12
turadi. Shu boisdan hozirgi moddiy va ma’naviy madaniyatimizning
vujudga kelishi hamda mohiyati to‘g‘risida muayyan tasavvur hosil
qilish uchun ibtidoiy davr madaniyati, uning rivojlanish bosqichlari
masalasiga to‘xtalib o‘tish o‘ta muhimdir.
Ibtidoiy odamlar yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlar. Biroq yerning
yuqori qatlamlarida qadim ajdodlarimiz faoliyatining moddiy
qoldiqlari,
uning ish qurollari, yaroq-aslahalari, uylari, jihozlari,
kiyimlari, tasviriy san’at asarlari, topinish buyumlari va nihoyat
yovvoyi hamda uy hayvonlarining suyaklari birin-ketin, qavatma-
qavat bo‘lib ko‘milib saqlanib qolgan. Shu bilan birga qadim
ajdodlarimiz to‘g‘risida muayyan fikr yuritish uchun ulardan bizga
meros bo‘lib kelgan, u yoki bu darajada saqlanib qolgan xalq og‘zaki
ijodining namunalari manba vazifasini o‘taydi.
Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha,
bosqichlar
yoki davrlarni bosib o‘tgan. Fanda asosan mehnat qurollari qanday
materialdan yasalganligiga qarab, ibtidoiy davrni tosh, bronza va
temir asrlariga bo‘lish odatga aylanib qolgan. Masalan, Kopengagen
(Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen birinchi
marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallarga qarab tosh,
bronza va temir davrlari tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh
asri qadimgi tosh-paleolit (gr.palato qadimgi va litos-tosh)
va yangi
(gr. peo-yangi) asrlarga bo‘lingan.
Davrlarga bo‘lishning boshqa bir juda qadimgi sistemasi – bu
ishlab chiqarish faoliyati sohalariga ko‘ra bo‘lishdir. Bunda ibtidoiy
davr ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bosqichlariga bo‘linadi.
Kishi va kishilik jamiyatining paydo bo‘lishidan boshlangan va
tarixning eng avvalgi ibtidoiy poda davri deb yuritiladigan davriga
kelib odamning biologik rivojlanishi tugallanadi. Biroq odam mana
shu eng avvalgi davrdayoq o‘zining hayvonot ajdodidan keskin
farq qiladi. Bu davrda ular birgalashib mehnat qila boshlaganlar,
sodda mehnat qurollarini yaratishib, madaniyatga asos solganlar.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida kishilarning bir
muncha mustahkam birligi vujudga keldi. Bu birlikka urug‘ asos
qilib olindi. Natijada ibtidoiy davrning ham moddiy, ham ma’naviy
madaniyatini yaratish ma’lum bir sistemaga tusha boshladi.
Mehnat
qurollari takomillashib, kishilar tasavvuri mahsuli hisoblanmish
ustqurma elementlari yaratila boshlandi.
5
“Insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmuidir”.
Madaniyat tushunchasi XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar
tizimidan o‘rin oldi.
Insoniyat jamiyat doimiy ravishda rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib
takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda xilma xil madaniyatlar
mavjud bo‘lib, insonlar dunyoning o‘zgacha anglagan va qabul
qilgan. Madaniyat jamiyatning mahsuli ijtimoiy hayotining muhim
jabhalaridan biri. Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmagandek, madaniyat
ham jamiyatdan tashqarida bo‘lmaydi.
Jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat boyib borsa,
madaniyat ham yuksaladi. Alohida bir shaxsning
alohida madaniyati
bo‘lmaydi. Shaxs muayyan jamiyatdagi madaniy muhitda yashaydi
va madaniyati shakllanadi. Madaniyat va san’at evolyutsiyasi, bir
tomondan, va O‘zbekiston davlatchiligining rivojlanishi ikkinchi
tomondan, bu tarixiy jarayonning uzluksizligi izchilligi va o‘zaro
shartlanganligi haqida guvohlik beradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida
mafkuraviy «funksiyaning roli ortib boradi va yangi davrga kelib
davlat qurilishi uning ma’naviy negizini tashkil etuvchi eng muhim
jihatini belgilagan holda yetakchilik qiladi. Madaniyatning muayyan
ko‘rinishi davlatchilik rivojining ma’lum bosqichiga muvofiq keladi.
Mavjud ma’lumotlar tahlili davlatchilikning rivojlanishi ma’nosida
O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bir qancha davrlarni
ajratish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: