Tishli uzatma, stoyka, shesternya
Krivoship-shatunli mexanizm
Zanjir va yulduzcha
Kulachokli mexanizm
1.3.3-rasm. Mexatronika tizimining mexanika qismi elementlari
1.3.4-rasm. Mexatronikaning elektromexanik elementlari
27
•
sensorlar tashqi muhit va ishlar ob’ekti hamda mexanik qurilmalar va
yuritmalar haqidagi haqiqiy ma`lumotlarni yig`ish va ularni kompyuter boshqarish
tizimiga yuborish uchun xizmat qiladi.
3. Mexatronika elementlari- elektr / elektron
- Elektr elementlari quyidagilardan iborat (1.3.5-rasm):
•
elektr komponentlar (masalan, rezistor (
R
), kondensator (
C
), induktor
(
L
), transformator, va boshqalar), sxemalar va analog signallar.
- Elektron elementlar quyidagilardan iborat:
•
analog / raqamli elektronika, transistorlar, tiristorlar, opto izolyatorlar,
operatsion kuchaytirgichlar, kuchlanishli elektronika va signalni sozlash
moslamalari.
Elektr / elektron elementlar elektrmexanik qismidagi datchiklar va ijrochi
mexanizmlarni boshqarish/hisoblash interfeysiga ulash uchun xizmat qiladi.
4.Mexatronikaning boshqarish interfeysi /hisoblash texnikasi elementlari.
Boshqaruv interfeysi / hisoblash apparat elementlari quyidagilardan iborat:
- analog-raqamli (
A/D
) konverter, raqamli-analog (
D/A
) konverter, raqamli
kirish / chiqish (
I/O
), schyotchiklar, taymerlar, mikroprosessor, mikrokontrollerlar,
ma'lumotlarni yig'ish va boshqarish platasi (
DAC
), signalni qayta ishlash (
DSP
)
platasi (1.3.6 va 1.3.7-rasmlar).
Boshqaruv interfeysining apparat ta`minoti analog / raqamli ulanishni
ta`minlaydi, ya`ni datchik va boshqaruv kompyuteri orasidagi aloqani va boshqaruv
kompyuteridan ijrochi yuritmaga boshqaruv buyruq`ini yuboradi.
Boshqaruv qurilmasi boshqarish algoritmini amalga oshiradi. Bunda u
datchiklardan kelgan signallarni qayta ishlab, algoritm bilan solishtirib, ijrochi
yuritmalarga ijro buyruq`ini yuboradi.
|