O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan
“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirishlar va
qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qonuniga binoan, Jinoyat kodeksining
184-moddasiga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlarga asosan qasddan
yashirilgan, kamaytirib ko`rsatilgan foydalar (daromadlar) bo`yicha
soliqlar va boshqa to`lovlar to`liq to`langan taqdirda, ozodlikdan mahrum
qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi", degan qismi bilan to`ldirilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 6 maydagi 154-sonli «Jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston
Respublikasi
hududiga
tovarlar
olib
kelinishini
tartibga
solish
to`g`risida»gi qaroriga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib
kelinadigan tovarlardan qo`shilgan qiymat solig`i, bojxona bojlari va
yig`imlar o`rniga yagona bojxona to`lovi to`lashni nazarda tutuvchi
bojxona to`lovlari undirishning tartibi joriy etilib, jismoniy shaxslar
tomonidan olib kelinadigan aksiz solig`i solinadigan tovarlarga amaldagi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va stavkalar bo`yicha aksiz solig`i
solinishi hamda tovarning kelib chiqish mamlakatidan qati nazar
tovarlarning barcha toifalari bo`yicha bojsiz olib kirish normalari
qo`llanilmagan holda tovarning bojxona qiymatidan:
oziq-ovqat tovarlari (undan tashqari) bo`yicha 40 foiz;
nooziq-ovqat tovarlari bo`yicha 70 foiz;
tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan un olib kelishda nul
stavka miqdorida yagona bojxona to`lovi undirilishi belgilab qo`yilgan.
Mazkur qarorga ko`ra, Davlat soliq qo`mitasi Nazorat-taftish bosh
boshqarmasining va O`zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mansabdor
shaxslariga O`zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi bilan kelishgan holda import
qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan
tovarlarning O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini rejadan tashqari tekshirish huquqi
berilib, tegishli hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda tovar musodara
qilinishi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: