Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

kirish qismida 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 
-ekspertiza o ‘tkazilgan yil, oy, kun;
-ekspertiza o ‘tkazilgan joy;
-ekspertiza o ‘tkazish uchun asos;
-ekspertlar komissiyasining tarkibi, ularning lavozimi, 
ilmiy darajasi, unvoni, ish staji va mutaxassislik bo‘yicha toifasi 
ko‘rsatilgan holda;
-komission sud-tibbiy ekspertiza o ‘tkazilayotgan ish; 
-ekspertiza maqsadi va uning oldiga qo‘yilgan savollar; 
-ekspertlar komissiyasiga taqdim etilgan materiallar, hujjatlar 
va tekshiruv obyektlari.


Tekshiruv qismida 
ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollami 
hal etish uchun zarur bo‘lgan dalillarni qayd etgan holda ishning 
mohiyati qisqacha bayon etiladi, ya’ni ekspertlar komissiyasining 
xulosasini tuzish va asoslash uchun lozim bo‘lgan barcha 
ma’lumotlar keltiriladi.
Xulosaning ushbu qismida quyidagilar qayd etilishi lozim:
- ishni qo‘zg‘atish uchun asos (masalan, jabrlanuvchi, uning 
qarindoshlari yoki aybdoming arizasi);
- voqea joyi yoki murda topilgan joyni ko'zdan kechirish 
bayonnomasidan ko‘chirma;
- taqdim etilgan tibbiy hujjatlar ma’lumotlari (kasallik tarixi, 
ambulatoriya kartasi va boshqa hujjatlar ulaming raqami, davolash 
muassasi va uning tuzilmasini ko‘rsatgan holda) bemor tibbiy 
yordamga murojaat etgan kundagi shikoyatlari va umumiy ahvoli, 
keyingi dinamik kuzatuvlarda bemor ahvolidagi o ‘zgarishlar, 
o‘tkazilgan davolash (konservativ, jarrohlik usulida) chora- 
tadbirlari, konsultatsiyalar va mutaxassislar konsiliumi, paraklinik 
tekshiruvlar natijalari va boshqalarni tavsiflangan holda;
- murda ekspertizasi xulosasidan ko‘chirmalar, shu jumladan 
xulosa to ‘xtamlari;
- murdani patologoanatomik tekshiruvi bayonnomasidan 
ko‘chirma, shu jumladan patologoanatomik tashxis, kliniko- 
anatomik epikriz bilan;
- qo‘shimcha laboratoriya (gistologik, toksikologik va 
boshqalar) tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlar;
- klinik-anatomik vaklinikkonferentsiyalar bayonnomalaridan 
ko‘chirmalar;
- javobgarlikka tortilayotgan tibbiy xodimning xizmat 
tavsifnomasidan ma’lumotlar;
- idoraviy va noidoraviy tekshiruvlar ma’lumotlari;
- ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlaming so‘roq bayon- 
nomalari, tushuntirish xatlaridan ko‘chirmalar.
Barcha yuqorida qayd etilgan ko‘chirmalar, hujjatlardan


olingan ma’lumotlar ekspertlar komissiyasiga taqdim etilgan ish 
materiallarining qaysi varag‘ida mavjudligi ko‘rsatilgan holda 
bayon etilishi lozim.
Ekspertlar komissiyasining to ‘xtamlari ekspertiza oldiga 
qo‘yilgan savollarga javoblami o‘z ichiga oladi va ular xulosaning 
tekshiruv qismidagi ma’lumotlardan kelib chiqishi va ularga mos 
bo‘lishi lozim. Ekspertlar komissiyasining to‘xtami obyektiv, ilmiy 
asoslantirilgan bo‘lishi zarur. To‘xtam bandalari turli xil m a’no 
va talqinlarga yo‘l qo‘ymaydigan darajada aniq, tushunarli bayon 
etilishi lozim. Ular taqdim etilgan tibbiy hujjatlar materiallari 
va boshqa obyektiv m a’lumotlar asosida tuzilishi lozim. Faqat 
subyektiv, taxminiy ma’lumotlar bo‘yicha noto‘liq, mavhum, 
shuningdek o‘zaro zid bo‘lgan to ‘xtamlar tuzilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Tekshiruv jarayonida taqdim etilgan tekshiruv obyektlari, 
materiallar yoki sud ekspertlaming maxsus bilimlari etarli emasligi 
aniqlanganda, ekspertlar komissiyasi ayrim savollami hal etishni 
asoslantirilgan holda rad etishi lozim. Shu bilan birga ekspertlar 
komissiyasi xulosada o‘z tashabbusi bilan ish uchun ahamiyatli 
bo‘lgan, ammo ular bo‘yicha savol qo‘yilmagan holatlami ham 
yoritishlari mumkin.
Olingan tekshiruv natijalarining tahlili bo‘yicha urnumiy bir 
fikrga kelinganda ekspertlar komissiyasi birgalikda xulosa tuzadi 
va uni imzolaydi. Agarda ekspertlar komissiyasi a ’zolari o'rtasida 
turli xil fikrlar yuzaga kelsa, ulaming har biri barcha yoki ayrim 
savollar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Ekspertlar 
komissiyasining 
xulosasida 
huquqbuzarlik 
sabablari va uni vujudga kelishiga imkoniyat yaratgan sharoitlar, 
shuningdek ulami bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar 
ko‘rsatilgan boiishi mumkin.
Xulosa va uning natijalarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali 
materiallar xulosaga ilova qilinadi va uning tarkibiy qismini tashkil 
etadi. Tekshiruvlar yo‘nalishi, sharoitlari va natijalari qayd etilgan


materiallar sud-ekspertiza muassasasida qonunchilikda belgilangan 
muddat davomida saqlanadi.
Sud 
ekspertizasi 
tugatilgandan 
so‘ng, 
ekspertlar 
komissiyasining xulosasi ish materiallari, tekshiruv obyektlari 
bilan birga ekspertiza tayinlagan organga (shaxsga) yo‘llanadi. 
Ekspertiza tayinlagan organning (shaxsning) rasmiy ruxsatisiz 
ekspertlar komissiyasi xulosasini protsess ishtirokchilariga taqdim 
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksida sud ekspertizalarini tayinlash 
va o ‘tkazishda gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchilaming 
huquqlari (179-modda) keltirilgan. Binobarin, qayd etilgan shaxslar 
quyidagi huquqlarga ega:
-sud ekspertizasini tayinlash, o‘tkazish masalasida o‘z 
huquqlarini tushuntirib berishlarini talab etish;
-sud ekspertizasi boshlanguncha uni tayinlash haqidagi qaror 
yoki ajrim bilan tanishish;
-sud ekspert (-lar)ga raddiya berish va o‘zi ko‘rsatgan shaxslar 
ichidan ekspert taynilash haqida tavsiyalar berish;
-sud ekspertizasi oldiga qo‘shimcha savollar qo‘yish, 
qo‘shimcha materiallar taqdim etish;
-ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ruxsati bilan ekspertiza 
jarayonida ishtirok etish;
-sud ekspertiza xulosasi bilan tanishish va qo‘shimcha yoki 
qayta sud ekspertizalari tayinlash va o ‘tkazish haqida talabnoma 
berish.
Ko‘rsatilgan 
tibbiy 
yordamni 
baholash 
masalasida 
o ‘tkazilayotgan komission sud-tibbiy ekspertiza jarayonida bu kabi 
huquqqa javobgarlikka tortilayotgan tibbiy xodim ega bo‘ladi.
Sud ekspertizasini o‘tkazishda protsess qatnashchilarining 
ishtirokiga qonunda belgilangan tartibda ekspertiza tayinlagan 
organ (shaxs)ning ruxsati bilan imkon beriladi. Bunda sud 
ekspertizasini о ‘tkazishda ishtirok etayotgan protsess qatnashchilari 
tekshiruvlami olib borishga aralashmasligi lozim, ammo ekspertlar 
komissiyasidan qo‘llanilayotgan tekshiruv usullari va olingan
140


natijalaming mohiyatini tushuntirishni talab qilishlari, shuningdek 
tegishli tushuntirishlar berishi mumkin. Protsess qatnashchilariga 
ekspertlar komissiyasining yig‘ilishida va to ‘xtam tuzish 
bosqichlarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspertlar komissiyasi to ‘xtamda aniqlik kiritish lozim 
bo‘lgan noaniqliklar yoki qo‘shimcha tekshiruvlami talab 
etmaydigan kamchiliklar bo‘lganda ekspertlar komissiyasi a’zolari 
surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan so‘roq qilinishi 
mumkin. Ta’kidlash lozimki, so‘roq faqat mavjud xulosa bo‘yicha 
o‘tkazilishimumkin. Shungako‘ra, ekspertlar komissiyasi a’zolarini 
sud ekspertiza xulosasi taqdim etilguncha so‘roq qilinishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
0 ‘zR JPK 187-moddasiga muvofiq ekspertlar komissiyasining 
xulosasi ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) tomonidan ish bo ‘yicha 
to ‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda ilmiy asoslanganligi 
va belgilangan protsessual me’yorlarga rioya qilinganligi nuqtai- 
nazaridan baholanadi. Bunda surishtiruvchi, tergovchi, sud uchun 
ekspertlar komissiyasining xulosasi dalil sifatida ustuvor kuchga ega 
bo‘lmaydi. Ekspertlar komissiyasining xulosasiga qo‘shilmaslik, 
tegishli tarzda, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasini olib 
borayotgan shaxs tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Ayrim holatlarda bir ish bo‘yicha ikki yoki undan ortiq 
komission sud-tibbiy ekspertizalar о ‘ tkazilishi va bunda ко ‘ rsatilgan 
tibbiy yordam bo‘yicha ekspertlar komissiyasining fikrlari o ‘zaro 
mos kelmasligi mumkin. Bu kabi holatlarda surishtiruvchi
tergovchi yoki sud tomonidan bir ekspertlar komissiyasi xulosasini 
inobatga olganligi va ikkinchi ekspertlar komissiyasi xulosasini esa 
rad etganligi sabablari asoslab berilishi lozim.


1. Komission sud-tibbiy ekspertizalar o‘tkazishni belgilab 
beruvchi me’yoriy hujjatlar?
2. Komission sud-tibbiy ekspertizalar o ‘tkazish uchun 
asoslar?
3. Komission sud-tibbiy ekspertizalar oldiga qo‘yiladigan 
savollarga qanday talablar qo‘yiladi?
4. Tibbiy xodimlami javobgarlikka tortish holatlarida 
tayinlanadigan komission sud-tibbiy ekspertizalarga qanday 
hujjatlar taqdim etiladi?
5. Qanday holatlarda xulosa berishning imkoni yo‘qligi 
haqida hujjat rasmiylashtiriladi?
6. Ekspertlar komissiyasi tarkibi qanday tuziladi?
7. 
Ekspertlar 
komissiyasi 
a ’zolarining 
huquq 
va 
majburiyatlari?
8. Komission sud-tibbiy ekspertiza xulosasi qanday 
qismlardan tashkil topadi?
9. Komission sud-tibbiy ekspertiza xulosasi to‘xtamlariga 
qo‘yiladigan talablar?
10. Komission sud-tibbiy ekspertizalami tayinlash va 
o‘tkazish jarayonida gumondor, ayblanuvchi va sudlanuvchilar 
qanday huquqlarga ega bo‘ladi?
11. Qanday holatlarda ekspertlar komissiyasi a ’zolari so'roq 
qilinadi?
12. Ekspertlar komissiyasining xulosasi kim tomonidan va 
qanday baholanadi?



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin