Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

jinoyat obyekti
- bu jinoiy qilmish yo‘naltirilgan, zarar 
etkazilgan narsa. Tibbiy xodimlaming jinoiy qilmishida odatda 
fuqarolaming sog‘lig‘i va hayoti jinoyat obyekti bo‘ladi.
b. 
jinoyatning obyektiv tomoni
- jinoiy qilmishning tashqi 
namoyon boMish shakli, uning zarar etkazgan oqibati, qilmish va 
oqibat o ‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. Ob’ektiv tomon shuningdek 
jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usul va vositalami ham o ‘z ichiga 
oladi.
v. 
jinoyat subyekti -
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs. 
Jinoiy huquqning subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. 
Tibbiy xodimlar jinoiy harakatining subyekti ko‘proq vrachlar, 
ayrim holatlarda - o‘rta va kichik tibbiy xodimlar bo‘lishi mumkin. 
Ta’kidlash lozimki, sog‘liqni saqlash tizimidagi mansabdor 
shaxslar (masalan, muassasa va uning tuzilmalarini rahbarlari) ham 
boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlaming subyekti boiishi mumkin.
g. 
jinoyatning subyektiv tomoni -
shaxsning o‘zi sodir 
etgan qilmishga va uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga nisbatan 
ruhiy munosabati bo‘lib, u o ‘z tarkibida ayb, jinoyatning motivi 
va maqsadini tutadi. Ayb shaxsning o ‘zi sodir etgan qilmishga 
nisbatan ruhiy munosabatini (qasd yoki ehtiyotsizlik) aks ettiradi. 
Motiv - shaxsda ongli tarzda j inoyat sodir etishga intilishni vujudga 
keltirgan mayl, istak. Maqsad - shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etish natijasida erishmoqchi bo‘lgan narsa.


Tibbiy xodimlaming faoliyatida turli xil ko‘rinishdagi 
ijtimoiy xavfli qilmishlar kuzatilishi mumkin. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq ulami quyidigi 
guruhlarga bo‘lish mumkin: 
I
I. Sog‘liqqavahayotgaqarshijinoyatlar: 
\
- ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish (102-modda); 
\
- turli og‘irlikdagi tan jarohatlari etkazish (104, 105, 109. 
111-moddalar); 
\
- tanosil yoki OITS kasalliklarini tarqatish (113-modda); 
'
- jinoiy ravishda homila tushirish (abort) (114-modda);
- kasb yuzasidan o ‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik 
(116-modda);
- xavf ostida qoldirish (117-modda).
II. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar:
- bolani almashtirib qo‘yish (124-modda);
- farzandlikka olish sirini (125-modda);
- inson to‘qima yoki a’zolarini olish (133-modda);
III. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar:
- savdo yoki xizmat ко ‘rsatish qoidalarini buzish (189-modda);
- faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (190-modda);
IV. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar:
- mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda);
- mansab soxtakorligi (209-modda);
- pora olish (210-modda);
- pora berish (211-modda);
- tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish.
V. Ekologik jinoyatlar.
- ekologik xavfsizlikka oid normalar va talablarni buzish 
(193-modda);
- atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g ‘risidagi 
maTumotlarni qasddanyashirishyoki buzib ко ‘rsatish (194-modda);
- atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (196-modda).
VI. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar.


- yolg‘on guvohlik berish (238-modda);
- surishtiruv yoki dastlabki tergov sirlarini oshkor qilish 
(239-modda);
- jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o ‘z 
zimmasidagi vazifalarni bajarishdan bo‘yin tovlashi (240-modda);
- jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish 
(241-modda).
VII. Jamiyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
- radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish 
(253-modda);
- tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini 
buzish (256-modda);
- sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi 
kurash qoidalarini buzish (257-modda).
VIII. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop-moddalar bilan 
qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar.
- giyohvandlik vositalari yoki psixotrop-moddalar ishlab 
chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (275-modda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin