Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Nazorat savollari:
1. Jinoyat sifatida tasniflanadigan qilmish belgilarini sanab 
bering?
2. To‘g‘ri va egri qasd tavsifi?
3. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat tushunchasi?
4. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan huquqbuzarlik jinoyat 
deb baholanadimi?
5. Kasb yuzasidan asosli tavakkalchilik qilish jinoyat 
hisoblanadimi?
6. Aqli rasolik tushunchasini nimani anglatadi?
7. Jinoyat tarkibi elementlarini sanab bering?
8. Kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada 
bajarmaslik nimani anglatadi?
9. Tibbiy xodim tomonidan kasb yuzasidan xizmat vazifalarini 
lozim darajada bajarmaslik holatining subyektiv tomoni?
10. Tibbiy xodim tomonidan kasb yuzasidan xizmat 
vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlikka 
tortish shartlarini sanab bering?
11. Qanday holatlarda abort jinoyat hisoblanadi?
12. Jinoiy abortning subyekti kim bo‘lishi mumkin?
13. Jinoiy abortning subyektiv tomoni?
14. Qanday holatlarda tibbiy xodimlar OIV-infektsiya/OITS 
kasalligini yuqtirganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin?
15. Tibbiy xodimlaming mansab jinoyatlarini sanab bering?
16. Qanday harakatlar hokimiyat yoki mansab vakolatini 
suiiste’mol qilish sifatida baholanadi?
17. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga 
chiqish nimani anglatadi?
18. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash nimani anglatadi?
19. Mansab soxtakorligi nimani anglatadi?
20. Odil sudlovga qarshi jinoyatlami sanab bering?.


X bob. TIBBIY XODIMLARNING KASB
HUQUQBUZARLIKLARI HOLATLARIDA
SUD-TIBBIY EKSPERTIZA
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash borasida kasb yuzasidan xizmat 
vazifalarini lozim darajada bajarmaslik holatlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan tergov va sud muhokamalarida tibbiyot sohasidagi maxsus 
bilim va ko‘nikmalami talab etadigan qator savollar yuzaga keladi. 
Qonunchilikka muvofiq bu kabi holatlarda komission sud-tibbiy 
ekspertiza tayinlanishi lozim. Komission sud-tibbiy ekspertizalami 
tayinlash va o ‘tkazish, ekspertlar komissiyasi xulosasini baholash 
“Sud ekspertizasi to‘g ‘risida” O ‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni, Jinoyat protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslarida 
belgilab berilgan. Shuningdek, komission sud-tibbiy ekspertizalami 
o‘tkazish masalasida maxsus idoraviy qoidalar ham mavjud.
Komission sud-tibbiy ekspertizalar o ‘tkazish uchun asos 
surishtiruvchi, tergovchi, prokuroming qarori, sudning ajrimi 
bo‘lishi mumkin. Qaror va ajrimning bayon qismida ekspertiza 
tayinlanishiga asos bo‘lgan ishning qisqacha tafsiloti qayd etiladi. 
So‘ng ekspertiza turi va u kimga tayinlanganligi ko‘rsatiladi. 
Qaror qismida ekspertlar komissiyasi tomonidan hal etilishi lozim 
bo‘lgan savollar keltiriladi. Ekspertlar komissiyasi oldiga qo‘yilgan 
savollami aniq, tushunarli va sud ekspertizasi maqsadlariga mos 
bo‘lishi lozim. Ular sud-tibbiy ekspertlar komissiyasi tasarrufidan 
chetga chiqmasligi kerak.
Ekspertlar komissiyasiga ish materiallari, hujjatlar, shu 
jumladan tibbiy hujjatlar hamda tekshiruvlar o‘tkazish va xulosa 
berish uchun zarur bo ig an boshqa obyektlar taqdim etiladi. Ular sud 
ekspertizasi tayinlash haqidagi qarorda (ajrimda) ko‘rsatib o‘tiladi. 
Istisno holatlarda tibbiy muassasa rahbari tomonidan imzolangan 
va muhr bilan tasdiqlangan kseronusxalardan foydalanish mumkin. 
Alohida kasallik tarixidan ko‘chirma, ma’lumotnomalar bo‘yicha 
komission sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy xodimlami huquqiy javobgarlikka tortish masalasida


tayinlangan ishlarda ekspertlar komissiyasiga oldin o‘tkazilgan 
idoraviy 
va 
boshqa 
xizmat 
tekshiruvlari, 
javobgarlikka 
tortilayotgan tibbiy xodimga uning kasbiy tayyorgarligi, tajribasi 
va mutaxassislik bo'yicha toifasi ko‘rsatilgan holda berilgan 
tavsifnomalar taqdim etilishi lozim. 0 ‘lim holatlarida, shuningdek 
ekspertlar komissiyasiga murdani sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi 
yoki patologo-anatomik tekshiruv bayonnomasi, qo‘shimcha 
laborator (gistologik, sud-kimyo va boshqa) tekshiruvlar natijalari 
taqdim etiladi. Shu bilan birga ekspertlar komissiyasining taklifiga 
ko‘ra etishmagan ish materiallari, boshqa qo‘shimcha hujjatlar 
sud-ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasi 
tayinlagan idora (shaxs)dan talab qilinishi mumkin.
Agarda ekspertlar komissiyasi qo‘yilgan savollami ularning 
bilimlari yordamida hal etish imkoni yo‘qligiga ishonch xosil qilsa 
yoki taqdim etilgan obyektlar xulosa berish uchun yaroqsiz yoki 
etarli boimasa, yoki fan va sud ekspertiza amaliyotining holati 
qo‘yilgan savollarga javob berish imkonini bermasa, ekspertlar 
komissiyasi amaldagi qonunchilikka muvofiq xulosa berishning 
imkoni yo‘qligi haqida asoslantirilgan hujjat tuzadi va sud 
ekspertizasini tayinlagan idoraga (shaxsga) yo‘llaydi.
Komission 
sud-tibbiy 
ekspertizalar 
faqat 
sud-tibbiy 
ekspertiza byurolarida o‘tkaziladi. Amaldagi qoidalargi muvofiq 
ulami tuman, tumanlararo va shahar bo‘linmalarida o‘tkazilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspertlar komissiyasi uchtadan kam bo‘lmagan 
shaxsdan tashkil topadi. Davlat sud-tibbiy ekspertlaridan tashqari, 
ish tafsilotiga muvofi,q zarurat hollarida ekspertlar komissiyasi 
tarkibiga turli profildagi klinik mutaxassislar ham kiritilishi 
mumkin.
Ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ekspertlar komissiyasi 
tarkibini o ‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilash yoki ekspertlar komissiyasi 
tarkibiga alohida mutaxassisni kiritish huquqiga ega. Shu bilan 
birga ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda (ajrimda) ekspertlar 
komissiyasining tarkibi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ekspertiza


muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) bilan 
muvofiqlashtirgan holda ekspertlar komissiyasini ushbu muassasada 
ishlayotgan xodimlardan tuzadi. Agarda maxsus bilimlari sud 
ekspertizasi oldiga qo‘yilgan savollami hal etish uchun zarar 
bo‘Isa, sud ekspertiza muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan 
organga (shaxsga) ekspertlar komissiyasi tarkibiga boshqa 
muassasalar mutaxassislarini ham kiritish haqida tavsiyanoma 
berishi mumkin. Ayni vaqtda, ekspertlar komissiyasi tarkibiga 
muhokama etilayotgan hodisa yuz bergan davolash muassasasining 
rahabarlari, mutaxassislari kiritilishi mumkin emas. Shuningdek, 
ishning natijasidan biron-bir ko‘rinishda manfaatdor bo‘ladigan 
shaxslar ham ekspertlar komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 
Ekspertlar komissiyasi a ’zolarining raddiyasi masalasi ekspertiza 
tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonunda belgilangan tartibda 
ko‘rib chiqiladi.
Ekspertlar komissiyasi tarkibida etakchi ekspert, ish bo‘yicha 
ma’ruzachi va komissiyaning boshqa a’zolari farqlanadi. Etakchi 
ekspert odatda sud-ekspertiza muassasasining rahbari yoki 
profil tuzilmaning mudiri bo‘ladi. U ekspertlar komissiyasining 
faoliyatini lozim darajada tashkil etish va nazorat qilishni 
ta’minlaydi. Ish bo'yicha ma’ruzachining vazifasiga quyidagilar 
kiradi: ekspertizaning ijrosini ta’minlash rejasini tuzish, ekspertiza 
tayinlagan shaxs bilan doimiy muloqot olib borish, ish materiallarini 
komissiya majlisiga tayyorlash, ekspertlar komissiyasi a’zolarini 
o ‘z vaqtida ish materiallari bilan tanishtirish, to‘xtam loyihasini 
tuzish, ekspertlar komissiyasi xulosasini rasmiylashtirishni nazorat 
qilish.
Ta’kidlash lozimki, ekspertlar komissiyasining barcha a’zolari, 
shu jumladan etkachi ekspert va ish bo‘yicha ma’ruzachi ham, teng 
protsessual huquq va majburiyatga ega. Shunday qilib, hech kim
hattoki etakchi ekspert ham, komission sud-tibbiy ekspertizalami 
o‘tkazish jarayonida, jumladan ekspertiza oldiga qo‘yilgan 
masalalami hal etishda biron-bir imtiyozga, ustunlikka ega emas.


Qonunchilikka muvofiq ekspertlar komissiyasi ekspertiza 
tayinlagan organ (shaxs) ruxsati bilan sud ekspertizasini o ‘tkazish 
uchun ahamiyatli bo‘lgan jinoiy, fuqarolik ishi materiallari bilan 
tanishish huquqiga ega. Ekspertlar komissiyasi shuningdek, 
ekspertiza tayinlagan organdan (shaxsdan) sodir etgan kasb 
huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortilgan tibbiy xodimni 
tushuntirish berishi uchun ekspertlar komissiyasi ishtirokida so‘roq 
qilishni talab qilish huquqiga ega.
Amaldagi qoidalarga muvofiq, barcha tibbiy muassasalar 
ekspertlar komissiyasining ishiga har tomonlama yordam (tibbiy 
muassasa mutaxassislarini ekspertlar komissiyasi tarkibida ishtirok 
etishi, maslahatlar olish, turli xil laboratoriya tekshiruvlarini 
o‘tkazish va sh. k. ) berishlari shart. Ayrim holatlarda shaxsni 
statsionar sharoitda tekshiruvdan o‘tkazish zaruriyati vujudga 
keladi. Bu kabi holatlarda ekspertlar komissiyasining tavsiyasi 
va ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yo‘llanmasiga asosan 
shaxs tegishli statsionargayotqizilishi mumkin. Statsionar tekshiruv 
natijalari qo‘shimcha tarzda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) 
tomonidan ekspertlar komissiyasiga taqdim etiladi.
Komission sud-tibbiy ekspertiza natijalari tasdiqlangan 
shaklda ekspertlar xulosasi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va uch 
qismdan tashkil topadi.
Xulosaning 

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin