Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


XI bob. TIBBIY YORDAM NUQSONLARI



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

XI bob. TIBBIY YORDAM NUQSONLARI
Tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida 
komission sud-tibbiy ekspertizaning asosiy vazifasi bemorga 
ко‘rsatilgan tibbiy yordam sifatigabaho berishdan iborat.
Umum tomonidan qabul qilingan ayrim tushunchalami 
amaldagi qonunchilik nuqtai-nazaridan tavsifini bayon etish 
maqsadga muvofiqdir:
bemor 
- kasallik mavjudligi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar 
tibbiy yordamga murojaat etgan, ushbu yordamni va u bilan bog‘liq 
bo‘lgan xizmatni olayotgan shaxs;
tibbiy yordam sifati 
- tibbiy texnologiya va ulardan 
foydalanish natijalari, ko‘rsatilgan tibbiy yordamni zamonaviy 
tibbiyot fani, tibbiy yordam sifati standartlariga mosligini 
tavsiflovchi belgilar majmuasi;
tibbiy standartlar 
- tibbiy faoliyatning samaradorligini 
baholash bilan birga fan va amaliyot yutuqlarini aks ettiruvchi 
davolash-diagnostika chora-tadbirlaming hajmi va xarakterini 
tartibga solingan ketma-ketligi.
So‘nggi yillarda tibbiy yordam ko‘rsatishda standartlashtirish 
masalasiga aloxida e’tibor berilmoqda. Standartlar bemorga 
ко ‘rsatiladigan tibbiy yordamning ко ‘rinishi vahajmini aniqlab olish 
uchun zarurdir. Ular tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari 
holatlarida o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarda 
tibbiy yordamning to‘g‘riligi, asoslanganligi, to‘laqonligi va o‘z 
vaqtida ekanligi kabi masalalami hal etish uchun juda muhimdir.
Sog‘liqni saqlash tizimida standartlashtirish davolash 
sifatini boshqaruvi bo‘yicha xalqaro tamoyillariga asoslanishi 
lozim. U tibbiy yordam ko‘rsatishning turli bosqichlarida uslubiy 
nomutanosibliklarvatibbiyxodimlarharakatidaginomuvofiqliklami 
bartaraf etish orqali izchillikka erishish imkonini beradi. Shu bilan 
birga standartlar tibbiy xodimlami ulaming talablariga mexanik 
tarzda rioya etishga undamasligi lozim. Har bir holatda tibbiy 
yordam ko‘rsatishga vrach ijodiy munosabatda bo‘lib, daliliy
143


tibbiyot tamoyillari asosida umum tomonidan qabul qilingan 
standartlarga qo‘shimcha va o ‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlariga 
ega bolishi lozim (P. R. Menliqulov, D. A. Asadov, 2005).
“Daliliy tibbiyot” yoki “dalillarga asoslangan tibbiyot” 
atamasi ilk bor o‘tgan asming 90-yillari boshlarida Mak Master 
universitetining bir guruh kanadalik olimlari tomonidan taklif 
etilgan. Keyinchalik vujudga kelgan bir qancha tavsiflaming 
mavjudligiga qaramay, 1996 yilda D. Sackett tomonidan taklif 
etilgan tavsif: “Daliliy tibbiyot - aniq bir bemomi davolash 
uchun klinik amaliyotning eng yaxshi natijalarini tanlab, ulardan 
vijdonan, ishonchli va anglagan holatda foydalanish” nisbatan 
keng tarqalgan. Bu bemorning manfaatlari yo‘lida foydalanish 
uchun izlanish, taqqoslash va olingan dalillami keng tarqatishni 
anglatadi. Daliliy tibbiyot vrachning individual klinik tajribasini 
tizimga solingan eng yaxshi va mustaqil klinik tekshiruvlar bilan 
uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi. Daliliy tibbiyot tamoyillarining 
sog'liqni saqlash tizimiga tadbiq etilishi tibbiy yordam sifatini ham 
xavfsizlik, samaradorlik, va, eng muhimi, qiymati nuqtai-nazardan 
ham takomillashtirish imkonini beradi (D. A. Asadov, 2004).
Daliliy tibbiyot tamoyillariga asoslangan klinik amaliyot 
bo‘yicha zamonaviy qoilanmalam i ishlab chiqish va tadbiq 
etish tibbiy yordam sifatini oshirishning muhim shartlaridan 
biridir. 2002 yilda JSST tomonidan klinik qoMlanmalar ishlab 
chiqish metodologiyasi tayyorlangan. Shu yilning o ‘zida Klinik 
qo‘llanmalar ishlab chiquvchilaming xalqaro tizimi - Guidelines 
International Network (GIN) tashkil etilib, uning asosiy vazifasi 
xalqaro hamkorlik asosida klinik qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha 
dasturlar tuzish orqali ko'rsatilayotgan tibbiy yordamning sifatini 
oshirishdan iboratdir.
Tibbiy yordam nuqsoni (TYON) huquqiy tushuncha bo‘lmay, 
keng ma’noda umum tomonidan qabul qilingan qoida, yo‘riqnoma, 
qo‘llanma, nizomlar talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada 
bajarmaslik natijasida noxush oqibatlarga olib kelgan yoki olib 
kelishi mumkin bo‘lgan holatlami anglatadi. Jinoiy huquq nuqtai-
144


nazaridan TYONga tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan va 
sababiy bogiiqlikda bo‘lgan noxush oqibatlami vujudga keltirgan 
nuqsonlar inobatga olinadi.
Tibbiy xodimlar harakatlarini obyektiv baholash uchun 
takomillashtirilgan kompleks yondoshuvning bo‘lishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai-nazardan tibbiy yordam nuqsoning 
mohiyati, vujudga kelish sababi, shuningdek kasallik yoki jarohat 
oqibatiga ta’siri darajasini aniqlashni ko‘zda tutuvchi TYON 
tasnifidan foydalanish dolzarb hisoblanadi (1 jadval).
Bunday yondoshuv nafaqat tibbiy xodimlar harakatlarini 
baholash maqsadida 
o‘tkazilayotgan komission 
sud-tibbiy 
ekspertizalar jarayonida, balki davolash-profilaktika muassasalari, 
sog‘liqni saqlash idoralari, professional assotsiatsiyalar, sug‘urta 
kompaniyalari komissiyalari tomonidan o‘tkazilayotgan idoraviy 
va noidoraviy tekshiruvlar o ‘tkazishda ham ahamiyatlidir. Qayd 
etilganlar tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tibbiy xodimlar 
tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni baholash bo‘yicha 
tuzilgan turli komissiyalar ishida lozim bo‘lgan ketma-ketlik va 
izchillikni ta’minlaydi, ulaming faoliyatidagi nomutanosiblik, 
qarama-qarshliklami bartaraf etadi.
Tibbiy yordam nuqsonlari qayd etilganda dastlab ulaming 
mohiyatiga, ya’ni yo‘l qo‘yilgan kamchilikning mohiyati, 
mazmuniga aniqlik kiritish lozim. Ushbu belgi bo ‘yicha nuqsonlami 
to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: diagnostika, davolash, profilaktika 
va boshqa nuqsonlar.
Birinchi guruhga - tashxisotdagi nuqsonlarga asosiy kasallik 
(jarohat)ni aniqlamaslik, asosiy kasallik (jarohat) asoratini 
aniqlamaslik, muhim xamroh kasallikni aniqlamaslik, kech tashxis 
qo‘yish, va tashxisotdagi boshqa nuqsonlar taalluqli.
Davolashdagi nuqsonlar kechikib shifoxonaga yotqizish, 
jarrohlik usulida davolashdagi kamchiliklar, tibbiy muolajalami 
tayinlash va o‘tkazishdagi xatoliklar, tug‘ruqni noratsional olib 
borish, dori-darmonlardan noto‘g‘ri foydalanish va davolashdagi 
boshqa nuqsonlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
145


Profilaktikadagi nuqsonlar belgilangan sanitar me’yorlar, 
qoidalami buzish, immunoprofilaktikadagi kamchiliklar va 
profilaktikadagi boshqa nuqsonlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi guruhga - davolashdagi boshqa nuqsonlarga 
transportirovka qoidalarini buzilishi, dispanser kuzatuvidagi 
kamchiliklar, tibbiy hujjatlarni yuritishdagi xatoliklar va boshqa 
nuqsonlar taalluqli.
TYON yo‘l qo‘yilgan joy bo‘yicha uch guruh farqlanadi: 
shifoxonagacha bo‘lgan bosqich, shifoxona bosqichi va boshqa 
muassasalar.
Shifoxonagacha bo ‘lgan bosqichga qishloq vrachlik punktlari, 
tuman, shahar poliklinikalari, viloyat tashxisot markazlari, turli xil 
statsionar muassasalaming poliklinika bo‘limlari, tez tibbiy yordam 
va harbiy qismlardagi lazaretalar kiradi.
Shifoxona bosqichidagi muassasalarga: markaziy tuman va 
shahar shifoxonalari (shu jumladan tug‘ruq bo‘limlari), viloyat 
ko‘p tarmoqli markazlari, shifoxonalari, dispanserlari; klinik 
shifoxonalar; shoshilinch tibbiy yordam tuzilmalari; tibbiy- 
sanitariya qismlar; harbiy gospitallar kiradi.
Uchinchi guruhga sanatoriy-kurort muassasalari, bolalar 
uylari, uydagi statsionar, qon quyish xizmati, TMEK, sog‘liqni 
saqlashning nodavlat tizimi muassasalari xos.
Tibbiy xodimlar faoliyatidagi kamchiliklarga huquqiy baho 
berish uchun TYON sabablarini aniqlash alohida ahmiyatga 
ega. Binobarin, amaldagi qonunchilikka, jumladan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, “Sud ekspertizasi 
to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq 
ekspertiza xulosasida huquqbuzarlik sabablari va uni vujudga 
kelishiga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ulami bartaraf 
etish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatilishi mumkin. Demak, TYON 
sabablarini aniqlash nafaqat yo‘l qo‘yilgan nuqsonni obyektiv 
baholash uchun, balki bu kabi holatlami kelgusida barataraf etish 
uchun maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ham muhim 
ahamiyatga ega.


Jadval. 
T
ib
bi

yo
rd
am
n
u
q
so
n
la
ri.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin