Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonun 1996 yilda qabul qilingan. Uning talablari tibbiy 
xodimlar va muassasalar faoliyatiga ham tadbiq etilishi mumkin. 
A walroq qayd etilganidek, ushbu Qonun nuqtai-nazaridan agarda


tibbiy xodim va muassasa tibbiy xizmat, ya’ni muolajalarning 
ijrochisi sifatida inobatga olinsa, bemor - iste’molchi sifatida 
e’tirof etiladi.
Qonunining 4-moddasiga muvofiq, iste’molchilar xizmat va 
ijrochi to‘g‘risidato‘liq ma’lumot olish, xizmatlarni erkin tanlash va 
lozim darajada sifatli ko‘rsatilishi, xizmatlarning xavfsiz bo'lishi, 
xizmatlar va ijrochining g ‘ayrihuquqiy harakatlari natijasida 
etkazilgan moddiy va ma’naviy zararlami qoplanishi huquqiga ega.
Qonunning 20-moddasi maxsulotlardagi (ishlar, xizmatlar) 
nuqsonlar oqibatida etkazilgan zararlarga moddiy javobgarlikni 
nazarda tutadi. Xususan, maxsulotning (ish, xizmat) konstruktiv, 
ishlab chiqarish, retseptur yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, 
shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiy 
xavfsizligiga javob bermaydigan ashyolar, qurilmalar, asboblar, 
uskunalar, moslamalar yoki boshqa vositalardan foydalanish 
oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mulkiga 
etkazilgan zarar sotuvchi (tayyorlovchi, ijrochi) tomonidan 
qoplanadi. Bunda iste’molchi ijrochi (tayyorlovchi, sotuvchi) bilan 
shartnomaviy munosabatda bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’iy 
nazar zarami qoplashni talab qilish huquqiga ega. Agar ijrochi 
(ishlab chiqaruvchi, sotuvchi) zarar engib bo'lmas kuch ta’sirida 
yoki iste’molchining aybi bilan etkazilganligini isbotlasa zarami 
qoplash ma’suliyatidan ozod qilinishi mumkin,.
Zarar etkazuvchi aybdor deb topilganda moddiy zarami 
va sarflangan harajatlarni qoplashidan qat’iy nazar, ist’emolchi 
huquqlarining buzilishi natijasida etkazilgan m a’naviy zarar uchun 
to‘lov u tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ma’naviy zarar uchun 
to‘lov miqdori sud tomonidan aniqlanishi lozim (22-modda).


1. Fuqarolik huquqi to‘g ‘risida tushuncha.
2. Fuqarolik huquqining subyektlari va huquq subyekti 
maqomining asosiy shartlari.
3. Fuqarolik qonunining obyektlari.
4. Deliktjavobgarlik tushunchasi.
5. Delikt va shartnomaviy javobgarliklar farqi.
6. Qanday holatlarda zarami qoplash uchun javobgarlik 
vujudga keladi?
7. Fuqarolik javobgarlik sug‘urtalanganda zarami qoplash 
hususiyatlari?
8. Zarami qoplashda da’vo muddati.
9. Haq evaziga xizmat ko‘rsatadigan shartnomalar tuzishga 
talablar va uni bekor qilish asoslari.
10. M a’naviy zarar tushunchasi va uni to‘lash shartlari.
11. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni nuqtai-nazaridan tibbiy 
xodimlar va muassasalar faoliyatiga qanday talablar qo‘yiladi?



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin