Yunesko tashkiloti. Aminov u


YUNESKO bochiligida xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadbirlar



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə22/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

YUNESKO bochiligida xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadbirlar42:

  • 1993 yil 29 oktyabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi.

* 1993 yil 11 dekabr- YUNESKO ning qarori bilan Xiva va Buxora jahonning madaniy qadriyatlar tizimiga kiritildi.

  • 1995 yil iyul` oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi.

  • YUNESKO bochiligida xalqaro miqyosda bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktyabr`da Parijda Amir Temurga bag`ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo`lib o`tdi.

  • Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi.

  • 1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko`rgazmalar o`tkazildi.

  • 1998 yil Axmad Ferganiy tavalludining 1200 yilligiga bagishlangan marosim o`tkazildi

  • 1999 yil Alpamish dastonining 1000 yilligi nishonlandi.

  • 1999 yil Jalaladdin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi.

  • 2001 yil «Avesto» muxaddas kitobining 2700 yillig`i nishonlandi.



42 «O’zbekiston va YUNESKO hamkorligi izchil rivojlanmoqda». Ma’rifat gazetasi. 2012-yil 3-noyavr, N87 (8528), 2,4-betlar

  • 2001 yil mart oyida - YUNESKO Bosh direktori qarori bilan «Shaharlar- tinchlik uchun» tanglovida jahonning o`nta shahari g`olib deb topildi. Ular orasida Buxora shahari ham bor edi.

NOMODDIY MADANIY MEROS43: Nomoddiy madaniy meros sohasidagi ko`yidagi tadbirlar YUNESKO bilan hamkorlikda o`tkazilgan:

  • «Fol`klorni va an`anaviy madaniyatni saqlash» bo`yicha mintaqaviy anjuman (Toshkent, 1998 y.);

  • 2002-2005 yillarda «Boysun bahori» fol`klor festivallari va «Baysun madaniy merosi» mavzusidagi mintaqaviy ilmiy anjuman (2005 yil);

  • 2005-2007 yillarda amalga oshirilgan Boysun madaniy makoni va Shashmaqon musiqasi bo`yicha hujjatlashtirsh loyhalari;

  • 2004-2005 yillarda YUNESKO ning qatnashuv dasturi doirasida «ipak yo`li hikoyalari» va «Ipak yo`li rivoyatlari» kitoblari chop etildi;

  • Har yili xalqaro ona tili kunni nishonlashga bag`ishlangan davra suhvatlari tashkil etiladi;

  • Nomoddiy madaniy merosni saqlash bo`yicha shaharlararo hamkorlik tarmog`i muvofiqlashtirildi;

  • Katta ashula (2009 y.);

  • Navruz (2009 y.);

  • «Baymun mintaqasi madaniy muhiti» (2001 y.).

  • «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali va hakoza.

«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islam Karimov tashabbusi binoan, «Sharq taronalari»44 xalqaro musiqa festivali 1997 yildan har ekki yil YUNESKO rahnamaligida Samarkand shahrida o`tkazib kelinadi. Ushbu fetival jahonning yirik madaniyat tadbirlaridan biridir.
43 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. Toshkent, Davlat amaliy nashriyoti- 2005. 318-319 bet

44 «O’zbekiston va YUNESKO hamkorligi izchil rivojlanmoqda». Ma’rifat gazetasi. 2012-yil 3-noyavr, N87 (8528), 2,4-betlar

Musiqa festivalining asosiy maqsadlari mumtoz musiqa namunalarini ommaviylashtirish, xalqlarning buyuk an`analarini asrash va kelajak avlodga etkazish, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda tinchlik g`oyalarini jahon miqyosida targ`ib qilishdan iborat. YUNESKO tashkiloti mazkur festivalni o`z rahnamoligiga olgan a barcha festival tadbirlarida ishtirok etib kelmoqda. Festival` doirasida, YUNESKO ko`magida xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish yaxshi an`anaga aylangan.



KOMMUNIKATSIYA VA AXBOROT: «Jahon xotirasi» dasturi 1992 yilda ta`sis etilgan. «Jahon xotirasi» dasturi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy ko`mitasi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan. «Jahon xotirasi» dasturining asosiy maqsadi dunyodagi noyob hujjatlarin asrash a ushbu butunjahon merosini keng ommaviylashtirish va undan foydalanishga imkoniyat yaratish. Hujjatli merosni saqlash bo`yicha Markaziy Osiyo mintaqasi birnchi anjumani va «Jahon xotirasi» dasturi xalqaro maslahat ko`mitasining uchunchi uchrashuvi Toshkent shahrida tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasining ko`yidagi hujjatli merosi «Jahon xotirasi» dasturining xalqaro ro`yxatiga kiritilgan:

  • MUQADDAS USMON QUR`ONI (O`zbekiston musulmonlar idorasida saqlanadi);

  • O`ZBEKISTON FANLAR AKADEMIYASI QOSHIDAGI BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QO`LYOZMALAR TO`PLAMI.

YUNESKO ning 2007 yilda qatnashuv dasturi doirasida Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat kutkbxonasida qo`lyozmalar asrash uchun raqamli studiya yaratishda yordam ko`rsatildi.

«Raqamli kutkbxonalarni rivojlantirish: muammolar va yondashuvlar» mavzusidagi milliy anjuman tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori taklifiga binoan O`zbekitson YUNESKO ning «Jahon xaritasi» dasturi xalqaro maslahat qo`mitasi 2005-2009 yillarda a`zo bo`dib tayinlandi.



KOMMUNIKATSIYANI RIVOJLANTIRISH: Kommunikatsiyani rivojlantirish hukumatlararo dasturi axborot vositalarini rivojlantirish va axborot loyhalarini qo`llab –quvvatlash orqali barqaror taraqqiyot va demokratiya g`oyalarini targ`ib etishga yo`naltirilgan. O`zbekiston ushbu dastur loyhalarida faol qatnashib kelgan. 1997 yil Toshkent shahrida Media manbai markazi tashkil etilishi ushbu dastur tomonidan qo`llab-quvvatlangan. 1998-2007 yillar davomida jurnalistikaga oid bir qator o`quv qo`llanmalar ishlab iqildi va nashr etildi.

«Jurnalistlar uchun innovatsion treninglar va o`kuv dasturlar» doirasida bir qator o`quv treninglar tashkil etildi. Jumladan, «Axborot tayyorlashning nazariyasi va amaliyoti», «Internet jurnalistika», «Internetda mualliflik huquqlari»,

«Zamonaviy jurnalistika», «O`zbekistonning mul`timedia axborot bazasi» va boshqalar.

O`zbekistonda 3 may kuni matbuot erkinligi kuniga bag`ishlangan davra suhbati Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qullab-quvvatlash jamg`armasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. YUNESKO ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hakorlikda yoshlar orasida «Ipak yo`li» radio seriali loyhasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

O`zbekiston YUNESKO ning «Markaziy Osiyoda masofaviy ta`lim» mintaqaviy loyhasida faol qatnashib kelega’n. Loyhaning asosiy maqsadi oliy ta`lim muassasalarining elektron portallarni rivojlantirish, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta`lim sifatini oshirish

«AXBOROT BARCHA UCHUN» DASTURI45: «Axborot barcha uchun» dasturining asosiy maqsadi- bilm jamiyatini barpo etish. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi «Axborot barcha uchun» dasturi 2000 yilda ta`sis etilgan. «Axborot barcha uchun» dasturining milliy ko`mitasi O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshida tashkil etildi. O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tashabbusi asosida 2003 yildan buyon, Toshkent shahrida «Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari»

mavzusidagi sammitlar har yili tashkil etilmoqda. Mazkur sammitlarni qo`llab- quvvatlash maqsadida 2008 yilning 23-24 oktyabr kunlari Toshkent shahrida

«Yangi raqamli texnologiyalar sohasida global hamkorlik» mavzusida YUNESKO forumi tashkil etildi. Forum yangi raqamli texnoloiyalarning keng tarqalishi, ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga bag`ishlangan edi. Ushbu YUNESKO Forumi natijasi bo`yicha 2009 yilning 11 may kuni O`zbekiston Milliy Universitet iva Koreya politexnika universiteti o`rtasida «Raqamli texnologiyalar asosida masofaviy ta`limni rivojlantirish» bo`yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2009 yilda YUNESKO Bosh direktorii o`ribosari taklifiga binoan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Moskva shahridagi YUNESKO ning

«Ta`lim sohasida informatika» nomli xalqaro instituti boshqaruv kengashiga a`zo bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha BMT ga 1993 yil 26 oktyabr kuni Partj shahrida o`tkazilgan YUNESKO Bosh anjumanining 27 sessiyasida qabul qilingan.

YUNESKO va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida birinchi memorandum 1995 yil 25 avgust kuni YUNESKO Bosh direktorii Federiko Mayorning O`zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan. Toshkent shahrida YUNESKO vakolotxanasini ochish to`g`risidagi shartnoma 1996 yil 23 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islam Karimovning Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohiga rasmiy tashrif doirasida imzolangan.

1995-2009 yillarda O`zbekiston Respublikasi YUNESKO ning ko`yidagi ko`mitalariga saylangan:


  • 1995-1997 yy. YUNESKO Bosh qarorgohi ko`mitasi46;

  • 1995-2005 yy. «Markaziy Osiyo tsivilizatsiyalarining tarixi» xalqaro ilmiy ko`mitasi;

  • 1997-2001 yy. YUNESKO Ijroiya kengashi;

  • 1999-2001 yy. Orol dengizi muammolari bo`yicha ilmiy-maslahat ko`mitasi;

  • 1999-2001 yy. YUNESKO ishlari bo`yicha Milliy komissiyalar doimiy ko`mitasi;

  • 1999-2000 yy. Dinlararo muloqot bo`yicha halqaro maslahat ko`mitasi;

  • 2001-2005 yy. Insoniyatning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalarini e`lon qilish xalqaro hay`ati;

  • 2001 yil YUNESKO Bosh anjumani 31 sessiyasining vakolat ko`mitasi;

  • 2001-2005 yy. Kommunikatsiyani rivojlantirish hukumatlararo ko`mytasi;

  • 2005 yil YUNESKO Bosh anjumani 33-sessiyasining Madaniyat komissiyasi;

  • 2005-2009 yy. Ijtimoiy o`zgarishlar boshqaruvi (MOST) dasturining hukumatlararo kengashi;

  • 2007 yil YUNESKO Bosh anjumani 34-sessiyasining Yuridik ko`mitasi;

  • 2009-2013 yy. YUNESKO Ijroiya kengashi.

O`zbekiston hozirgi paytda jahonga yuz tutmoqda, xalqaro maydonda o`z abro`siga egadir.

Dunyoning eng nufuzli tashkilotlarida samarali faoliyat ko`rsatmoqda va dunyo saflaridan o`z o`rnini muvaffaqiyatli egallamoqda. Mana shu paragrafda O`zbekistonda YUNESKO tashkiloti tomonidan ilm, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohasining rivojlanishi bwyicha o`rganilgan, taqlil qilingan va berilgan ma`lumotlar bu masalaning ayqin dalili bo`lib hisoblanadi.

    1. Yüklə 1,34 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin