Yunesko tashkiloti. Aminov u


O’ZBEKISTONDA YUNESKO TOMONIDAN TARIXIY OBIDALARNI



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə23/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

O’ZBEKISTONDA YUNESKO TOMONIDAN TARIXIY OBIDALARNI


SAQLAB QOLISH VA NAYOB O’BEKTLARNI O’RGANISHDAGI HAMQORLIK ISHLARI.

«ASRLAR SADOSI» FESTIVALINING O’TKAZILISHI.

Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YUNESKO faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

YUNESKO ning jahon merosi durdonalari ro’yxatiga qadimiy Samarkand, Shaxrisabz, Buxoro shahrining tarixiy markazi, Xivadagi Ichanqal’a majmui kiritilgan bo’lib, tashkilot ularni dunyuga tarannum etishda mahim o’rin tutmoqda47.

O`bekiston Respublikasida 2005 yilning 25-26 noyabr` kunlari Toshkentda Ikuo Xiroyama nomidagi xalqaro karvon-saroyda «markaziy Osiy mintaqasida tarixiy madaniy merosni tiklash muammolari. Rivojlantirishning asosiy tamoyili» deb nomlangan xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Anjuman Fond Forum, O`zbekiston badiiy akademiyasi, YUNESKO, «Chegarasiz restavratorlar» xalqaro tashkiloti hamqorligida o`tkazildi. Maqsad esa tarixiy-madaniy merosni tiklash sohasida jahon tajribasini o`rganish, mazkur sohada yangi yo`nalishlarni kashf etish, Markaziy Osiyo xududida mintaqaviy restavratsiya markazini tashkil etish, shunungdek, sohada hakorlik aloqalarini rivojlantirish. Anjumanda jahonning turli davlatlaridan soha mutaxassislari, ular orasida Gretsiya, Turkiya, Frantsiya, Bolgariya, Rossiya, Qozoiston va boshqa mamlakatlarning xalqaro tashkilotlari raxbarlari va olimlar ishtirok etishdi. Anjuman chkunlariga ko`ra, Markaziy Osiyo


47 «O’zbekiston va YUNESKO hamkorligi izchil rivojlanmoqda». Ma’rifat gazetasi. 2012-yil 3-noyavr, N87 (8528), 2,4-betlar

mintaqasida restavratsiya markazina Toshkentda ochish bo`yicha deklaratsiyaga imzo chekildi.

YUNESKO va Fond Forum ko`magida 2006 yilning 20-aprel kuni Toshkentda mashhur kulollar sulolasi Rahimovlarning ilk kulolchilik maktabi ochildi.

2007 yilning mart oyida Parijda «O`zbekiston madaniyati va sa`nati forumi» jamg`armasining vakolotxonasi ochilishi va jamg`arma BMT ning ta`lim, fan, madaniyat sohasidagi tashkiloti YUNESKO bilan «Anglashuv memorandumi» imzolandi. Ikala tomon uchun bunday muhim qadam samarali xalqaro hamkorlik natijasi, shunungdek, ikki tashkilotning yagona maqsadlar sari, fan, ta`lim va madaniyat rivojiga xissa qo`shish uchun birlashganidan dalolat berardi.

O`zbekistonda tarixiy obidalarni saqlab qolishda YUNESKO tashkiloti bilan xalqaro hamkorlikning yo`lga qo`yilishi hozirgi kunda o`ziga xos natijalarni bermoqda. Agar Samarkandni «Sharq Durdonasi», Buxorani «Buxoroi sharif» deb nomlashsa, unda Toshkent Markaziy Osiyodagi eng go`zal shaxar- deb nomlanishiga haqlidir. U xududning eng yirik shahari bo`lib, o`zida hozirgi zamonaviy inshoatlar bilan birga sharqona me`morchilikni mujassamlashtirgan.

XI asrda Toshkent haqida usha davrning yirik tadqiqotchi olimlari bo`lmish Abu Rayxon al-Beruniy va Maxmud Qashg`ariy o`z asarlarida ma`lumot berishgan.

BMT qoshidagi YUNESKO va islam konferentsiyasi tashkiloti qoshidagi ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha muassasasi AYSESKO tomonidan mamlakatimizning bosh shahri – Toshkentning 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti deb e`lon qilindi.

Samarkand haqli ravishda «Islom olamining qimmatbaho gavxari», «Sharq durdonasi» deb nomlanadi. Uning tarixi Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Xorazmiy, Rudakiy, Umar Xayyom, Jomiy, Navoiy kabi ulug` ulamo olimlar va shoirlarning nomlari bilan chambarchas bog`lik. Aniq fanlar va qurilish ishlarining yutug`i ko`rgazmali madaniyatni juda tez rivojlantirishga olib keldi. Bu

ayniqsa Amir Temu rva Temuriylar hukumuronlik qilgan davrida o`z rivojlanish cho`qqisiga erishgan.

Hozirgi kunga kelib Registon maydonini uchta ajoyib inshoatlar, ya`ni Ulug`bek, Sherdor va Tillakori madrasalari bezab turadi. Afrosiyob shaxarchasi qirligida joylashgan Samarkand Shoxi Zinda makbaralar ansambli butun Markaziy Osiyo arxitektura inshoatlarining faxri hisoblanadi. Amir Temur buyrug`i bilan Gurii Amir makbarasi ham bunyod qilingan. Bu qurilish boshlanishiga 1403-yil Sohibqironning sevimli nabirasi Muxammad Sultonning bevaqt ulumi sabab bo`ldi.

Qadimdan musulmon olamida Buxoroni Buxoroi Sharif deb nomlashgan. Shahar 2500 yillik tarixiga ega. Masalan, ulkan Ark saroyi mil.avv. IV asrda bunyod etilgan. Shaharning eng ko`zga ko`rinadigan arxitektura ansambli bu labi Xovuzdir. Bu er markazida joylashgan va 1620 yilda qazilgan xovuz bo`lgani uchun Labi Xovuz deb nomlangan. Ansamblga ajoyib arxitektura yodgorliklari bo`lgan Ko`kaldosh madrasasi, Xonaka va Nodira Davon Begi madrasalari kiradi.

Markaziy Osiyoning buyuk daryosi bo`lgan Amudaryoning ko`yi qismida, qit`aning ulug` cho`llari bo`lmish Qoraqum va Qizilqum oraligida Xorazm joylashgan. YUNESKO tomonidan qo`riqlanadigan yodgorliklar qatoriga yaqinda 2500 yilligi nishonlangan Shaxrisabz ham kiritilgan. Shahar tog` yon bag`rida ko`kalamzorliklarga boy joyda joylshgan. Kulolchilik va xalq amaliy san`ati bo`lmish to`quvchilikning qadimgi markazi hisoblanadi.

2007 yilning 7 may kuni YUNESKO ning Parijdagi vakolatxonasida Samarkandning 2750 yilligi hamda Marg`ilonning 2000 yilligi munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi. Jumladan, «Jahon tamaddunida Samarkant va Marg`ilonning roli» deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o`ikazilib, unda o`zbek va evropalik olimlar ishtirok etishdi.

2008 yil 18-22 fevral kunlarida jamg`arma vakili YUNESKO nomoddiy madaniy merosini qo`riqlash hukumatlararo ko`mitasining Bolgariyada o`tkazilgan navbatdagi sessiyasida kuzatuv kengashi tarkibida ishtirok etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadag`ы binosida joylashgan Millatlar Saroyida poytaxtimizning 2200 yilligiga bag`ishlangan «Toshkent: bugun va ertaga» deb nomlangan ko`rgazma ochildi. Loyha doirasida Toshkent suratlari, tasviriy san`at ko`rgazmasi, shunungdek, mamlmkatimizning taniqli va yosh ijrochilari musiqiy taqdimoti bo`lib o`tdi48.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin