bajarilmayotgan taqdirda ko`rsatmalarni bajarishdan bosh tortish deb
topishi lozim.
Monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning talablari va boshqa
qonuniy ko`rsatmalarini bajarmaslik yoki bajarishdan bosh tortish aktiv
shakl (ko`rsatmani qabul qilmaslik, adresini o`zgartirish va hokazo)da
yoxud passiv shakl (ko`rsatmada ko`rsatilgan qonunbuzarliklarni bartaraf
etish choralarini ko`rmaslik)da ifodalanishi mumkin. Biroq bajarmaslik va
bajarishdan bosh tortish shakllari qilmishni kvalifikasiya qilishga tasir
etmaydi.
Mazkur qonunga muvofiq bozorda katta mavqega ega bo`lgan
xo`jalik yurituvchi subyektlarga bozorda mahsulot taqchilligini keltirib
chiqarish yoki saqlab turish maqsadida tovarlar ishlab chiqarishni
kamaytirish yoxud to`xtatib qo`yish, shuningdek, ularni muomaladan
olish, mo`may foyda olish maqsadida bozorda haddan tashqari baland narx
belgilash, uni suniy ravishda ushlab turish, narxlarni asossiz ravishda
pasaytirish, davlat tomonidan belgilanib turiladigan shartnoma tuzayotgan
tomonlarga ularni boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarning zimmasiga
teng bo`lmagan ahvolga solib qo`yadigan shartlarni yuklash, xo`jalik
yurituvchi subyektlarga o`zgacha to`siqlarni vujudga keltirish hamda
monopolistik faoliyat va g`irrom raqobatni boshqacha cheklash hamda
taqiqlash kabi harakatlarni sodir etish man qilinadi.
Jinoyat kodeksining 183-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat
ushbu qismning dispozisiyasida nazarda tutilgan harakatlardan bittasi sodir
etilgan paytdan etiboran tamom bo`lgan deb topiladi. Monopoliyaga qarshi
qonun hujjatlarini buzish jinoyati qasddan sodir etiladi. Uning motiv va
maqsadi jinoyatni kvalifikasiya qilishda ahamiyatga ega bo`lmaydi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini monopoliyaga qarshi
organning qaror (ko`rsatma)larini bajarmaslik yoki bajarishdan bo`yin
tovlash shaklida buzish harakatlari mamuriy preyudisiya mavjud
bo`lganda ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxslar eng kam oylik ish haqining
yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: