Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga
kelish shartlari
Etkazilgan zarar uchun majburiyat, va mos tarzda javobgarlik
quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan vujudga keladi:
- zarar etkazilganlik fakti;
- zarar etkazgan shaxs harakatining g ‘ayriqonuniyligi (harakat
yoki harakatsizlik);
- zarar etkazgan shaxsning g ‘ayriqonuniy harakati va vujudga
kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlikni mavjudligi;
- zarar etkazgan shaxsning aybini mavjudligi.
Sog‘liqqa zarar etkazgan tibbiy xodimning aybi ikki shaklda:
qasddan (vrach zarar etishini istaydi va vujudga kelishiga imkon
beradi) va ehtiyotsizlik orqasidan (zarar vrachning beparvoligi, o ‘z
o‘ziga o‘ta ishonish natijasida yuzaga keladi) sodir bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan tibbiy xizmat mavjud standartlarga, shartnoma
shartlariga yoki odatdagi talablarga mos kelmasa, shu jumladan
tibbiy yordam nuqsonlari vujudga kelishiga sabab bo‘lsa, lozim
darajada boim agan tibbiy yordam sifatida tasniflanadi. Ta’kidlash
lozimki, bu kabi holatlarda zarar etkazishda aybning yo‘qligini
isbotlash kamchilikka yo‘l qo‘ygan shaxsga (tibbiy xodim,
davolash-profilaktika muassasasi) yuklatiladi.
Odatda uch holat mavjud bo‘lgan tibbiy xodim aybsiz deb
topiladi:
1. Favqulotda holat yoki engib bo‘lmas kuch ta’siri (masalan,
tabiiy ofatlar va sh. k. ) bo‘lganligi isbotlansa;
2. Agarda zarar bemorning iltimosi yoki uning roziligi bilan
etkazilgan bo‘Isa. Ushbu holat bemorning ma’lumotli roziligini
olish talablariga rioya etish nechog‘li muhim ekanligidan dalolat
beradi.
3. Bemor tomonidan qo‘pol ko‘rinishdagi ehtiyotsizlikka,
vrach tomonidan belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l
qo‘yilganligi isbotlansa (V. V. Chernobay, 2005).
Bunday holatlarda tibbiy hujjatlami yuritish holati alohida
ahamiyat kasb etadi - asl nusxaning mavjudligi, kundaliklardagi
ma’lumotlarning to‘laqonligi, to‘g ‘rilashlaming yo‘qligi va h. k.
0 ‘zR FK 985-moddasiga muvofiq, g‘ayriqonuniy harakat
(harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga
etkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga etkazilgan zarar,
shu jumladan boy berilgan foyda zarami etkazga shaxs tomonidan
to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Zarami to‘lash majburiyati zarar
etkazuvchi bo‘lmagan shaxsga ham yuklatilishi mumkin. Qonun
hujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zarami to‘lashdan
tashqari tovonto‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin. Zarar
etkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan etkazilmaganini isbotlasa,
zararni to‘lashdan ozod qilinadi. Shu bilan birga qonunda zarar
etkazgan shaxsning aybi boMmagan taqdirda ham zarami toiash
nazarda tutilishi mumkin. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi
yoki roziligi bilan etkazilgan bo‘Isa, zarar etkazgan shaxsning
harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zarami
to‘lash rad etilishi mumkin.
Agarda jinoiy qonunchilikda oxirgi zarurat holatida sodir
etilgan harakat javobgarlikka tortilmasa, fuqarolik qonunchiligida
ular zarami qoplash ko‘rinishidagi javobgarlikka tortishdan ozod
qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Ya’ni, oxirgi zarurat holatida
etkazilgan zarar, ya’ni zarar etkazgan shaxsning o ‘ziga yoki boshqa
shaxslarga tahdid solgan xavfhi bartaraf etish uchun oxirgi zarurat
holatida etkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa
vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmasa, zarar etkazgan
shaxs tomonidan to‘lanishi lozim. Bunday zarar etkazilgan
holatlami hisobga olib, sud uni to ‘lash majburiyatini zarami
etkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaaatini ko‘zlab harakat
qilgan bo ‘ Isa, o ‘sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni
ham, zarar etkazgan shaxsni xam zarami to ‘lashdan to ‘liq yoki
qisman ozod qilishi mumkin ( 0 ‘zR FK 988-modda).
0 ‘zR FK 989-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoki fuqaro
o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib
turgan vaqtida etkazgan zarami qoplaydi. Tibbiy faoliyatga nisbatan
qo‘llaganda sog‘liqni saqlashning turli tizimidagi muassasalar
xodimlari o ‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida etkazgan
zarar uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Bu masalada etkazilgan zarar sug‘urta kompaniyasi
tomonidan toianadigan fuqaroviy javobgarlikni sug‘urtalash
alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtiyoriy yoki majburiy sug‘urta
tartibida jabrlanuvchi foydasiga o‘z javobgarligini sug‘urtalagan
yuridik shaxs yoki fuqaro etkazilgan zarami to ‘liq qoplash uchun
sug‘urta puli etishmgan taqdirda, sug‘urta puli va zaraming haqiqiy
miqdori o‘rtasidagi farqni to ‘laydi ( 0 ‘zR FK 992-modda).
Qonunchilik zarar etkazgan shaxsga nisbatan regress
huquqini belgilaydi ( 0 ‘zR FK 1001-modda). Ya’ni, o ‘z xodimi
tomonidan etkazilgan zarami to ‘lagan yuridik shaxs (masalan,
davolash-profilaktika muassasasi), to ‘langan mablag‘ni xodimdan
muassasa hisobiga qaytarishni talab qilishi mumkin. Lekin, amalda
tibbiy muassasa o‘z xodimi (vrach, o ‘rta tibbiy xodim) tomonidan
etkazilgan zarami qaytarish masalasida qarshi da’vo taqdim etgan
holatlar juda kam uchraydi.
Agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zarami undirish
belgilangan paytda bo‘lgandagiga nisbatan yomonlashgan yoki
aksincha oshgan bo‘lsa sud jabrlanuvchi yoki zarar etkazgan
shaxsning talabiga ko‘ra zarami qoplash miqdorini ko‘paytirishi
yoki karaaytirishi mumkin ( 0 ‘zR FK 1012-modda).
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida tibbiy
yoki farmatsevtika faoliyatiga ham taalluqli bo‘lgan tovarning,
ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zaraming
o ‘mini qoplash masalasi alohida yoritilgan. Ya’ni, mahsulotning
(ishning, xizmatning) konstruktiv, retseptur yoki boshqa nuqsonlari
oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot
noto‘g ‘ri yoki etarli emasligi oqibatida fiiqaroning hayoti, sog‘lig‘i
yoki mol-mulkiga yoxud yuridk shaxsning mol-mulkiga etkazilgan
zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ulaming
aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida
bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi lozim ( 0 ‘zR
FK 1017-modda).
Bunday holatlarda zararni qoplash ayrim xususiyatlarga ega.
Mahsulotningnuqsonlarioqibatidaetkazilganzararjabrlanuvchining
tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi (masalan,
farmatsevtika faoliyatida dori-darmon, yoki boshqa vositalar,
tibbiy texnika va buyumlar) tomonidan qoplanishi lozim. Ishning
(xizmatning) nuqsoni oqibatida etkazilgan zarar ishni bajargan
yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi
lozim. Xuddi shu tartibda tovar (ish, xizmat) to‘g ‘risida to‘liq
yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida etkazilgan zarar
qoplanishi lozim ( 0 ‘zR FK 1018-modda).
Shu bilan birga tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi,
ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar engib bo‘lmas kuch ta’sirida
yoki iste’molchi tovarlami saqlash yoki ulardan (ishning
natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan
qoidalami buzishi oqibatida etkazilganligini isbotlagan hollarda
javobgarlikdan ozod qilinadi ( 0 ‘zR FK 1020-modda).
Dostları ilə paylaş: |