Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   363
Plevra empiemasi 

Plevra  empiemasi  (yiringli  plevrit)  –  vistseral  va  parietal  plevraning 

chegaralangan yoki diffuz yallig’lanishi holda kechib, plevral bo’shliqda yiring 

yig’ilishi  va  yiringli  intoksikatsiya  zamirida,  aksariyat  nafas  etishmovchiligi 

belgilari  bilan  o’tadi.  Ko’pchilik  hollarda  plevra  empiemasi  o’pkadagi 




 

59 


yallig’lanish  va  yallig’li  destruktiv  jarayonlar,  shuningdek  ko’krak  a’zolaridagi 

jarohatlar va operativ aralashuvlarning asorati bo’lib hisoblanadi. 

Plevra empiemasining ko’zg’atuvchilari turli xil mikroorganizmlar bo’lishi 

mumkin.  Etiologiyasiga  ko’ra  spetsifik,  nospetsifik  va  aralash  empiema  farq 

qilinadi.  Klinik  kechishi  xarakteri  bo’yicha  o’tkir  va  surunkali  bo’ladi. 

Jarayonning tarqalganligiga ko’ra tarqalgan va chegaralangan bo’ladi. Tutashish 

xarakteri  bo’yicha  bronxial  oqma  yarasiz,  bronxial  oqma  yarali,  plevral  oqma 

yarali  bo’lishi  mumkin.  Plevra  empiemasi  hamisha  o’tkir  jarayon  sifatida, 

plevrada  dag’al  va  barqaror  morfologik  o’zgarishlar  paydo  bo’lganda 

boshlanadi, bunda qoldiq bo’shliq shakllanadi, u uzoq kechadi, vaqti-vaqti bilan 

qo’zib turadi. Plevra empiemasi surunkali kasallik sanaladi. 

Klinik  manzarasi.  Plevraning  o’tkir  empiemasi  uchun  umumiy 

intoksikatsiya  belgilari,  gipertermiya,  et  junjikishi,  ko’krakda  og’riq,  bronxial 

oqma  yara  bo’lganda  nafas  qisishi,  yiringli  balg’am  ajraladigan  yo’tallar  xos 

bo’ladi.  Bemor  ko’zdan  kechirilganda  teri  qatlamlarining  rangparligi,  ba’zan 

tsianoz  qayd  qilinadi.  Ko’krak  qafasi  tekshirilganda  zararlangan  tomonning 

nafas  olishda  orqada  qolishi  qayd  etiladi.  Plevra  bo’shlig’idagi  ekssudat 

yig’ilgan  joy  proektsiyasi  ustida  tovush  titrashining  sustlashgani  yoki  umuman 

yo’qligi,  perkutor  tekshiruvda  to’mtoqlashgani,  auskultativ  tekshiruvda  nafas 

olish shovqinining zaiflashgani yoki bo’lmasligi aniqlanadi. Qonda leykotsitoz, 

qon formulasining chapga siljigani, EChT oshganligi qayd qilinadi. 

Diagnostikada  rentgenologik  usullar  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi.  Aniq 

diagnostika  uchun  rentgenografiya  kamida  2  ta  proektsiyada  bajarilishi  lozim. 

Tarqalgan  empiemada  plevra  bo’shlig’ida  ekssudat  borligi  yuqori  chegarasi 

yoysimon (qiyshiq) qorong’ulik ko’rinishida aniqlanadi. 

 



 

60 


 

 

6-rasm. Plevra empiemasi. Rentgenografiya. 



7-rasm. Plevra empiemasi va gaz pufakchalari aniqlanadi. KT. 

Chegaralangan empiemalarda aniq konturli har xil shakldagi gomogen soya 

aniqlanadi.  Plevra  bo’shlig’ida  bronxial  oqma  yara  bo’lganda  suyuqlik  sathi 

bo’lgan havo aniqlanadi. 

Plevra bo’shlig’ini punktsiya qilish natijalariga asoslanib aniqlanadi. 

Tarqalgan  empiemada  punktsiya  orqa-qo’ltiq  chizig’i  buylab  VI-VII 

qovurg’alar  orasida  o’tkaziladi.  Chegaralangan  turida  –  eng  to’mtoqlangan 

nuqtasida  va  rentgenologik  aniqlanadigan  qorong’u  joyida  olib  boriladi.  Plevra 

empiemasi  diagnozi  punktsion  usul  bilan  tasdiqlangandan,  ya’ni  yiring 

olinganda plevra bo’shlig’i drenajlanadi. Drenajlash plevra bo’shlig’idan yiringli 

suyuqlikni  doimiy  chiqarish  yoki  uni  doimo  antiseptiklar  bilan  yuvish, 

antibiotiklar  yuborish,  vakuum  moslamalar  yordamida  siyraklantirishga  imkon 

beradi.  Drenajlash  uchun  ko’pincha  Byulau  troakari  yordamida  torakotsentez 

qilishdan  foydalaniladi.  Mahalliy  davolash  bilan  birga  tamoyili  jihatidan 

o’pkaning  o’tkir  yallig’lanish  kasalliklaridagi  davolashga  o’xshash  intensiv 

muolaja amalga oshiriladi. 

Plevraning  o’tkir  empiemasi  asta-sekin  surunkali  turga  o’tadi.  Bunday 

o’tishning asosiy belgilari tana haroratining normal yoki subfebril haroratgacha 

pasayishi,  kayfiyatning  yaxshilanishi,  yiringli  ajralmaning  kamayishi  va  qoldiq 

plevral  bo’shliq  hajmining  barqarorlashuvi  hisoblanadi.  Biroq  bu  ahvol  soxta 




 

61 


yaxshilanishdir,  chunki  yiringli  jarayon  davom  etadi  va  avj  olib  boradi, 

organizmning infektsiyaga chidami kamayadi va arzimagan noqulay sharoitlarda 

(sovqotish, charchash, qo’shilib kelgan kasalliklar) u qo’ziydi. 

Plevraning  surunkali  empiemasini  diagnostika  qilish  qiyin  emas. 

Rentgenologik  tekshiruv  usullari  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Bo’shliqning 

joylashuvini  va  o’lchamlarini  aniqlash  uchun  tomografiya,  fistulografiya 

qilinishi  kerak  bo’ladi.  Bronxografiya  bronxial  shox  holatini  aniqlash,  bronxial 

oqma  yaralar  tabiati  va  joylashgan  joyini  aniqlash  imkoniyatini  beradi. 

Surunkali  empiemani  davolashda  odatda  jarrohlik  usuli  qo’llaniladi.  Hozirgi 

vaqtda  bronxial  oqma  yara  o’pka  to’qimasi  rezektsiyasi  bilan  uchraganda 

plevrektomiya bilan o’pka dekortikatsiyasi eng ma’qul usul hisoblanadi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin