qilish huquqi uchun yig`im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni
sotish huquqini beruvchi lisenziya yig`imlari; yuridik shaxslarni,
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy
shaxslarni ro`yxatga olganlik uchun yig`im;
yig`imlar
– bu madaniy-maishiy xizmatlarni ko`rsatish yoxud
hukumatning mahalliy organlari nazorati ostida o`tkaziladigan boshqa
chora-tadbirlarni, masalan, savdo huquqi uchun to`lov, tovarlarning
alohida turlari savdosi uchun lisenziya to`lovi kabilar amalga oshirilishi
bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni qisman qoplash uchun jismoniy va
yuridik shaxslardan olinadigan, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq, davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan o`rnatilgan
to`lovlardir. O`zbekistonda faqat mahalliy yig`imlar ko`zda tutilgan;
bojlar
– O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi
tomonidan o`rnatilgan, jismoniy va yuridik shaxslardan ularning
manfaatlarini ko`zlagan holda malum harakatlarni qilish va yuridik
ahamiyatga ega hujjatlarni maxsus vakolatli muassasalarda (masalan,
notarial harakatlarni amalga oshirganda, sud yo`li bilan bahslarni hal
qilganda va hokazolarda) hujjatlarni berish uchun olinadigan to`lovdir.
Dostları ilə paylaş: