan.
v. TYON natijasida rivojlangan yangi patologik jarayon
mavjud patologik holatning kechishini og‘irlashtirgan va
oqibatning yuzaga kelishida hal etuvchi ahamiyatga ega boigan.
Ushbu holatda TYON oqibat bilan bevosita sababiy bogTanishga
ega bo‘ladi.
Misol: Postgemorragik anemiyasi mavjud bo ‘Igan bemorga
qat ’iy ко ‘rsatmalar asosida gemotransfuziya amaliyoti о ‘tkazilgan.
Vrach malakasining etarli emasligi natijasida qon guruhining
noto'g'ri
aniqlanganligi
postgematransfuzion
asoratning
rivojlanishiga va keyinchalik letal oqibatga sabab bo 'Igan.
Ushbu holatda TYON noxush oqibat bilan bevosita sabab-oqibat
bog ‘lanishiga ega bo ‘ladi, ya ’ni о ‘limni vujudga kelishini sabab
bo ‘Igan.
Yuqorida qayd etilganlar bo‘yicha xulosa qilib, ta’kidlash
lozimki, ham komission sud-tibbiy ekspertizalar, ham idoraviy,
noidoraviy tekshiruvlar jarayonida TYON mohiyati, vujudga kelish
sabablari, sodir etilgan muassasa,
shuningdek vujudga kelgan
noxush oqibatga ta’siri kabi masalalaming o ‘rganilishini o ‘z ichiga
olgan tibbiy yordam ko‘rsatish nuqsonlarini kompleks tarzda tahlil
etish, nafaqat tibbiy xodimlaming faoliyatini huquqiy baholashda,
balki aholiga tibbiy xizmat ко‘rsatish sifatini oshirish va yanada
takomillashtirishga qaratilgan maqsadli, samarali chora-tadbirlami
ishlab chiqishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: