Surishtiruv va dastlabki tergov
sirlarini surishtiruvchi,
tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilish ham jinoyat
sifatida baholanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda
guvoh yoki jabrlanuvchining ko'rsatuv berishni,
yoxud ekspertning
xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan bo‘yin tovlashi jinoyat
sifatida baholanadi. Shu bilan birga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik ko'rsatuvi
berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun,
shuningdek guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishini rad etganda
javobgarlikka tortilmaydi.
Ta’kidlash lozimki, yuqorida
qayd etilgan javobgarliklar
“Sud ekspertining majburiyatlari” haqidagi “Sud ekspertizasi
to ‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida,
“Ekspertning huquq va majburiyatlari” haqidagi O'zbekiston
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 68-moddasi ham
keltirilgan. “Davlat sud ekspertiza muassasasi rahbarining
majburiyatlari”
haqidagi
“Sud
ekspertizasi
to‘g‘risida”gi
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida rahbar sud
ekspertini yuqorida qayd etilgan jinoiy
javobgarliklar haqida
ogohlantirishi, undan bu haqida tilxat olishi va uni xulosa bilan
birga ekspertiza tayinlagan shaxs (organga) yuborishi lozimligi
ta ’kidlangan.
Tibbiy xodimlar faoliyatida 0 ‘zR JK 241-moddasi bilan
tasniflanadigan huquqbuzarliklar ham uchrashi mumkin. “Jinoyat
haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish”, ya’ni
tayyorgarlik
ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida
aniq bilani holda xabar bermaslik, shuningdek, og‘ir yoki o‘ta
og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish holatlarini
anglatadi. Shunga ko‘ra bu kabi
holatlarda fuqarolar tibbiy
yordamga murojaat etganda tibbiy xodimlar bu haqida huquq-
tartibot idoralariga xabar berishlari shart. Ushbu m a’lumotni rasmiy
tibbiy hujjatga qayd etib qo‘yish (kimga, qachon, qanday ma’lum
qilingan) maqsadga muvofiq.