250
III-MODUL BO`YICHA AMALIY VA TAJRIBA MASHG`ULOTLARI
AMALIY MASHG`LUOT №6
Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash
Mashg`ulotning maqsadi:
Talabalarda mexatronik elektr yuritmalari
uchun kerakli kinematik sxemani loyihalash amaliy ko`nimalarni shakllantirish.
Elektryuritmalarning kinematik sxemasini qurish mexatronik tizim
loyihalashning mas’ul bosqichi hisoblanadi. Kinematik sxema mexatronik
tizimning mexanik qismi konstruksiyasini, shuningdek uning ishlatish sifatini
belgilaydi.
Kinematik sxema mextronik tizim mexanik qismining hamma zveno va
mexanizmlarini bog`lanish tartibini tekislik yoki fazoviy tasvirda ko`rsatadi va
energiya oqimining taqsimlanishi haqida, mexanik qismi elementlarining kinematik
aloqasi haqida, asosiy zvenolarni bir-biriga nisbatan joylashish holati haqida
ma’lumot beradi. U tizimning kinematik va kuchini hisoblash uchun asosiy hujjat
hisoblanadi.
Sxema masshtabga amal qilmasdan bajariladi. Sxemaning hamma
elementlari shartli grafik belgilar bilan yoki tashqi ko`rinishi soddalashtirilgan holda
belgilanadi.
Kinematik sxemada yurutma dvigatelning quvvati, dvigatel valining va
mashina barcha vallarining aylanma tezligi, shkivlar diametrlari, tasma uzunligi va
turi, tishli g`ildirak, yulduzcha va xrapovik tishlari soni, tishli uzatma moduli,
zanjirli uzatma qadami, ishchi organlar yurishi soni va qiymati ko`rsatiladi. Vallar
rim raqamlari bilan nomerlanadi. Mexanik qismning hamma elementlari sxemada
arab raqamida tartib bilan nomerlanadi, chapdan o`nga yoki o`ngdan chapga va
chizmaning bo`sh joyida matn bilan izoh beriladi, masalan jadvallar yordamida
(ГОСT 2.702-69).
Dostları ilə paylaş: